Indra Nuyining muvaffaqiyat sirlari haqida

Indira Nuyi koʻp yillardan beri kompaniyaning prezidenti va iqtisodiy direktori lavozimida faoliyat yuritadi. Bilasizki, Amerika jamiyatida ayol kishining biznesda muvafaqqiyatlarga erishishi kamyob holat. Ammo patriarxal hind oilasida tugʻilgan va shunday katta omadni qoʻlga kiritgan Indira Nuyi qismati ushbu fikrni rad etadi.

Indra Nuyi oʻz familiyasini turmushga chiqqanidan soʻng qoʻlga kiritgan. 1955 yilda tugʻilgan qizaloqning asl ismi esa Indira Krishnamurti edi. U Hindistonning Chennay hududida olam yuzini koʻrdi. Qizaloqning otasi sudya, onasi esa oddiy uy bekasi boʻlgan. Ular qizlari va oʻgʻillarining tarbiyasiga maʼsuliyat bilan yondashdilar. Indira opasi Chandrika bilan onasiga hoʻjalik ishlarida yordam berishar, onasi esa ularga turli mantiqiy savollar berib charchamas edi. Bu yillar davomida qizaloqlarda bilim va sanʼatga nisbatan mehr paydo boʻladi. Bugungi kunda mashhur tadbirkorga aylangan Indira Nuyi oʻzining bolalik yillarida maktab rok guruhida ishtirok etgani haqida aslo unutmydi. U hozir ham ana shu davrlarni eslab, rok uslubida kuylab turadi va raqsga ham tushadi. Aytishlaricha, u bir safar kompaniya uchun bir necha elekrto gitara sotib olib hamkasblari bilan konsert ham uyushtirgan ekan.

Qiz maktabni tamomlab, hindiston Kalkutta institutining menejment yoʻnalishida tahsil oldi. Oʻqishdan soʻng esa uning ish faoliyati boshlandi, rasmiy ravishda ishga joylashishidan avval reklama maydonlarida talabalar gazetasini sotib yurdi. Keyin esa Metter Beardsell tekstil kompaniyasida menedjer sifatida ishga qabul qilindi. Uning eng katta ish tajribasi esa Johnson&Johnson kompaniyasidagi faoliyati orqali keldi. Bir kuni qiz AQShdagi Yels menedjment maktabi haqidagi reklamani koʻrib qoldi va AQSh standartlari boʻyicha taxsil olish uning navbatdagi orzusiga aylandi. Indra kirish imtihonlaridan oʻtdi, uning oilasi esa qizlarining qarorlarini qoʻllab-quvvatlash bilan birga ketishi uchun pul ham jamlab berishdi. Hind urf-odatlariga koʻra bundan keyin qizning qachon turmushga chiqishi nomaʼlum edi. Ammo oradan koʻp oʻtmay u Indra bilan birga hayot qurish uchun Hewlett-Packard kompaniyasidagi ishidan voz kechgan Radju Nuyiga turmushga chiqdi.

AQShga kelgach, qiz haddan ortiq tejamkor ekanini namoyish qildi. U oʻqish bilan birga kechki smenada administrator sifatida ham faoliyat olib borar, bu uning suhbatlarga tuzukroq kiyim kiyib borishi uchun kerak edi. Puli 50 dollar boʻlgach, Indra libos tanlashga bordi, ammo Yevropa liboslari qizga juda noodatiy tuyuldi. Sababi, qiz bu borada hech narsani tushunmasdi. Shu bois u ilk suhbatga mutlaqo nomutanosib kiyim va sariq rangli etikda kirib keldi. Oʻz tashqi koʻrinishidan uyalgan qiz savollarga hamalmoyi-jalmoyi qilib javob berdi va suhbatdan oʻtolmadi. Oʻz hikoyasini universitetdagi oʻqituvchilarning biriga hikoya qilib berarkan, ayol unga yevropaliklarga oʻxshash uchun emas, oʻzligicha qolish uchun harakat qilishi kerakligini aytdi. Shu sababli ikkinchi suhbatga u hind sarisida bordi va ushbu sinovdan muvaffaqiyatli oʻtdi.

Indira ishlash davomida juda koʻp joylarda tajriba orttirdi va bir vaqtning oʻzida General Elektric hamda PepsiCo kompaniyalaridan taklif oldi. Qiz ikkinchi variantda toʻxtadi va uning strategik rivojlanishi bilan shugʻullana ketdi.
Kompaniyadagi ish davomida Indra koʻplab qiyinchiliklarga ham duch keldi. Aynan u kompaniyasini salomatlik uchun uchun zarar boʻlgan pepsi kola va chipslar hisobiga ushlab turishi mumkin emasligini ayta oldi. Uning haqqoniy fikrini tan olishdi, ammo 2008 yilda AQSh boʻylab yarim asr davomida ilk bor ichimliklar sotuvi koʻrsatkichlari tushib ketdi. Keyinchalik kompaniya Nuyining soʻzini inobatga olib, Tropicana ichimliklarini ishlab chiqarish jarayonini ham sotib oldi. Indra bu borada insonlar Pepsini soat 10:00 dan keyin ichishlari, ungacha esa ular sharbatlar bilan tetiklashib olishlari kerakligini aytgan edi.

Indra Nuyining aytishicha, uning muvaffaqiyat siri oʻz ishiga boʻlgan muhabbatida. Bu unga tinchlantiruvchi rohat baxsh etadi, indra Nuyi sayyoramizning eng obroʻli tadbirkor ayollaridan sanaladi. U shaxsiy biznes bilan oilaviy baxtni bir nuqtada birlashtira olgan insondir. Aytishlaricha, u haddan tashqari romantik shaxs, u bilan suhbatlasha turib, turli romantik va kutilmagan voqealarni tinglashga tayyor turish lozim.
Bundan tashqari, Nuyi xonim uchun yulduzlik kasali mutlaqo begona. Suhbatlarning birida u gazli ichimlikni divan ustiga toʻkib yuboradi va uni artish uchun salfetkani shaxsan oʻzi turib olib keladi.

Indra Nuyining sport bilan muntazam ravishda shugʻullanib kelishi ham rost. Uni Nyu yorkdagi hayriya marafonlaridan birida ishtirok etishga ham taklif qilganlar. U beysbol komandalari oʻyinlarini muntazam ravishda kuzatib keladi va sportga boʻlgan qiziqishini hech kimdan yashirmaydi.
Indra honimning siyosatga boʻlgan qiziqishi haqida ham turli gap-soʻzlar mavjud. Kunlarning birida u Jon Kerrining fondi tomonidan qoʻllab-quvvatlangan va 27 ming dollar pul tikilgan kichik saylovda ham qatnashgan.

Kerri saylovlarda gʻolib chiqa olmagan boʻlsa-da, ekspertlar Indra honimdan ajoyib siyosatchi chiqishi mumkinligini taʼkidlaganlar. Koʻpchilik esa ayolning davlat amaldori lavozimidan ish boshlashini taxmin qiladi. Ushbu mish-mishlarni Nuyining oʻzi ham tasdiqlagan holda Vashingtonda 4-5 soat bepul ishlash niyati borligi haqida aytib oʻtgan.
Buyuklar buyuk boʻlib tugʻilmaydilar. Kuchli matonat, sabr-bardosh tushunchalari ularni asta sekin buyuklik tomon yetaklab boradi. Yuqorida keltirganlarimiz ham aynan shunday hodisalarning biri edi. Agar har bir insonning qoʻlidan buyuk boʻlish kelmaganida oddiygina hind oilasida tugʻilgan qizaloq kun kelib dunyo tan olgan kompaniyaning birida rahbarlik kursisiga oʻtirmagan boʻlardi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



