Qiziqarli

Avstraliyaning diqqatga sazovor ekstremal joyi Crocosaurus Cove

Avstraliyaning diqqatga sazovor ekstremal joyi Crocosaurus Cove

Crocosaurus Cove - 100 ga yaqin timsoh, 40 ta toshbaqa, shuningdek, turli xil baliqlardan iborat qoʻriqxonadir.

Avstraliyaning diqqatga sazovor ekstremal joyi Crocosaurus Cove

Crokosaurus Cove dunyodagi eng katta Avstraliya sudralib yuruvchilari va timsohlarining uyidir. Ushbu timsoh sudralib yuruvchilarning qiroli sanaladi. Agar bunday timsoh odamga hujum qilsa, qolganlar faqat oʻljasini sudrab borishini kuzatishi mumkin. Bunday vaziyatda hech narsa qilishning imkoni yoʻq.

Avstraliyaning diqqatga sazovor ekstremal joyi Crocosaurus Cove

Crokosaurus Covening bogʻida siz shunchaki sayr qilib, sudralib yuruvchilar va baliqlarni koʻrishingiz yoki boʻlmasa “qafas”da qanchalik ekstremal elanligingizni sinab koʻrishingiz mumkin. Bu makon Avstraliyadagi eng yirik suv attraktsionlaridan biridir.

Avstraliyaning diqqatga sazovor ekstremal joyi Crocosaurus Cove

Taxminan besh metr uzunlikdagi timsohga ega boʻlgan nisbatan kichik hovuzda ular uch metrli "shisha xonacha" ogʻir vaznli oynali kabina tushirishadi. Ichida esa qiziquvchan sayyohlar boʻladi. Ushbu shishali kapsula mutlaqo havfsizdir. Bundan tashqari, har bir tashrif buyuruvchi shoʻngʻishdan oldin xavfsizlik qoidalari bilan tanishib chiqishadi.

Avstraliyaning diqqatga sazovor ekstremal joyi Crocosaurus Cove

Timsohlar bilan uchrashuv davomiyligi 15 daqiqadan oshmaydi. Baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun tashkilotchilar temir panjara bilan temir qafaslardan voz kechishdi, shisha idishlarni eng havsiz deya sanashdi. 

Avstraliyaning diqqatga sazovor ekstremal joyi Crocosaurus Cove

Sayyohlar suvga tushirilganda  timsohlar bilan yuzma-yuz turishadi. Timsohlar, shubhasiz, oʻzini tabiiy tutadi yaʼni sizga dushman deb emas yegulik deya qaraydi. Buni ularning hatti-harakatlaridan sezishingiz ham mumkin. Bu yer bugungi kunning eng diqqatga sazovor ekstremal joyi hisoblanadi. Ushbu ekstremal joyga mahalliy aholi ham koʻp sonli sayyohlar ham tashrif buyurishgan va buyurib kelishmoqda.

Avstraliyaning diqqatga sazovor ekstremal joyi Crocosaurus Cove
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar