Ertaknamo Monako knyazligining diqqatga sazovor maskanlari va u haqidagi qiziqarli maʼlumotlar

Miloddan avvalgi 10-1 asrlarda Monako hududida finikiy, keyinroq yunon manzilgohlari boʻlgan, Miloddan avvalgi 1-asrda Monakoda rimliklar, keyinchalik arablar, milodiy 11-asrning 2- yarmida genuyaliklar hukmronlik qilgan. 1419 yildan Monako mustaqil knyazlikka aylangan, 1524 yildan esa Ispaniya, 1961 yildan Fransiya protektorati hisoblangan. Fransiya inqilobi natijasida Monakoda knyazlik hokimiyati agʻdarilib, mamlakat Fransiyaga qoʻshib olingan. 1814 yilgi Parij sulhi Monako knyazligini tikladi, Vena kongressi qarori bilan Monako Sardiniya qirolligi protektoratiga aylandi. 1993 yildaMonako BMTning teng huquqli azosiga aylangan.

Monako knyazi saroyi
Yevropa monarxlaridan farqli ravishda Monako knyazlari700 yildan beri oʻz qarorgohlarini oʻzgartirishmagan. Bugungi kunda knyaz va uning oilasi aynan shu yerda isteʼqomat qiladi.
Odatda saroy degan soʻzni eshitganingizda ertaklardagi kabi haybatli binoni tasavvur qilasiz. Ammo Monako saroyining koʻrinishi bundan biroz farq qiladi. U qoʻshni Ispaniya va Italiya arxitekturasidan ilhomlangan holda qurilgan.

Knyazlikning qadimiy poytaxti boʻlmish Monako-Vill shahri Sent-Antuan qoyasida joylashgan boʻlib, bu yerda 11 ta qadimgi binolar ham bor. Hududda turistlar knyazlik saroyining tarixiy arxivi, Qadimgi Monako muzeyi va Mum haykallar muzeyi bilan tanishishlari mumkin.

Shahardagi yapon bogʻi ham diqqatga sazovor maskanlardan biri hisoblanadi. Monako tabiati va iqlimi moʻtadil boʻlgani uchun Yaponiyadan olib kelingan oʻsimliklar bu yerda juda chiroyli boʻlib oʻsadi. Bogʻ tabiat bilan yolgʻiz qolishni istaganlarga hush kelishi aniq.

Bu Monakodagi yana bir qadimiy tuman boʻlib, uning asosiy maskanlaridan biri bandargoh qismi sanaladi. Hududda qadimgi saroylar ham, biznes-kvartallar, banklar, butiklar ham bor.

Fonveyning eng asosiy joylaridan biri – Rene III ga tegishli boʻlgan qadimgi avtomobillar joylashtirilgan savdo markazi sanaladi. Ushbu kamyob retro avtomobillar mazkur soha ishqibozlarini es hushidan ayiradi.

Monako knyazligi dunyodagi eng kichik mamlakatlar qatorida Vatikandan keyin ikkinchi oʻrinda turadi.
Monakoning umumiy maydoni 2 kvadrat kilometrga teng.
Monako knyazligi oʻta kichik ammo farovon mamlakat.
Monakoda isteʼqomat qiluvchi har beshinchi odam –xorijlikdir.
Agar Monakodagi sulola biror sabab bilan yoʻqolib ketsa, davlat boshqaruvi Fransiyaning qoʻliga oʻtadi.

Knyazlikni tashqi dushmanlaridan Fransiya himoya qiladi.
Monakoda faqatgina bitta universitet bor.
Knyazlikning butun hududi boʻylab kuzatuv kameralari oʻrnatilgan.
Monako knyazligining tarixi 1215 yildan boshlangan.

Monako Yevroittifoq tarkibiga kirmaydi.
Mamlakatda oʻrtacha umr davomiyligi 90 yilni tashkil qiladi.
Monakoning tub aholisi davlatga soliq toʻlashdan ozod qilingan.
Bir soʻz bilan aytganda Monakoni shahar-mamlakat deya atash mumkin.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



