Har sohadan bir shingil: Sizni lol qiluvchi hayratlanarli faktlar (4-qism).

Ilk “Mikrotoʻlqinli pech” 1945 yil 6-dekabr kuni kashf qilingan.
Inson organizmi judayam koʻp issiqlik ajratib chiqaradi, bir kun davomida ajralib chiqqan issiqlik energiyasi oʻttiz litr suvni qaynatishga yetarkan.
Norvegiyada jamoat transportlarida yoshi katta kishilarga joy berish odat tusiga kirmagan. Buni ular “odobdan emas” deb hisoblashadi. Hisoblanishicha, ushbu harakat orqali siz oʻzingizning jismoniy kuchingiz bilan maqtanayotgan boʻlar emishsiz.
Inson tanasi har-xil kimyoviy unsurlardan tashkil topgan boʻladi. Umr davomida tanamizdan ajralib chiqqan xlor moddasi katta hajmdagi oltita suv havzasini zararsizlantirishga yetadi. Tanamizdan ajralib chiqadigan fosfor esa, 200 qut gugurt yasashga yetar ekan.
Santa –Klaus bugʻularining koʻpiga erkakcha ismlar qoʻyilgan. Lekin erkak bugʻular Rojdestvo bayramiga shoxlarini tashlaydi, shuning uchun ham chanalarni urgʻochi bugʻular tortadilar.
Eng tez uchadigan qush burgut boʻlib, u 290 km/soat tezlik bilan ucha oladi.
Hokimiyat tepasida eng uzoq muddat turganligi boʻyicha rekordchi – Fidel Kastro. Kuba inqilobi yetakchisi 49 yil 10 oy 3 kun hukmdorlik qilgan. Monarxlargina bu muddatdan oʻtganlar. Eng koʻp sonli muvaffaqiyatsiz suyiqasdlar ham aynan Fidel Kastroga nisbatan amalga oshirilgan. Uni oʻldirish maqsadida 638 ta fitna uyishtirilgan.
Giperion –Saturn yoʻldoshlaridan biri boʻlib, oʻlchami 250 km. Unda kraterlar shunchalik koʻpki, hajmining 40 foizi gʻovak ( boʻshliq) dan iborat.
Dunyodagi eng keng koʻprik- “harbor bridge”. Koʻprikda 16 qator mashina yoʻllari mavjud.
Birinchi kosmik turist – 2001 yil 28 aprel sanasida Rossiyaning Soyuz TM-32 kosmik kemasida ikkita kosmonavt bilan birga kosmosga uchgan amerikalik millioner Dennis Titodir.
Dunyo boʻyicha eng badavlat hukmdor Tailand qiroli Pumipon Adulyadet (Rama IX)dir. Forbes maʼlumotlariga koʻra, uning shaxsiy boyligi 30 milliard dollar deb aytilgan.
Saturn halqasi – bir necha millimetrdan oʻnglab kilometrgacha boʻlgan milliardlab boʻlaklardan iborat. Ular asosan, muz boʻlaklaridir.
Aslida Araxis yongʻoq hisoblanmaydi, u yerda oʻsgani bois loviya oilasiga kiradi.
Derek Amanto basseyn tubiga boshini urib oladi va uygʻongach esa oʻzida ajoyib iqtidorni sezadi. Unda sindrom savanta – bu bosh miyada baʼzida paydo boʻladigan hodisa. Uni yana “ajoyib orol” deb ham nomlashadi. Shundan soʻng u hech qanday musiqiy darslarsiz mashxur pianist boʻlib ketdi.
Toʻti va quyon oʻgrilmasdan ham orqada nima borligini aniq koʻra oladi.

Oqqushlar yovvoyi tabiatda 20-25 yil umr koʻradi. Ular qizil kitobga kiritilgan.
1952 yil Albert Enshteynga Isroil prrezidenti boʻlish taklifi bildirilgan, ammo u rozi boʻlmagan.
Dunyodagi eng xavosi ifloslangan davlat – Xitoy hisoblanadi.
Mimas –Saturnning tabiiy yoʻldoshi sanaladi. Uning oʻlchami 400 kilometr boʻlib, tashqi koʻrinishidan katta golf toʻpini yodga soladi.
Begemot suti pushti rangga ega.
Olimlarning hisobiga koʻra, okean tubida jami 20 million tonna sof oltin bor. Yer yuzi aholisi esa shu kungacha 161 tonna oltinni qazib olishga ulgurishgan holos.
Afrikada 40tadan 1 ta kishida uyali telefon mavjud.
Dunyo boʻyicha 88 foiz odamlar oʻzlarini chap tomondan rasmga olar ekanlar.

Londonning taniqli “qora keb” taksisining haydovchisi boʻlish uchun, kaida 25 mingta yoʻllarni va ellik mingtadan ortiq taniqli joylarni bilish shart. Yana “thrKnowledge” mahsus testidan oʻtish kerak. Imtihondan oʻtish uchun nomzodlardan odatda 12 ta urinish va 34 oylik tayyorgarlik talab qilinadi.
Qizil rang dunyo bayroqlarida eng koʻp tasvirlanadigan rangdir.
22 aprel –xalqaro Ona Yer kuni sifatida nishonlanadi. BMT tomonidan 2009 yil joriy etilgan va 50 dan ortiq davlat maʼqullagan.
Havo harorati qanchalik issiq boʻlmasin, qushlar sira ham terlamaydilar.
Shvetsiyada tishlarni davolatish 20 yoshgacha bepul amalga oshiriladi.
Shilliqurt, pashsha, dengiz yulduzi kabi jonzotlarning qulogʻi eshitmaydi.
Yirtqich hayvonlar ichida sherning yuragi eng kichkinasi hisoblanadi.
21 aprel kuni Astronomiya kuni sifatida nishonlanadi. Bu kun ilk bor Kolifotniyada nishonlangan.
Yangi Zelandiyada qoʻylar soni odamlardan 15 barobar koʻproq.
“Barselona” futbol komandasiga 1899 –yil 29 noyabr kuni asos solingan.
Happy Face krateri ilk bor 1999 yil aniqlangan. U mars sirtida boʻlib, koʻpchillikka tanish smaylikni eslatadi.

“Chekishni tashlashning oson yoʻllari” asari muallifi - Allen Karr oʻpka rakidan oʻlamdan oʻtgan.
Ayollar tanasida erkaklardan koʻra koʻproq oltin bor.
Yomgʻir chuvalchangining beshta yuragi bor.
Agarda akula chalqanchasiga yotsa oʻsha zahoti koma holatiga tushadi.
Dunyodagi eng havfli avtomobil Dodge Charger hisoblanadi. Sotuvga chiqqanining birinchi kunidayoq 8 ta mashina avariyaga uchragan.
Yer yuzidagi eng qadimiy daraxt – Baobabdir. U 2000 yoshda.
Coca-Cola, koka barglari va kola yongʻoqlaridan tashkil topgan. Farmasevt Jon Pemberton tomonidan asab kasalliklari uchun dori sifatida patentlangan va dorixonalarda sotilgan.

Yer va oy orasidagi masofa oʻrtacha 384000 kilometr boʻlib, bu masofaga quyosh sistemasidagi sayyoralarning barchasini joylash mumkin.
Dunyo boʻyicha eng koʻp muloqot tili – xitoy tili hisoblanadi. Undan keyin esa ispan tili, 3- oʻrinda ingliz tili.
Dunyodagi birinchi president ayol - Mariya Estela Martines de Peron hisoblanadi. U 1974-yil 1-iyulda turmush oʻrtogʻi president Xuan Peron olamdan koʻz yumgach, hokimiyat tepasiga keldi. Lekin u bor yoʻgʻi 2 yil hukmdorlik qiladi holos.1976-yili 24-martda harbiy toʻntaruv paytida Peron prezidentlikdan olib tashlanadi.
Restoranlarda sotiladigan vinoning 55 foizini qizil vino tashkil qiladi.
Inson oʻlimi och yurganidan koʻra, uhlamaganida tezroq sodir boʻladi.
Mashxur rassom Leonardo da Vinchi Mona Lizaning lablarini deyarli 12 yil davomida chizib tugatgan.
Boʻrsiq 10 sm qalinlikdagi yoʻgʻon daraxtni ikki daqiqa ichida gʻajib, uzib tashlashi mumkin.
Kalibri qushi orqaga ucha oladi.
Yaponiyada kiyiklar uy hayvoni hisoblanadi.

Inson koʻzi 10 million rangni farqlay oladi.
Napoleon mushuklardan juda ham qoʻrqqan.
Inson aksa urayotgan vaqtida deyarli tanadagi barcha organizmlar ishlashdan toʻxtab qoladi.
Inson yutib yuborgan saqich odam tanasida yeti yilgacha saqlanib turishi mumkin.
Yashil- eng kamyob koʻz rangidir. Bunday koʻzli kishilar juda kam uchraydilar.
Shvetsiyada it egalari uning boʻyiga qarab, Norvegiyada esa uzunligiga qarab soliq toʻlaydilar.
Oʻz avtomobillariga chegirma taklif qilgan birinchi avtomobil kompaniyasi – Ford.
Dunyoda birinchi boʻlib 1882-yilda Germaniyada Troleybuslar qatnovi yoʻlga qoʻyildi.
Odamda ikki million ter bezlari bor. Har bir litr ter uchun 540 kaloriya sarflanadi. Erkaklar ayollarga nisbatan qirq foiz koʻproq terlaydilar.
Dunyodagi eng moʻylovi uzun inson Muhammed Rashid hisoblanadi, uning moʻylovi 1.6m ekan.
Tarvuzning sariq turi ham bor. U Tailand va Ispaniyada yetishtiriladi.
Niagara sharsharasi shovqini 2 km uzoqlikda eshitiladi, tunda esa 7 kmgacha masofadan eshitish mumkin.
Xelsinki-dunyodagi eng sovuq shaxar hisoblanadi. Ushbu shaharda har yili oʻrtacha 51 kun quyosh deyarli porlamaydi. Yillik oʻrtacha harorat esa 0 gardusda oshmaydi.

Mushuklar 5-7 daqiqagacha koʻzini yopmay tura olishadi.
Pluton sayyorasi Rossiyadan kichik.
Bil Geytsni yoshligida “CON” degan laqab bilan chaqirishgani uchun Windows dasturida ushbu nom bilan fayl saqlab boʻlmaydi.
Birlashgan Arab Amirligida tugʻilgan oʻgʻil farzandga uning oilasi uchun davlat 50000 dollar arjatadi.
Jeyms Madison AQShning eng boʻyi kichkina prezidenti boʻlib, uning uzunligi 163 sm.
Birinchi avtomobil poygasi 1895 yilda AQSHda oʻtkazildi. Masofa Chikagodan Evanstongacha boʻlgan. Tanlov gʻolibi Frank Duroy edi, uning oʻrtacha tezligi 12 km/soat boʻlgan.
Maykl Jekson 50 yil davomida koʻrinishi 50 marta oʻzgargan va Ginnesning rekordlar kitobiga ham kirgan.
Antarktida qitʼasida yashaydigan baliqlarning qon harorati -1.7C boʻladi.
Ambideksterlar– ikkala qoʻllarining ham imkoniyatlaridan bir hil foydalana oladigan insonlardir. Masalan ular ikki qoʻlda ham yoza oladilar.

Tarkibida 25 foiz havodan tashkil yopgan meva bu olmadir.
Oyda 3 dona golf koptokchasi bor.
Eng katta ilon – Anakonda. Uning ogʻirligi 230 kg.
Uganda davlatida bir ayolga oʻrtacha hisobda yettita farzand toʻgʻri keladi.
Bir yil davomida inson organizmi oʻzidan 4 litr koʻz yosh ishlab chiqaradi.
Maldiv orolida suv osti mehmonxonasi bor. Ushbu moʻjizaviy mehmonxonada tunash uchun, 4000 dollardan voz kechishga toʻgʻri keladi.
Marsda inson vazni Yerdagi vaznidan 2.5 marta kam boʻladi.
Olimp –quyosh sistemasidagi eng baland togʻ. Uning balandligi 21.2 km.
1988 yilda Yaponiyada eng uzun Seto-Ohashi koʻprigi ochildi. Uning uzunligi 13 kilometrdan ortiq. Uni bosib oʻtish uchun taxminan 20 daqiqa kerak boʻladi.
Odamlar organizmi judayam koʻp issiqlik ishlab chiqaradi, bir kunda ajralib chiqqan issiqlik energiyasi 30 litr suvni qaynatishga yetarkan.
Saqichning katta boʻlib ishishiga uning tarkibidagi kauchuk javob beradi.

Deyarli ruldagi barcha ayol haydovchilar bir oʻzlari boʻlgan paytda ham oʻzlariga oʻzlari gapirar ekanlar.
Dunyodagi eng qadimiy shahar – Suriya poytaxti Damashq. Ushbu shahar qadimgi Rim shahridan ham ilgari, miloddan avvalgi 753 yilda bunyod boʻlgan.
Bugungi kundagi uzogʻimizni yengil qiluvchi taxi mashinalari uzoqdan yaxshi koʻrinishi uchun sariq rangga boʻyalgan. Ushbu gʻoya birinchi marta XX asrda vujudga kelgan.
Dunyoda dengizosti sharsharasi ham mavjud. U Le Morn Brabant.
Tovuqning koʻp yoki kam tuxum berishi yorugʻlikka bogʻliq.
Gavayi alifbosi bor yoʻgi 12 harfdan iborat.
DVD-diskning maʼlumot yoziladigan chizigʻi 12 kmni tashkil qiladi.
Italyanchada deyarli barcha soʻzlar unli harflar bilan tugaydi.
Yurak urishidagi bir zarbasining kuchi 200 gr yukni 1 metr balandlikka koʻtarishga yetadi. Bu degani bir oyda oʻrta vaznlik bir odamni Jomolungma choʻqqisiga olib chiqish demakdir.
1950-yillarda dollar ham qadrsizlangan. Oʻsha paytdagi 1 dollarning qiymati 12 sentga teng boʻlgan.
Birinchi marta kuchuk-kosmonavt kosmosga 1957 yilda parvoz qilgan.
1636-yil 28-oktyabr kuni Garvard universitetiga asos solingan.
Bethovenning yaratgan “Fur Elis” musiqasi inson yuragini yumshatishga yordam berar ekan.
Olimlarning aniqlashicha chilim sigaretga qaraganda 200 barobar zararliroq ekan.
Aniqlanishicha, inson soʻlagida opiorfin tinchlantiruvchi bor va ushbu tinchlantiruvchi morfindan olti barobar koʻproq.
Artur Konan Doylning – mashxur obrazi “Sherlok Xolms” ni prototipi aslida muallifning oʻzi boʻlganini zamondoshlari koʻp bora taʼkidlagan. Chunki, yozuvchi oʻz qahramoni kabi sinchkov, topqir va oʻtkir zehnli boʻlgan. Koʻp davlat arboblari undan jumboqli masalalarni yechishda yordam soʻrashganida, Konan Doyl – Xolms uslubida ularga koʻp bor koʻmaklashgan.

Agar Xitoyliklar bir birlarining ustiga chiqishsa unda yerdan oygacha uch marta borib kelsa boʻlar ekan. Agar ular bir birlarini qoʻllarini ushlab turishsa yer yuzini toʻrt marta oʻrashga yetar ekan.
Bitta odamning tanasida butun yer yuzidagi odamlardan koʻproq tirik organizm yashaydi.
Betelgeyze yulduzining diametri Yerning Quyosh atrofidagi orbitasidan kattaroq.
Angliyada XVIII asrda oqsuyak oliftalar oʻta tor pantalon kiyishgan. Unga sigʻish uchun kiyilayotganda mahsus moslama yordamida choʻzib turganlar.
Har yili 24 yoshdagi amerikaliklardan 5000 kishi oʻz joniga qast qilar ekan. Yana 1000 ming amerikalik har yili oʻz joniga qasd qilishga urinishar ekanlar.
Internetdagi birinchi vebsayt bundan 25 yil oldin yaratilgan va hozir ham ishlamoqda.
Barringer krateri – dunyodagi eng katta krater boʻlib u yerga meteorid tushishidan hosil boʻlgan.
Quyoshda 1 million kilometrlik yorugʻlik bor.
1982 – yil Sukol Fulman internetda suhbatlashganda his tuygʻularini ifodalash uchun emotsionlarni (smayliklarni) qoʻllashni taklif qilgan.
Tugʻilajak bolaning yurak urishi, homilaning 6-haftasida sezila boshlaydi.
Maʼlumotlarga qaraganda inson hurrak otayotganda tush koʻrmas ekan.
Vulqonlar suv ostida quruqlikdagiga nisbatan 5 barobar koʻproq otiladi.
Qora mamba-Afrika kontinentining zaharli iloni. U dunyodagi eng tezkor ilon.

Dunyoda 900 millionga yaqin odam oʻqish va yozishni bilmaydi.
Faqatgina Rossiya davlatidan oʻtgan gaz quvurlari Ekvatorni yetti marta aylanib chiqishga yetadi.
Agar oy boʻlmaganida yerdagi fasllar navbati buzilgan, 1 sutka sakkiz soat, bir yil esa 1000 kundan iborat boʻlgan boʻlar edi.
Dunyo boʻyicha eng koʻp sotilgan uyali telefon bu Nokia 1100. U 250000000 dona sotilgan.
Aslida Saturn sayyorasi juda yengil. Uning oʻrtacha zichligi suvning zichligidan ikki marta kichikroq. Agar uni suvga tushurib boʻlganda u choʻkmasdan suv yuzasida suzib yurgan boʻlardi.
Dinozavrlar paytida yashagan eng katta ilon – Titanoboa.
Gipertenziya– inson har daqiqada oʻz umri davomida boʻlgan voqealarni eslab turishidir. Bu esa kam uchraydigan holat.
Inson bir kunlik vaqtidan 10 foizini koʻz yumib ochishga sarflaydi.
Eng sezgir va taʼsirchan barmoq – koʻrsatgich barmoqdir.
Lablarini qizil pomadalar bilan boʻyab yuradigan qizlar koʻproq jilmayishadi.
Baqalar suv ichishmaydi. Ular suvni terilari orqali shimib olishadi.
Coca-colaning reklamaga sarflaydigan puli Microsoft va Apple kompaniyalarining birgalikda reklama uchun sarflaydigan pulidan koʻproq.
Dunyodagi eng qimmat ruchka Fulgor Nocturnus Tibaldi ruchkasi, u 18-karat oltindan yasalgan va 2197 ta qimmatbaho kichik toshlar bilan bezatilgan boʻlib, uning narxi 9000000 dollar.

Qishda quyosh yerga yozdagiga nisbatan besh million kilometr yaqinda boʻladi.
“Masha va maymoq” multseriali uning egalariga yiliga 225.000 dollar foyda keltiradi.
Xavosi eng toza davlat bu – Shvetsariyadir.
Dunyo boʻyicha birinchi marta 1882 yilda Germaniyada trollebuslar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.
Shvedsiyada bolalarga maktabga borganlari uchun davlat 187 dollar toʻlaydi.
Avstriyada uyingizda issiq suvni uzib qoʻyishsa siz ishga bormaslikka haqqingiz bor hisoblanar ekan.
Dunyodagi eng katta azart oʻyinlar markazi Las-Vegasda emas, Xitoyda joylashgan.
Coca-Cola 1886 yil ilk marta sotuvga chiqarilgan va oʻsha yili atigi 25 dona mahsulot sotgan.
Amorfofalus gulining uzunligi 3 metr , ogʻirligi 75 kg.
20 – asr oʻrtalarida Samsung kichik savdo kompaniyasi boʻlgan va lagʻmon, baliq savdosi bilan shugʻullangan.
Bulutlar 500 tonnagacha boʻlishi mumkin.

Tinch okeanining shunday nuqtasi borki, u yerdan tunel qazib, yer sharining narigi tomoniga oʻtilsa yana shu okeanga chiqish mumkin.
Tennessi shtatining Dayyersberg shahrida qiz bola oʻgʻil bolaga qoʻngʻiroq qilib, uni uchrashuvga taklif qilishi qonunbuzarlik hisoblanar ekan.
Oddiy suvdan tayyorlangan muz boʻlarlari oq rangda boʻladi. Qaynagan suvdan tayyorlangani esa shaffof rangda boʻladi.
Adolf Gitler oʻz askarlariga malla sochli ayollarga uylanishni taqiqlagan.
Dunyoga mashxur aktyor va sportchi Bruce Lee Xitoyda emas, 1940-yil 27-noyabrda AQShning San Fransisko shahrida tugʻilgan.
Ninachi bor yoʻgʻi 24 soat umr koʻradi.
Choʻchqalar osmonga qaray olishmaydi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



