Dunyoning turli mamlakatlarida sayyohlarning qanday harakatlari sabab jarimaga tortishadi?

Masalan, “Kinder Surprise” mahsulotini mamlakatimizning istalgan doʻkonidan harid qilishingiz mumkin. Biroq , AQShga olib kelinsa 300 AQSh dollariga teng jarimaga tortiladi. 1938-yilda mamlakatda oziq ovqat mahsulotlaridan boshqasi olib kirilishi man qilingan. Oʻyinchoqlar bundan mustasno.

Ispaniyaning juda koʻp plyajlarida shampun, yuvinish geli va shunga oʻxshash vositalardan foydalanish qattiq taqiqlangan. Qonunni buzuvchi 1500 yevro jarima toʻlaydi. Bu taqiq dengizdagi suvning tozaligi bilan bogʻliq. Ispaniyaning Mallorca orolidagi plyajda axlat qoldirib boʻlmaydi. Jarima jazosi 300 yevro.Sohilda spirtli ichimliklarni ichish yana-da koʻproq jarimani talab qiladi.

Tailandda ularning shohiga katta hurmat koʻrsatiladi. Uning portreti pullariga tushirilgan. Shu boisdan ham xatto pulga xurmatsizlik koʻrsatib boʻlmaydi. Pulni yirtish, yoqish, tashlash va xattoki shimning orqa choʻntagida olib yurish ham taqiqlanadi.

Bundan tashqari Tailand shaxrida fillarni boqish taqiqlanadi. Jarimasi esa taxminan 300 dollar. Afina shahrining akropoli har yili millionlab sayyohlar tomonidan ziyorat qilinadi. Shunga koʻra, yunon hukumati bu noyob meʼmoriy yodgorlikning saqlanishini oʻylab: bir necha ming yil boʻlgan Akropolni faqat past poyabzal bilan aylanib chiqish mumkin, poshnali oyoq kiyimga ruhsat etilmaydi.

Jenova koʻrfazidagi qirgʻogʻida joylashgan Italiyaning mashxur "Cinque Terre" parkida sayyohlar ekskursiya paytida flip-flops kiyishi taqiqlanadi. Sirpanchiq yerlarda aynan shular tufayli ham shikastlanish kelib chiqadi. Shuning uchun ham, hatto politsiyaga sayohatchilarning poyabzallarini tekshirish topshiriladi. AQShlik sayyohlardan biri, Singapurda yoʻl chetiga tupurdi. Uni zudlik bilan politsiyachi toʻxtatib, 300 dollar jarima soldi. Bundan tashqari, uni ikki kunichida toʻlash kerak edi. Aks holda jarima miqdori sezilarli darajada oshardi -2000 dollargacha.

Aslini olganda jamoat transportida pul toʻlamasdan sayohat qilish jiddiy qonunbuzarlik emas. Ammo, koʻpgina Yevropa mamlakatlarida, bu uchun jazo juda katta -1,500 yevrogacha. Bundan ham yomoni, keyingi safar ushbu mamlakatga kirish uchun viza olish bilan jiddiy muammolar paydo boʻlishi mumkin.

Atrof juda issiq boʻlgan taqdirda ham favvorada choʻmilish mumkin emas. Masalan Rimda militsiya hodimlari yiliga 900 yevrogacha boʻlgan miqdorda jarimalar yigʻib olishadi. Bir qancha Italyan plyajlarida nafaqat chigʻanoqlar balki qumlarni ham olish taqiqlanadi. Ispaniyada sayyohlar mehmonxonaning balkonidan toʻgʻridan –toʻgʻri xovuzga sakrashni yoqtirar edilar. Hukumat 400 yevro jarima solishga ham majbur boʻldi.

Avstriyaning poytaxti Venada jamoat transportida oʻpishish mumkin emas. Toʻgʻri, bunday qonun buzarlik jazosi juda katta emas - taxminan 50 yevro.

2008 yil 1 maydan Venedikda markaziy Piazza San-Marko kabutarlarini boqish taqiqlangan. Shahar maʼmuriyatining fikriga koʻra, ushbu yerda och kabutarlar juda koʻp va ularni boqish orqali shaxar va yoʻlaklar ifloslanmoqda. Ushbu taqiqdan qushlar uchun ozuqani sotuvchilar eng koʻp azob chekdilar. Hatto sudga ariza ham berdilar. Biroq, bu ishda yutkazganlar.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



