Oʻz hodimlarini juda sevuchi Google kompaniyasi


Google oʻz xodimlarini juda qadrlaydi: ular uchun bepul ovqat, sport zallari, yuqori texnologiyali hojatxonalar, ofisdagi tibbiy xizmatlar va hatto shaxsiy foydalanish uchun moʻljallangan uchuvchisiz transport vositalari bilan taminlaydi.

Ammo kam odam biladiki, Google xodimlarining oʻlimdan keyingi oʻn yil mobaynida ayoli yoki suygan qizi uning imkoniyatlaridan foydalanishi mumkin. Bundan tashqari oylik maoshining 50 foizini ham ular kompaniya tomonidan oladilar . Bu haqda kadrlar boʻyicha direktor Laszlo Bok aytib oʻtgan.

Ushbu vafotdan soʻng maoshning yarmini toʻlab berish ishchi google kompaniyasida qancha muddat ishlaganidan qatiy nazar amal qiladi. Deylik ishchi googleda bir kun ishladi va vafot etdi. Uning rafiqasi 10 yil mobaynida maosh olib boraveradi.

Ushbu pensiyadan tashqari ishchining oilasiga har bir farzandiga oyiga 1000$ berib borishadi toki ular 19 yoʻshga yetgunlariga qadar. Agar farzandi talaba boʻlsa bu muddat 23 yoshgacha choʻziladi.

Aslini olganda Googleda nafaqat ishlash balki oʻlish ham foydali.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



