Qiziqarli

Eng goʻzal va latofatli turk aktrisalari

Eng goʻzal va latofatli turk aktrisalari

Turk goʻzali Faxri Evgen Germaniyada tugʻilgan, otasi millati boʻyicha turk,onasi esa cherkasiyalik. 19 yoshida Fahriye onasi bilan Istanbulga taʼtilga kelgan va u yerda "Hech qachon unutma" teleserialida rol oʻynash taklifini olgan. Filmni suratga olgandan soʻng, Evjen aktyorlik faoliyatini davom ettirishga qaror qildi, "Barglarning toʻkilishi","Sogʻinish" teleseriallarida, shuningdek "Osmon" va "Sevgi tutilishi" filmlarida rol oʻynadi. 2013 yilda Faxriye Reshat Nuri Gyuntekinning "Chol qushi" romanining zamonaviy talqinda suratga olinga serialida bosh rolni ijro etdi.  Ushbu serialning suratga olinishida qatnashish unga nafaqat mashhurlik, balki muhabbatni ham olib keldi. Qiz Kamran rolini ijrochisi - Burak Ozchivitga oshiq boʻldi.  Er-xotin oʻsha paytdan beri ajralmaydilar, 2014 yilda ular yana "Sevgi senga oʻxshaydi" serialida birga suratga tushishdi.

Eng goʻzal va latofatli turk aktrisalari

Moviy koʻzli sohibjamol Meriyem  Uzerli millionlab tomoshabinlarning qalbini "Muhtasham yuz yil" serialidagi Hurram sulton roli bilan zabt etdi. Serial  ijodkorlariga qiz shu qadar yoqdiki, tilni yaxshi bilmasligiga va aktyorlik tajribasiga ega emasligiga qaramay, u 200 arizachilar orasidan tanlab olindi. Meriyem millati yarim nemis, yarmi turk.Turkiyada Uzerliga goʻzllik timsoli deya qarashadi, shuningdek, u turk televideniyasining eng yorqin yulduzlaridan biri. Bir necha yil oldin GQ jurnali Meriyem Uzerlini yilning eng yaxshi ayoli deb tan oldi. 2014 yilda qiz Lara ismli qizaloqni dunyoga keltirdi. Meriyem hozirda bolani bir oʻzi tarbiyalayapti. U hozir Turkiyada yashamoqda va filmga qaytish ham rejasida yoʻq emas.

Eng goʻzal va latofatli turk aktrisalari

Yana bir goʻzal turk aktrisasi -Tuba Buyukustun. U talabalik davrlaridayoq taniqli brendlar: Pantene, Maximum Cart, Kremini va Molped bilan hamkorlik qilib, reklama roliklarida rol oʻynagan. Keyin u turk teleseriallarida va unga shon-shuhratga olib kelgan "Yuragingizni soʻrang", "Osiyo", "Sulton Makami", "Ohaklar soyasida" kabi rollarni ijro eta boshladi. Tuba tabiiylikni afzal koʻrgan holda makiyajni hech qachon suisteʼmol qilmaydi. Oʻzining eng asosiy ustunligi sochlarida deya hisoblaydi.  Buyukyustyun filmda suratga tushishdan tashqari, model sifatida ishlaydi, u koʻpincha porloq nashrlarning muqovalarida paydo boʻladi. Aktrisa aktyor Onur Saylak bilan turmush qurgan va hozirda ular egizak farzandlarini birgalikda voyaga yetkazmoqdalar.

Eng goʻzal va latofatli turk aktrisalari

Bolaligidan Neslikhan Atagül turk seriallarini tomosha qilishni yaxshi koʻrar va kelajakda taniqli aktrisa boʻlishni orzu qilar edi. Neslihan oʻz karerasini model sifatida boshladi, u Turkiyada taniqli brendlarning yuziga aylandi. Qizning gʻayrioddiy goʻzalligi, oʻzini kamera oldida ushlab turish qobiliyati muvaffaqiyatli edi, shuning uchun koʻplar u bilan ishlashni xohlashdi. Nihoyat, kinostudiya agentlari uni payqashdi va Atagul "Birinchi muhabbat" filmida rol oʻynadi. Keyin "Purgatory" filmida, "Barglarning toʻkilishi", "Istambulning ikki yuzi" seriallarida suratga tushdi. 

Eng goʻzal va latofatli turk aktrisalari

Nur Fettohoglu mutahassisligi  boʻyicha liboslar dizayneri, ammo qiz oʻzini aktyorlik karerasiga bagʻishlashga qaror qilgan. Uning ishtirokidagi birinchi serial "Qaysi biri mening dadam", keyinchalik u "Taqiqlangan sevgi" shov-shuvli serialida rol oʻynadi. Keyin "Boʻrilar vodiysi:  Falastin" filmining suratga olinishida kuzatildi. Shov-shuvga aylangan “Muhtasham yuz yil” serialida Mohidavron Sulton roʻlini ijro etdi. Uning ushbu qahramoni tomoshabinlar uchun sevimliga aylandi.  Nur Fettahoglu biznesmen Levent Vaziroglu bilan turmush qurgan, ularning shirin fazandlari bor.

Eng goʻzal va latofatli turk aktrisalari
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar