Har sohadan bir shingil: qiziqarli faktlardan namunalar

Mashxur siyosatchi Uinston Cherchill yozuvchilikda ham oʻta qobiliyatli boʻlgan. U 1953 yili adabiyot yoʻnalishida Nobel mukofotiga munosib deb topilgan.
Jahondagi eng katta Botanika bogʻi Londonda joylashgan boʻlib, uning hududi 110 gektar maydonni egallagan.

Agar dunyoda kartoshka yaxshi parvarish qilinsa, undan olinadigan daromad oltin va kumush foydasidan ham yuqoriroq boʻlishi mumkin.
Italiyalik Rio Kozelli dunyodagi eng zerikarli kitoblarni kolleksiya qilish bilan shugʻullanadi. U hozirgacha 10000 tadan ortiq kitob yiqqan. Italiyalik omadsiz shoirlardan biri esa asari Kozellida saqlanayotganini bilib oʻz joniga qasd qilmoqchi boʻlgan ekan.
Yuliy Sezar sochlari toʻkilayotganini yashirish maqsadida dafna barglaridan tayyorlangan gulchambar taqib yurgan.

Iskandar Zulqarnaynning Oʻrta Osiyo yurishlariga tirik guvoh boʻlganlar hozirda hayot…Ular Qashqadaryo viloyatining yakkabogʻ tumanidagi ikki ulkan archa daraxtlaridir.
Fransuz yozuvchisi Emil Zolya asosan kechasi ijod qilgan. Yozuvchi uyquni qochirish uchun kuniga 3-4 litr qahva ichgan ekan.
Chumoli oʻzidan 1400 marta ogʻirroq yukni koʻtara oladi.

1910 yilning 7 noyabr kuni vafot etgan Lev Nikolayevich Tolstoyning ohirgi soʻzlari “Xaqiqatni sevaman” iborasi boʻlgan ekan.
Daltonizm ayollarga nisbatan erkaklarda 10 baravar koʻproq ishlaydi.

Inson miyasida har soniyada 100 000 kimyoviy reaksiya kuzatiladi.
Moviy koʻzli insonlar ogʻriqqa nisbatan taʼsirchanroq boʻlishadi.

Insoniyatning1 foizi infraqizil va ultrabinafsha nurlarini koʻra olish qobiliyatiga ega.
Inson koʻzi10 000 000 hil rangni ajrata olish hususiyatiga ega.
Inson barmoqlari umri davomida 25 million marta bukiladi.

Yurak oʻz sohibini mushti kattaligida boʻlib, katta yoshli inson yuragi ogʻirligi 220-260grni tashkil etadi.
Organizmdagi barcha bakteriyalar ogʻirligi 2 killogrammga teng.
Inson umri davomida teri 1000 marta almashadi.
Umrning oʻrtacha hisobda davomiyligi- 2475576000 soniya.

Odam-dunyodagi tirik jonlar ichida togʻri chiziq chiza oluvchi yagona mavjudotdir.
Kuniga 1 pachka tamaki chekuvchi inson yiliga yarim finjon smola isteʼmol qiladi.
Oʻz liboslariga ilk bor kompaniya logotipini joylashtirgan brend Lacoste hisoblanadi.
Tarixdagi ilk suniiy kipriklar 1916 yili gollivud rejissori D.U.Griffit tomonidan oʻylab topilgan boʻlib, ular tabiiy soch tolasidan ishlab chiqilgan.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



