Oshxona

“Fitnes bilan shugʻullanyapman, ammo hanuz ozganim yoʻq..!

“Fitnes bilan shugʻullanyapman, ammo hanuz ozganim yoʻq..!

Biz tanovul qilayotgan yeguliklarimiz orqali qabul qiluvchi quvvatni kun davomida sarf etib urgurmaymiz. Fitnes esa ana shu kaloriyalarni tezroq yoʻqotishga koʻmak beradi. Biroq mashqlar ishtahangizni avvalgidan yaxshilab yuborsa aslo ajablanmang. 

“Fitnes bilan shugʻullanyapman, ammo hanuz ozganim yoʻq..!

Organizm ham sarflangan kaloriyalar oʻrnini toʻldirishingizni talab etadi-da! Amerika sport tibbiyoti kolleji maʼlumotlariga koʻra fitnes yordamida oza olmayotganlarning 80 % i yuqori kaloriyali taom isteʼmol qilishadi. Shunday ekan birgina fitnesning oʻziga ishonib qolmay, taomnomangizdan yogʻli, shirin yeguliklarlar, gamburgeru konservantlarni mutlaqo olib tashlang. Toʻgʻri, issiqqina palovu mazali lavashlardan voz kechish oson ish emas, ammo har vaqt ishtahaning soʻziga quloq solavermaysiz-ku!

“Fitnes bilan shugʻullanyapman, ammo hanuz ozganim yoʻq..!

“Men koʻp mashq qildim, endi nima yesam ham zarari yoʻq” deb oʻylashga shoshilmang. Kam-kamdan tez-tez tanovul qiling, sabzavot va mevalardan huzur oling.

Tezroq ozaman deya haddan ortiq koʻp mashq qilish, buning natijasida qattiq toliqib, biroz vaqt oʻtmay mashq qilishni tashlab yuboridigan ayollar ham oramizda yoʻq emas. Unutmangki, haddan ortiq ogʻir, shu bilan bir qatorda oʻta yengil mashqlar ham sizni oʻzingiz istagan maqsad tomon yetaklolmaydi.

Fitnes bilan shugʻullanish davomida muntazam ravishda tana oʻlchamlaringizni qayd qilib boring. Fitnes murabbiylari mashgʻulotlarni kuniga bir soatdan oʻtkazishni tavsiya etishadi. Ammo fitnes bilan shugʻullanib boʻlgach ham piyoda yurish, koʻproq harakatlanishga urinishingiz kerak. Aks holda mashqlar natijasi koʻzga tashlanmaydi. 

“Fitnes bilan shugʻullanyapman, ammo hanuz ozganim yoʻq..!

Amerikalik olimlar 5000 kishidan iborat ozishga qaror qilgan insonlarni 7 yil davomida oʻrgandilar. Birinchi yillarda oʻrtacha 27 kg vazn tashlagan insonlarning deyarli har biri keyingi yillarda ham ana shu natijani saqlab qoldilar. Ularning har biri kuniga 1 soatdan turli-tuman mashqlar (engil yoga, yugurish va hokazo) ni bajarib kelishgan. Muntazam shugʻullanish fitnesda oʻta muhim tushuncha.  Biroz vazn tashlagach,mashqlarni tashlab qoʻysangiz, qomatingiz avvalgi holatini qayta tiklab olaveradi.

“Fitnes bilan shugʻullanyapman, ammo hanuz ozganim yoʻq..!

Faraz qiling, biroz toʻlishgan xonim ozishni istab fitnes zalida obdon shugʻullandi. Mashqlar 6-7 kun tinimsiz davom etdi, tezroq ozish fikri esa 1soat emas 3-4 soat mashq qilishga undayverdi. Natijada olingan jarohatlar sabab kuch yigʻib olish uchun haftalab vaqt kerak boʻladi. Shunday qilib mashgʻulotlar doimiyligiga putur yetadi. Shu sabab haqiqatga tik boqqan holda koʻproq shugʻullanganingiz bilan tezroq ozib qolmasligingizni tushunib oling. Meʼyorni saqlab turing, ish kunlari biroz yengilroq, dam olish kunlari esa murakkabroq mashqlarni bajaring. Muhimi yodda tuting, chin dildan istasangiz, oʻzingiz koʻzlagan natijaga albatta erishasiz!

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar