Qiziqarli

Omad chopganda chopdi: oʻlimni aldashga va yutuqni qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlgan, dunyodagi eng omadli 10 ta odamlar

Omad chopganda chopdi: oʻlimni aldashga va yutuqni qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlgan, dunyodagi eng omadli 10 ta odamlar

Baʼzi odamlarga, yoʻlini kesib otayotgan, qora mushuklar va sindirilgan koʻzgularga qaramay, har doim omad kulib boqadigandek tuyuladi. Hamma narsaga qaramasdan ham! Bu sharximizda taqdir unchalik ham efimer tushuncha emasligini tasdiqlovchi, hayotiy 10 ta hikoyalar keltirilgan. 

Omad chopganda chopdi: oʻlimni aldashga va yutuqni qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlgan, dunyodagi eng omadli 10 ta odamlar

Avariyada omon qolish va moʻmaygina pul yutib olish

Omad chopganda chopdi: oʻlimni aldashga va yutuqni qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlgan, dunyodagi eng omadli 10 ta odamlar

Avstraliyalik Bill Morganning mashinasi yuk mashinasi bilan toʻqnashib ketganida, uni tom maʼnoda ezib qoʻygan edi va hattoki shifokorlar ham hammasi tamom deb oʻylagan edilar. 14 daqiqa davomida Bill yuridok jihatdan oʻlgan deb hisoblangan boʻlsada, u kutilmaganda tirilib chiqdi. Bundan soʻng, u 12 kun koma holatida yotdi va oila aʼzolari uni sunʼiy hayotni taʼminlovchi tizimdan oʻchirilishiga roziligini bergandan keyin, oʻziga keldi. Ammo, shuning oʻzida Billning omadi tugamadi. Oʻzining moʻjizaviy tirilishini nishonlash maqsadida, Morgan lotereya bileti sotib oldi va 1700 avstraliya dollariga teng avtomobil yutib oldi (xozirgi vaqtda avtomobil 2500 dollar turadi). Bu haqida mahalliy yangilik stansiyalari xabar topganlarida, ular Billning omadliligi bilan shu qadar qoyil qoldilarki, u haqida shou tayyorlamoqchi boʻldilar. Dastur davomida Billdan yana bir chipta ustidagi himoya qoplamasini oʻchirishni iltimos qildilar va .... u toʻgʻridan toʻgʻri efirda 250 000 dollar yutib oldi.

Chaqmoq panaseya sifatida

Omad chopganda chopdi: oʻlimni aldashga va yutuqni qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlgan, dunyodagi eng omadli 10 ta odamlar

Chaqmoq urishi ehtimoli 1:12 000 ni tashkil etadi. Lekin, koʻr va karlar uchun bu imkoniyatlar oshadiganga oʻxshaydi shekilli. 62 yoshli Edvin E. Robinson oʻz uyi atrofida, alyumin xassasiga tayanib, orientir olib aylanib yurgan vaqtida, yomgʻir boshlanib qolgan va yagona daraxt tagiga berkingan. Va shu vaqtda uni chaqmoq urgan. 20 daqiqa davomida Edvin hushsiz boʻlib yotgan, oʻziga kelgandan keyin uyigacha etib bordi va qattiq uyquga ketdi. Robertson kechqurun uygʻonganida, unga koʻrish va eshtish qobiliyati qaytganini aniqladi. 

Lotereyalik millioner ayol

Omad chopganda chopdi: oʻlimni aldashga va yutuqni qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlgan, dunyodagi eng omadli 10 ta odamlar

Lotereyada yutish imkonidan koʻra, bosgiga asteroid tushishi extimoli koʻproq ekanini kamchilik biladi. Ammo, bu narsa Djoan Ginterga xalaqt bermadi. Oʻz hayoti davomida u lotereyada naqd toʻrt marotaba yutgan boʻlib, butun dunyodagi olimlarning boshini qotirib qoʻygan. Shu bilan bir qatorda u arzimagan 20 yoki 50 dollar boʻlib qolmay, koʻp millionlik summalar boʻlgan. Avvaliga Djoan 5,4 million dollar yutib oldi, 10 yildan keyin 2 million dollar, ikki yil oʻtgach 3 million dollar, soʻng esa naqd 10 million dollarni 2008 yili yutib olgan.

Atom portlashini ikki marotaba boshdan kechirgan inson

Omad chopganda chopdi: oʻlimni aldashga va yutuqni qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlgan, dunyodagi eng omadli 10 ta odamlar
Omad chopganda chopdi: oʻlimni aldashga va yutuqni qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlgan, dunyodagi eng omadli 10 ta odamlar

Baʼzida odamlar, faqatgina havfli holatlarni, oʻzlari bilmagan holda, chetlab oʻtishlari orqali tirik qoladilar. Odatda ular bunday omadni tasodiflarga yoʻyadilar (masalan, toʻsatdan kasal boʻlib qolish yoki qoldirib boʻlmaydigan muhim ishlar paydo boʻlib qolishi) lekin, boshqa baʼzi hollarda, odamlar ularda paydo boʻlgan gʻaroyib nimanidir qilmaslik  haqida gapirib beradilar. Atigi toʻrt oy ichida gollandiyalik velosipedchi Maarten de Yong aviahalokatlardagi oʻlimni ikki marotaba aldab oʻtdi. U MH17 reysidan joyni bron qilib qoʻydi, keyin esa, arzonroq reys topib oʻz chiptasini almashtirdi. Bizga maʼlumki MH17 reysi Ukraina hududiga qulab tushgan. Shu bilan biriga Maarten MH370 reysi bortida safarni rejalashtirgan edi, biroq, oxirgi soniyalarda fikrini oʻzgartirgan. Bu samolyot Janubiy Koreya dengisi ustida 2014 yilda bedarak yoʻqolgan boʻlib, uni shu boʻyicha topa olishmadi. 

Nitiren

Omad chopganda chopdi: oʻlimni aldashga va yutuqni qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlgan, dunyodagi eng omadli 10 ta odamlar

Nitiren XII asrda Yaponiyada mashxur rohib boʻlgan boʻlib, buddizmni yaponiyalik moslashtirilishiga ahamiyatli taʼsir oʻtkazgan. Shunga qaramay, uning hayoti ziddiyatlarga va hayratomus voqealarga boy boʻlgan. U boshini tanadan judo etish yoʻliorqali oʻlim jazosiga hikm qilingan edi, chunki hukumat uning mehnatini qoʻporuvchilik deb baholaganlar. Biroq, qatl etish vaqtida Nitiren moʻjizaviy ravishda oʻlimdan qochi qoldi: jallod qilichini, rohibni boshini tanasidan judo etidh uchun, tepaga koʻtargan vaqtda, uni chaqmoq urib, oʻldirdi. Bu holni samodan kelgan belgi deb qabul qilshdi va Nitirenni ozod qilishdi.

Terri Pris

Omad chopganda chopdi: oʻlimni aldashga va yutuqni qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlgan, dunyodagi eng omadli 10 ta odamlar

Ustrisalarni koʻpchilik yaxshi koʻradi: ular restoranlarda boʻlsin, yoki uy bekalari orasida boʻlsin, oʻzinig pikant taʼmi tufayli, birdek mashxur. Baʼzilar ularni yaxshi afrodiziak deb hisoblaydi. Terri Prisga esa, bitta ustrisa ichidan ... gavhar topish omadi kulib boqdi ( 49 pensoga ularni bir nechtasini Tesco dan sotib olgan edi). Bunga oʻxshash holning extimoli milliondan bittani tashkil etadi. 

Anders Xelstrap

Kishi parashyut bilan sakrashni amalga oshirayotganida, u bu ish maʼlum havf xatar bilan bogʻliq ekanini albatta anglab turadi. Ammo xech kimsa parashyut bilan sakrayotgan vaqtida, uning yonginasidan meteorid uchib oʻtib ketishini tasavvur ham qilmasa kerak. Aynan shu kabi hodisa Norvegiyalik Anders Xelstap bilan sodir boʻlgan. Unga xech kim ishonmadi, lekin u hammasini kamera yordamida surʼatga olishga muvaffaq boʻlgan edi.

Keyinroq olimlar Xelstrapning boshi tepasidan 20 kilometr yuqorida metiorid portlab ketganini tasdiqlashgan edi. 

Lina Palson

Omad chopganda chopdi: oʻlimni aldashga va yutuqni qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlgan, dunyodagi eng omadli 10 ta odamlar

1995 yili shvedsiyalik Lina Palson, rojdestvo uchun pishiriqlar tayyorlash maqsadida qoʻlidagi nikoh uzugini yechib qoʻygan edi. Ammo pishiriqlar tayyorlab boʻlgandan keyin, uzik yoʻqolgani maʼlum boʻldi. Bir necha yillik, samarasiz qidiruvlardan soʻng, u turmush oʻrtogʻi bilan birga, uzik butkul yoʻqotilgan degan fikriga kelishdi. Biroq 2012 yili, oradan deyarli 16 yil oʻtib, Lina tomorqasidan bir necha sabzi terib kelish uchun chiqqanida, xayratda qolgan ayol sabzilarning birida oʻz uzigini topdi. Sabzi urugʻlarini ekayotgan vaqtda, urugʻlardan biri, yerda yotgan uzik orasiga tushishi extimoli nolga qarab ketmoqda, ammo, bu hodisa yuz bergan.

Frane Selak

Omad chopganda chopdi: oʻlimni aldashga va yutuqni qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlgan, dunyodagi eng omadli 10 ta odamlar

Uni "dunyodagi eng omadsiz omadli kishi" deb atashgan. Xorvat Frane Selak oʻlimni bir emas, ikki ham emas, qarangki, etti marotaba aldab oʻtgan. Uning oʻlim bilan birinchi uchrashuvi 1962 yili yanvar oyida yuz bergan. Frane ketayotgan poezd relslardan chiqib ketib, muzlagan daryoga qulab tushgan. Voqea guvohlari uni qirgʻoqqa olib chiqdilar, bunda u qoʻli sinishi va yengil gipotermiya bilan qutilib qolgan. Boshqa qolgan 17 yoʻlovchilar esa xalok boʻlishgan.

Oradan bir yil oʻtib, uning samolyotdagi birinchi va oxirgi parvozi davomida, u uchayotgan samolyot balandlikni yoʻqotishni boshlagan va yerga qulab tushgan. Franeni samolyotning ochilib ketgan eshigidan tashqariga uloqtirib yuborgan va qandaydir yoʻl bilan u somon uyumiga qoʻnib tushishga muyassar boʻlgan, hamda xech qanday jaroxat olmagan.  Samolyot esa qulab tushgan va 19 ta odam xalok boʻlgan. Bundan soʻng, oradan uch yil oʻtib, 1966 yili, Selak ketayotgan avtobus yoʻldan ketib, daryoga qulab tushgan. Bu hodisada toʻrt nafar yoʻlovchi choʻkib ketgan, omadli xorvat esa, eson omon qirgʻoqqacha suzib yetib borgan.

Ikki yil oʻtib, Frane Selak oʻz oʻgʻliniqurol ushlashga oʻrgatishga harakat qilayotgan vaqtda, miltiq otib yuborib, Franening testikulalarini otib ketdi... lekin u yana tirik qolgan. Soʻngra, 1970 va 1973 yillarda u , ikki galda ham avtomobil yonib ketgan holdagi, avtoxalokatlarga uchragan. Xammasi faqatgina kuygan sochlar bilan yakunlangan. Lekin bunda ham oʻlim bilan oʻyinlar tugamagan. 

1995 yili Franeni Zagrebda avtobus urib ketadi, bunda u faqatgina yengil jaroxatlanib qolgan. Bir yil oʻtib esa, u Birlashgan Millatlat Tashkilotining yuk mashinasi bilan, togʻ yoʻlida qilayotgan safari davomida toʻqnashib ketishidan saqlanib qolgan. Franening avtomobili 100 metrlik jarlikka, yoʻl chetidagi toʻsiqni buzib, qulab ketgan, xorvatni esa, ochilib ketgan eshik orqali tashqariga uchirib chiqarib yuborgan. 

Va oʻz omadi soʻngiga, 2003 yili, 73 yoshga toʻlganidan ikki kun keyin, Frane Selak xorvat milliy lotereyasida 1 100 000 $ yutib olgi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar