Islandiya: biz tushuna olmaydigan mamlakat

Ularda familiyalar (sharif) yoʻq

Islandiyalik bilan shaxsan tanishganingizda, sizda qadimgi saga qahramonini uchratgandek taassurot paydo boʻlishi mumkin. Axir, ular oʻzlarini sizga, aytaylik, Petur, Bornning oʻgʻli, yoki Gudrun, Vilxyalmnining qizi deb tanishtirishadi. Islandiyaliklar xozirgi kungacha vikinglarning yangi tugʻilgan chaqaloqarga familiya oʻrniga otasining ismini qoʻyish odatini saqlab qolishgan. Oʻtmishda, bu sovuq oʻlkalar aholisi juda kam boʻlgan vaqtlarda familiyada, haqiqatdan ham zarurat yoʻq edi. Biroq, xozirda oddiy uch kishidan iborat, island oilasida ona, ota va oʻgʻilda turli xil inisiallar boʻladi. Shuning uchun, island telefon kitobidan biron bir kishini muvaffaqiyat bilan topish uchun, siz uning oilasi shajarasini yaxshilab eslashingiz kerak boʻladi.
Ularning mamlakatida qoʻylar hukumronlik qiladi

Islandiya aholisi sonini mahalliy askiyachilar qoʻylarda ifodalashni yaxshi koʻradilar. Qiziqarli fakt, lekin orolda qoʻylar soni odamlardan koʻra ikki barobar koʻproqdir. Jozibador jun boʻlakchasi kalta oyoqchalarda yarim yil mobaynida kongli tusagan hamma yerlarda aylanib yuradilar va yashil oʻtlar va aql bovar qilmas peyzajlardan bahramand boʻladilar. Mana, haqiqatdan ham qoʻylar jannati: Islandiyada chorvalar uchun havfli yirtqich xayvonlar yoʻq, shuning uchun uy jonivarlariga qoʻriqchi kerak emas. Oʻtlatish mavsumi (bahordan kuzgacha) tugaganda, fermerlar butun mamlakat boʻylab qoʻylarini qidirishga yoʻl oladilar. Siz, ular qoʻlarini qanday qilib ajratadilar deb soʻrausizmi? Bu yerda ajdodlar tizimi amal qiladi: qoʻylarni katta oʻtarga yigʻishadi, keyin ularning quloqlaridagi maxsus belgilar boʻyicha ajratishadi. Belgilarni tashqi koʻrinishini har bir fermer jonkuyarlik bilan oʻzi oʻylab topadi (mamlakatda hattoki, maxsus belgilar kataloglari mavjuddir). Islandiyada qoʻylarni yigʻish - quvnoq sershovqin voqea boʻlib, unga butun oilalar yigʻilishadi.
Ular yil boʻyi toʻqiydilar

Islandiyaliklarning kundalik hayotda toʻqish, ob-havoni muhokama qilish kabi, muhim oʻrinni egallaydi: erkaklar va ayollar spisalarni mohirona boshqaradilar. Lekin, shaharliklar xozir buni ommaviy joylarda qilishdan bir oz uyaladilar va uni eskilik deb hisoblaydilar. Ammo, posyolkalarda ishtiyoqli toʻquvchi ayollar haqida koʻplab qiziqdan qiziq hikoyalar aytishadi. Baʼzi fermerlarni aynan ish vaqtida, masalan qoʻylarni podasini haydash vaqtida qoʻllarida spisalar bilan koʻrib qoladilar.
Ular achigan baliq yeydilar

Koʻz oldingizga keltiringa, bashang restoranda menyu "qonli kolbasa", " marinadlangan qoʻy tuxumlari", "kitning achitilgan goʻshti", " qoʻzichoqning shox va tuyoqlaridan studen (ilvira)", "qoʻy kallasi", " hidlangan akula goʻshtidan qirqim",... pozisiyalariga toʻla. Yoʻq, bu parij gurmanining daxshatli tushi emas! Murakkab klimatik sharoitlarda asrlar davomida yashashga majbur boʻlgan islandiyaliklar butunlay oʻzgacha taʼmli koʻnikmalar hosil qilishgan. Islandiya qaʼri foydali qazilmalarga ega emas, muzlatish kameralari ham koʻp vaqt boʻlmagan, shuning uchun mahalliy aholiga qanday qilib boʻlsada, tuzsiz amallashga va maxsulotlarni saqlash muammolarini hal qilishga toʻgʻri kelgan. Ovqatni quritishgan, dudlashgan, u achishini kutib turishgan, - xullas, eksperimentlar qilishgan. Misol uchun xaukarl taomi bor boʻlib, u grenlandiya polyar akulasining bostirilgan goʻshtidir. U yangi soʻyilgan vaqtida mochevinaning yuqori darajasi sababli zaharli. Shuning uchun akula boʻlaklarini avval yarim yil shagʻalli bochkalarda saqlab, yetiltirishadi, soʻng esa quyoshda yana uch oy davomida ushlab turishadi.
Ular hali hamon yertoʻlalarda yashaydilar

Koʻp asrlar davomida oʻrmon deyarli yoʻq boʻlgan mamlakatda qanday qilib uy qurish mumkin? Muz oroli imkoniyatlarini ishga solib, islandiyaliklar torfli uylarni yashash uchun barpo etganlar. Ular qadimgi rus ertaklaridagi yertoʻlalarni nimasi bilandir eslatadi. Oʻziga xos imoratlar yarimi yer tagiga kirib ketib, fevorlari va tomda issiqlikni saqlab qolish uchun chimning qalin qavati bilan qoplangan. Ammo lekin oʻz hayoti uchun sovuq va qashshoqlik bilan kurashish uzoq oʻtmishda kerak boʻlgan, XXI asrda qanday yertoʻlalar haqida gap borishi mumkin deb soʻrashingiz mumkin. Islandiyaliklar ajib bir xalq: ularning koʻpchiligi xozirda anʼanaviy uychalarni ichidan apgreyd qilib, torfli qoplamalarni saqlab qolmoqdalar. Tomlarini esa, gazon bilan qoplashni hush koʻradilar. Tabiiy xom ashyodan qurilgan ekologik turar joylar tanlovi nafaqat oqil balki ertaklardagidek goʻzal ham boʻlib chiqdi.
Ular teatrga toʻgʻri tomorqadan chiqib borishlari mumkin

Agarda bizning mahalliy teatralimiz Islandiyada dramatik postanovkaga tashrif etishga ahd qilsa, u oʻzining oqshom liboslarida u yerda tentaklardek koʻrinishi mumkin. Islandiyaliklar pyesani shundoqina ustki kiyimlarida korishlari mumkin: kurtka, palto va hattoki bosh kiyimlarda. Antrakt vaqtida kichkina bolali tomoshabinlar sahnaga chiqib u yerdagi dekorasiyalar orasida aylanib yurishlari mumkin. Teatr sahnaoldilarida esa koʻp marotaba tabiat bilan radikal eksperimentlarni koʻrish mumkin boʻlgan. Islandiyada soddaroq boʻlish kerak janoblar, soddaroq.
Ularda ruhoniylar - ayollar, cherkovlar esa art - obʼektlar

Islandiyada kundalik hayotning anʼanaviy tarziga qaramay, mahalliy diniy institut juda ham original tarzda ishlaydi. Oroldagi rasmiy davlar dini lyuteranlik, u ayollarga erkaklar bilan bir qatorda ruhoniy boʻlishga imkoniyat beradi. Pravoslav xristianlari uchun bu aql bovar qilmasdir. Lyuteran cherkovlari butun Islandiya boʻylab yoyilib ketgan boʻlib, ularning tashqi koʻrinishi esa, undan ham koʻproq xayratga soladi. Ular Xudo bilan uchrashish joyidan koʻra koʻproq futuristik art obʼektlarga oʻxshaydi. Inshoat zamonaviy sanʼat muzeyi emas, balki, cherkov ekanligini faqat xoch borligidan anglash mumkin. Lekin baʼzan xoch ham boʻlmaydi.
Ularda bolalar mehribonlik uylari yoʻq
Qoʻrqmasdan aytishimiz mumkin-ki, har bir islandiyalik uchun oila bu - hayotdagi asosiy boylikdir. Mamlakatda baxtli va havfsiz bolalik uchun hamma sharoitlar yaratilgan: turli xil oʻquv dasturlariga boy shinam maktablar, davlat posobiyalari (nafaqalar). Lekin, hammasidan ham koʻproq ilhomlantiradigani bu bolalar mehribonlik uylarining yoʻqligidir. Islandiyada faqatgina vaqtinchalik qarab turadigan priyut (boshpana) mavjud boʻlib, u yerda yetim yoki vos kechilgan bolaga qisqa muddatlarda, unu oʻz qaramogʻiga olishga tayyor boʻlgan, samimiy oilalardan tashkil topgan butun bir navbatdan ota-onalarni tanlashadi. Birinchi qariyalar uylari ham yaqin vaqtdagina ochildi. Chunki, anʼanaga muvofiq, kenja farzandlar, munosib qarilikni taʼminlab berish uchun, qarib qolgan ota-onalari bilan birga yashashni oʻz burchlari deb bilishadi.
Ular "jinoyatchilik" soʻzini bilmaydilar

Siz hoy na hoy Islandiyada dunyodagi jinoyat darajasi eng past mamlakatlardan biri deb eshtgan boʻlsangiz kerak. Mahalliy aholi qoʻshnilari va notanishlardan qoʻrqmaydi: siz baland devorlar, temir eshiklar va oynalarda panjaralar koʻrmaysiz. Islandiyaliklar koʻpincha oʻz uylari va avtomobillari eshiklarini umuman qulflamaydilar. Qotillik va boshqa zoʻravonlikli jinoyatlar yiliga bir-ikki marotaba yuz beradi va ular ham affekt holatida boʻlgan boʻladi. Xech qanday oldindan tayyorlangan zoʻravonlik rejalari yoʻq.
Sviter ularning ikkinchi terisi

"Koʻylakda tugʻilgan" degan ibora Islandiyada aniq bir muncha boshqacharoq ishlatiladi: "Muncha omadi kelsa, u aniq sviterda tugʻilgan!". Turli ranglarda, naqshinkor, mahalliy nom " lopapey"li sviterlarda islandiyalik sokin, chuqur tonning fonidagi bir guruh odamlar - odatiy va fayzli surʼat. Islandiya qoʻylarining juni har qanday parli buyumdan koʻra yaxshiroq isitadi, lekin, toʻgʻrisini aytganda, undan qilingan buyumlar tikandek sanchiladigan boʻlib chiqadi. Bu xom ashyo dagʻal boʻlsada, lekin, teshib oʻtib ketadigan yelvirga qarshi tura oladi va oʻzidan suvni itarish hususiyatiga ega. Ajabtovur oʻzaro yordam: fermer oʻz xayvonlari haqida qaygʻuradi va teskarisi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



