Foydali

Havodagi changni tozlash mumkinmi?

Havodagi changni tozlash mumkinmi?

Quyosh yorugʻligida millionlab mayda chang zarralarini kuzatish mumkin. Ular mikroskopik tekstil tolalari, nobud boʻlgan teri zarralari, koʻchadagi qorakuya, gul changlari, mogʻor, halok boʻlgan hasharot  parchalari va boshqa minglab moddalardan tashkil topgan. Changlar muntazam ravishda uyning pastki qismiga choʻkib boradi.

Havodagi changni tozlash mumkinmi?

Divan, toʻshak va yostiqlarni mikroskop orqali kuzatganingizda, koʻzingizga uyqu kelmay qolardi, balki. Choyshab va yumshoq mebellar chirigan moddalar bilan oziqlanuvchi joʻlaklarning sevimli makoni hisoblanadi. Ushbu mikroskopik hasharotlar har bir uyda istiqomat qilib, oʻlgan toʻqima zarralari bilan oziqlanadi. Ular issiq va qorongʻu yerlarni hush koʻrgani sabab mebel jildi va yostiqlar ostida yashashga odatlangan. Joʻlaklar yostiqlar va choyshablar ostida yilllar davomida yashab, oʻsha yerning oʻzida halok boʻladi. Oʻlgan hasharot parchalari allergiya keltirib chiqaradi. 

Havodagi changni tozlash mumkinmi?

Changga allergiyasi bor insonlar aslida ushbu hasharotlardan aziyat chekadilar. Ushbu mayda zararkunandalar bilan kurashish uchun yumshoq mebel tanlash borasida teridan ishlangan jihozlar sotib olishga harakat qiling.

Havodagi changni tozlash mumkinmi?

Quruq havodagi yengil chang uzoq vaqt davomida uyning pastki qismiga tushmaydi. Odatda, namlik darajasi yuqori boʻlgan havo quruq havodan tozaroq boʻladi. Inson uchun mukammal namlik darajasi 40-60 foizni tashkil etgani bilan uylardagi namlik darajasi 20-25 foizdan yuqoriga koʻtarilmaydi. 

Havodagi changni tozlash mumkinmi?

Akvarium va uy ichiga oʻrnatilgan dekorativ fontanlar chiroyli koʻrinish beribgina qolmay, namlik darajasini koʻtarishga yordamberadi.

Nam havoda chang ivib qoladi va tezlik bilan polga tushadi, changni poldan tozalab olish esa qiyinchilik tugʻdirmaydi.

Havodagi changni tozlash mumkinmi?

Uyda chang yigʻuvchi buyumlar qancha koʻp boʻlsa, changni tozalash shu qadar qiyinlashadi. Haykalcha, ramkaga solib qoʻyilgan rasm, oynasiz shkaflarga terilgan kitob, yumshoq oʻyinchoqlar, koʻp qavatli parda va paxmoq gilamlar changni magnit kabi oʻziga tortib oladi. Agar mayda buyumlarsiz uyingiz befayz boʻlib qolgandek tuyulsa, ularni oynavand shkaflarga joylab qoʻying. Texnika vositalari ishlayotgan vaqtida juda koʻp chang tortib olgani sabab, televizor va kompyuterni ochirish yoddan koʻtarilmasin.

Havodagi changni tozlash mumkinmi?

Turgʻun havo turli zamburugʻ, joʻlak va chang koʻpayishi uchun juda qulay. Bundan tashqari uni jihozlashda foydalanilgan baʼzi buyumlar yillar davomida zararli toksinlar ishlab chiqarishda davom etadi.

Yopiq binoda ushbu zararli moddalar taʼsiri yanada ortadi. Shu bois ertalab va uyqudan oldin honalarni shamollatib yuboring.

Havodagi changni tozlash mumkinmi?

Uyni har bir kvadrat metrida yiliga 8 grammdan chang yigʻiladi. Changdan butunlay halos boʻlish usuli mavjud boʻlmasada, yuqoridagi usullar yordamida uy tozaligini taʼminlash va salomatligingiz haqida qaygʻurishdan charchamang.

Havodagi changni tozlash mumkinmi?
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar