Ideal qahva tayyorlaymiz: 10 ta qimmatbaho maslahatlar

Qaxva tayyorlash uchun qaynatilgan yoki krandagi suv toʻgʻri kelmaydi. Filtrlangan suvni yoki butillashtirilgan suvni olish mumkin. Avval uni sovuting. Shunda u sekin asta isib, oʻziga qaxva donlarining taʼmini koʻproq singdirib oladi.
Qaxvaning damlanishidan bir oz avval maydalangan donlari bu ichimlikning muattar isi va taʼmini ochib beradi. Maudalangan qaxvaning ochiq qolgan bogʻlami bir hafta ichida oʻz isini yoʻqotadi. Ishlab chiqaruvchi mamlakatga bogʻliq holda qaxva turli xil is va taʼm alomatlariga ega boʻladi. Qaxva donlari qanchalar koʻproq qovurilgan boʻlsa, undan tayyorlangan ichimlik shunchalik achchiq va oʻtkir boʻladi. Bir nechta nav va qovurilish variantlarini tanlab olish va oʻz aralashmangizni tayyorlab olishingiz mumkin. Asosiysi siz tanlagan qaxva sifatli boʻlishiga eʼtibor bering.
Agar siz bir vaqtning oʻzida juda ham koʻp qaxva donlari xarid qilib olgan boʻlsangiz, ularni qismlarga ajrating. Har bir qismda siz bir hafta ichida ichadigan qaxva miqdori boʻlishi kerak. Bir qismini oshxonada keramik yoki shaffof boʻlmagan shisha bankada qopqogʻini zich qilib yopgan holda saqlang. Qolgan qismlarni shaffof boʻlmagan paketlarga solib, ogʻzini zich qilib yopib, muzlatkichning muzxonasida saqlang.
Muzxonadagi qaxvaning qismini ishlatishdan avval olib qoʻying. U xona haroratigacha ilishi kerak. Donlarni muzlatish ikki oy davomida ularning muattar isi va taʼmini saqlab qolish imkonini beradi. Lekin muzlatkichda qaxva donlari saqlanmagani maʼqul. Ular nam tortib qolish va boshqa begona hidlarni oʻziga singdirib olishi mumkin.

Agar siz qaxvani turkada tayyorlasangiz, u holda sizga juda ham mayda yanchilgan (deyarli un kabi) qaxva toʻgʻri keladi. Bir oz yirikrogʻini espressoni kofemashinada tayyorlash uchun foydalanish mumkin. Oʻrta holda yanchilgan qaxvani geyzerli kofemashinada qoʻllarida uchun yaxshi toʻgʻri keladi. Yirik holda yanchilgan qaxvani french-presslarda qoʻllash uchun tayyorlashadi.

Agarda bir turdagi tayyorlash usuli uchun turli xil yanchilgan qaxvani ishlatsa, ichimlikning taʼmi va muattar isi bir biridan farqli boʻladi. Eksperiment qilib koʻring va sizga eng koʻp toʻgʻri keladigan usulni tanlab oling. Ehtimol, bu bir necha variantlat boʻlishi mumkin - kayfiyatga mos.
Turka - bu qaxva pishirish uchun ideal idish. Mis, poʻlat, keramik turkalar mavjud. Ular hajmi boʻyicha bitta yoki bir necha finfon uchun moʻljallangan, bitta yoki ikkita burunchali boʻladilar.
Silindrik, devorlari tekkis turkalar mavjud. Hamda konussimonlari bor. Konussimonlarni ishlatish qulayroq. Keng boʻlgan pastki qismi ichimlikka tezroq isish imkonini beradi, tor tepa qismi esa, qaxva isini saqlab qolishga yordam beradi. Turkani tanlayotgan vaqtingizda, sizga kerakli boʻlgan hajmli turkadan koʻra sal kattarogʻini tanlang. Shunda qaxva koʻpigi gaz plitangizga oqib tushib ketmaydi va uni kir qilmaydi.

Tuz ichimligingizga ochilishida yordam beradi, uning taʼmini va isini kuchaytiradi. Turkaga atigi bir nechta juda yirik tuz kristallari kerak boʻladi.
Qaxvaga maydalangan zanjabil juda yaxshi toʻgʻri keladi. Uni yangi yanchilgan donlarga, turkaga suv quyishdan avval qoʻshish kerak boʻladi.

Zanjabildan tashqari qaxva pishirayotganda unga dolchin, anis, qalampir, kardamonlarni qoʻshish mumkin. Ichimlikka limon boʻlagi yoki apelsin sedrasi juda qiziq taʼm beradi. Barcha ziravorlarni idishga pishirishdan avval va suv solishdan oldin qoʻshiladi. Limon yoki sedrani finjonning oʻziga, qaxva tayyorlab boʻlgandan keyin qoʻshiladi.

Shakar qaxvaning oʻtkirligini bir oz kamaytiradi. Shakarni pishirish jarayonida qoʻshish lozim. Eng yaxshisi bu tozalanmaga qamish shakari boʻlsa aʼlo natija beradi. Miqdorini oʻzingiz tabingizga mos ravishda aniqlab soling.

100 ml suvga taxminan 8 gr qaxva kerak boʻladi.
Qaxva donlarini maydalang. Kukunni turkaga soling. Agarda tuz, ziravorlar qoʻshmoqchi boʻlsangiz, buni xozir qiling. Turkaning torayish joyigacha toza sovuq suvni quying. Past olovga qoʻying. Shoshilmang. Qaynatish jarayoni qanchalar sekin va sokinlikda oʻtsa, ichimlik ham shu boʻyicha toʻyingan boʻlib chiqadi.
Qaxva koʻtariladigan onlarni kuting va turkani olovdan oling. Uni taxminan 30 soniyaga olib qoʻying, soʻng olovga qaytadan qoʻying. Suyuqlik uch marotaba koʻtarilishi kerak. Diqqat berib turing, qaxva qaynab ketmasin. Turkani koʻpik koʻtarilayotgan onda olovdan olish juda muhim. Agar u toshib ketib, yoʻq boʻlib qolsa, muattar isining koʻp qismi ham yoʻqoladi. Shuning uchun oshxonadan xech qayerga ketmang, hamda xech nimaga chalgʻmang.

Qaxvani olovdan uchinchi marotaba olgandan soʻng, uni bir daqiqa davomida dam olishiga qoldiring. Agar ichimlikni, quyuqa pastga choʻkishini va finjondagi suyuqlik tiniqroq boʻlishi uchun, aralashtirib olmoqchi boʻlsangiz, buni xozir qiling.
Yangi tayyorlangan qaxvaga natijadan bahramand boʻlish va bir oz orom olish uchun ideal ravishda 10 daqiqa boʻsh vaqt toʻgʻri keladi.

Agar sizda ideal qaxva tayyorlash sirlari bor boʻlsa, ular bilan kommentlarda oʻrtoqlashing.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



