Qiziqarli

Tashqaridan koʻrimsizgina boʻlgan bir uy ichkaridan juda serhasham boʻlib chiqdi

Tashqaridan koʻrimsizgina boʻlgan bir uy ichkaridan juda serhasham boʻlib chiqdi

Uddaburonlik bilan bajarilgan muyulishlar va manzarali oyna devor bu uyni juda jozibador qilib,uni boshqa qurilmalar qatoridan ajratib turadi.

 

MVRDV dizaynerlik studiyasi tomonidan tashkil etilgan Casa Kwantes kotedjining qurilishi oxirlab qoldi. Loyihani amalga oshirish mohiyati shunda ediki, maqsad - xayoliy yopiqlikni taʼminlash. Shuning uchun ham kompaniya dizaynerlari oʻta behadliklar– dagʻallik va egiluvchanlik, yopiqlik va ochiqlik, yassilik va muyulishlilikning muvozanatiga rioya qilish ustida koʻp ishladilar.

Tashqaridan koʻrimsizgina boʻlgan bir uy ichkaridan juda serhasham boʻlib chiqdi
Tashqaridan koʻrimsizgina boʻlgan bir uy ichkaridan juda serhasham boʻlib chiqdi

 

Bu xususiy qarorgoh tashqaridan oʻtkir burchakli bahaybat bir toʻrtburchak qutiga oʻxshab ketadi, ammo hovliga qarab turgan uning ichki tomoni buning mutlaq aksi — u juda ochiq hamda oʻtkir burchaklarning oʻrniga bu yerda silliqqina muyulgan chiziqlar mavjud. 

                                                                                                                                                                      

Tashqaridan koʻrimsizgina boʻlgan bir uy ichkaridan juda serhasham boʻlib chiqdi

 

Noyob kottedjning umumiy maydoni 480 m2 ga teng, u toʻlaligicha oq gʻishtdan qurib chiqilgan. Oynalar soni oʻta minimallashtirilgan. Uyga kirib olish esa juda ham oson emas, chunki uning ichiga kirish eshigi sirli tahmonda “yashiringan”.   

Tashqaridan koʻrimsizgina boʻlgan bir uy ichkaridan juda serhasham boʻlib chiqdi

Hovli tomonidagi oynalar ortidagi uzun koridor bilan dahlizdan koʻzni quvontiruvchi juda betakror manzarali koʻrinish vujudga keladi. Ushbu uy oʻzining silliq “egiluvchan” muyulishlari bilan yarim qurshab turgan hovlidagi yirikkina zaytun darahti manzarani oʻziga xos fayzu tarovat bilan toʻldirib turadi. 

Tashqaridan koʻrimsizgina boʻlgan bir uy ichkaridan juda serhasham boʻlib chiqdi

Ikkinchi qavatga ikkita zinapoya olib chiqadi. Bu yerda kottedj egalari uchun balkonlarga ega boʻlgan keng yotoqxonalar joylashgan. Poldan shiftgacha boʻlgan manzarali oynalar tufayli xonalar kunduz kuni doimo tabiiy yorugʻlikka toʻlib turadi.

 

Tashqaridan koʻrimsizgina boʻlgan bir uy ichkaridan juda serhasham boʻlib chiqdi

 

Uyning qurilishida uning egalari nafaqat uning goʻzalligi, balki uning ekologik jihatlarini ham hisobga olganlar. Kottedj uyning ostiga oʻrnatilgan geotermal nasos bilan va tomga oʻrnatilgan quyosh batareyalari bilan jihozlangan, shuning uchun ham u quvvat bilan oʻzini oʻzi taʼminlaydi. 

Tashqaridan koʻrimsizgina boʻlgan bir uy ichkaridan juda serhasham boʻlib chiqdi
Tashqaridan koʻrimsizgina boʻlgan bir uy ichkaridan juda serhasham boʻlib chiqdi
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar