Husnbuzar husningizni buzmasin!

Osh sodasini suv bilan aralashtirib, quyuq smetana koʻrinishiga keltirib oling. Soʻng yuz sohasiga surtib, 15 daqiqadan keyin 1:8 nisbatda tayyorlangan olma sirkasi hamda suv aralashmasi bilan yuvib tashlaysiz.

2 oshqoshiq sut, 4 dona bodom, 1oshqoshiq apelsin sharbati va A vitamini kapsulasini olib, barchasini blenderda aralashtiring. Niqobni yuzga surib, 15 daqiqadan soʻng suv bilan yuvib tashlaysiz.

Suli yormasini maydalab olasiz-da, iliq suv bilan birga aralashtirasiz. Ular tahminan 15 daqiqa tinib turishi kerak. Shunday keyin boʻtqani yuzingizga surtasiz.

Kartoshkani tozalab, qirgʻichdan oʻtkazib olgach, hosil boʻlgan boʻtqani yuz sohasiga surting. Oradan 20 daqiqa oʻtib esa iliq suv bilan yuvish mumkin boʻladi. Ushbu niqob yuzni husnbuzarlardan halos qilibgina qolmay, terini oqartiradi va ajinlarga qarshi kurashadi.

Terini muntazam ravishda tozalab turish uchun sizga skrab va losyonlar kerak boʻladi. Skrablarni ham uy sharoitida tayyorlash mumkin, ular sotuvdagi maxsus vositalarni ham ortda qoldirib ketadi.
2 choyqoshiq quruq sut, 100 gr ezilgan qulupay va 1 choyqoshiq limon sharbatini yaxshilab aralashtirgancha, vositani teriga surtib,uni tozalab olasiz.

1 choyqoshiq quruq xamirturushni aynan shunday miqdordagi kungaboqar yogʻi va tuxum sarigʻi bilan aralashtiring. Ushbu vosita ham terini aʼlo darajada tozalay oladi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



