Texnologiya

Google Mapsning bahslarga sabab boʻlgan topilmalari

Google Mapsning bahslarga sabab boʻlgan topilmalari

Sputnik xaritalarida uchratmagan narsamiz yoʻq. Ayniqsa fantaziyangiz boy boʻlsa. Quyida oddiy odamlar tomonidan topilgan Google Maps xaritalaridan lavha. Ularning baʼzilari yechimini topgan boʻlsada, qolganlari sirligicha qoldi.

Chili togʻlaridagi koka-kola

Google Mapsning bahslarga sabab boʻlgan topilmalari

Zamonaviy surʼatlarni qush uchish balandligidan koʻrish mumkin. Eng mashxuri esa Chilidagi koka-kola kompaniyasining logotipi. U 1986 yilda 70 mingta ichimlik idishidan yasalgan.

Antarktida oʻrtasidagi gʻalati piramida

Google Mapsning bahslarga sabab boʻlgan topilmalari

Antarktida qorlarida yashiringan ushbu tepalik koʻplab savollar keltirib chiqaradi. Bu qadimiy sivilizatsiyalarning merosi boʻlishi mumkinmi? Ushbu teoriya tarfdorlari oʻz davrida Uchinchi reyxni ayanan ana shu piramida jalb qilgan deb hisoblaydi. Boshqalar esa bu piramida afsonaviy Antarktidaning merosi deb hisoblashadi.

Binolar orasidagi kruiz layneri

Google Mapsning bahslarga sabab boʻlgan topilmalari

Kapitan aqldan ozib, quruqlikka yoʻl olganga oʻxshaydi. Ushbu hashamatli layner bu yerda 20 yildan beri odamlarni hayratlantirib turibdi, ayniqsa tungi gʻaroyib illyuminatsiyalari yoqilgan paytda. Aslida esa bu Gon Kongdagi savdo markazi.

Bahaybat odamning oyoq izi

Google Mapsning bahslarga sabab boʻlgan topilmalari

Ushbu ajoyib oyoq izi Konxolt hiyobonining hududida joylashgan. U Gempshir grafligi yaqinida. Ushbu labirint Angliyadagi eng uzun – 115 metrli labirint hisoblanadi.

Bino tomiga bogʻlangan Gulliver

Google Mapsning bahslarga sabab boʻlgan topilmalari

Dunyodagi eng gʻaroyib maydon ispan Valensiyasida joylashgan – qoʻlga tushgan Gulliver, uning atrofida bolalar oʻynab yuribdi. Ushbu figura haqiqiy bolalar bogʻiga aylangan: tepaliklar, arqon toʻrlar, sirli eshiklar va ota-onalar uchun katta oʻrindiqlar.

Yovuz qoʻshnidan qasos olish quroli

Google Mapsning bahslarga sabab boʻlgan topilmalari

Tarixga qaraganda 2009 yilda qoʻshnilar oʻrtasidagi aloqa juda yomonlashgan. Hamma oʻz qoʻshnisini jaxlini chiqarish uchun nimadir oʻylab topgan, ulardan biri “yaramas” soʻzini qazib, qoʻshnisini koʻrsatib qoʻygan.

Bahaybat oʻzga sayyoralik mushuk

Google Mapsning bahslarga sabab boʻlgan topilmalari

Ushbu surʼatga 9000 yildan oshdi. Taxminlarning biriga koʻra, ushbu iloxiy mushuk boshqa dunyodan mehmon boʻlib kelgan. U Yerning eng quruq joyida – Atakama choʻlida joylashgan, bu yerda odamlar yozishni oʻrgangandan beri yomgʻir yogʻmagan.

Turli davrlar samolyotlari

Google Mapsning bahslarga sabab boʻlgan topilmalari

Harbiy va yoʻlovchi, eski va yengi samolyotlar – bularning barchasi Belgradning kichik aeroporti yonida ochiq muzeyda joylashgan. Yoqtiruvchilar eksponatlarni yaqinroqdan koʻrsalar boʻladi: bu yerda 200 dan ortiq uchar apparatlar bor, shu jumladan “Stels” va F-16 Fighting flacon amerika harbiy apparatlari ham.

Art jismga oʻxshagan tuz fabrikasi

Google Mapsning bahslarga sabab boʻlgan topilmalari

Bu 50 dan ortiq oila yashaydigan Nigeriyadagi kichik qishloq. Bu yerda hamma loy koʻlmaklardan tuz qazib olish bilan band. Har bir koʻlmak plast suv bilan toʻldirilgan, unga ichida tuz bor maxsus loy solinadi. Tuzli suv tindirilganda uni toʻkishadi, filtirlashadi va parlangandan soʻng tuz kristallarini olishadi.

Kiprda bahaybat turk bayrogʻi

Google Mapsning bahslarga sabab boʻlgan topilmalari

Turkiya bayrogʻini Kiprning shimolida koʻrsa boʻladi. Uning uzunligi yarim kilometr. Uning yonida yozuv, bu Turkiyaning birinchi Prezidenti Turkiyaning 10 yillik yubileyida aytilgan soʻzlari “Oʻzini turkman deb atay oladigan odam qanchalar baxtli!”

Antarktidani Janubiy Amerikadan ajratgan narsa

Google Mapsning bahslarga sabab boʻlgan topilmalari

Sayyoraning bahslarga sabab boʻlgan surʼatlaridan biri. Kimdir bu kontinentlarni ajratgan meteorit izi deydi. Nima boʻlganda ham rasmga qarasangiz orollar yaqqol ajralib turganini koʻrishingiz mumkin.

Avstraliyada bahaybat odam

Google Mapsning bahslarga sabab boʻlgan topilmalari

Avstraliyaning Gold Coastidagi kulgili kvadrat odam kosmosdan ham koʻrinadi. Aslida bu suzib yuruvchi bolalar uchun moʻljallangan ponton, u koʻngilochar hiyobonning bir boʻlagi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar