Foydali

Inson tanasi haqida qiziqarli 10 fakt

Inson tanasi haqida qiziqarli 10 fakt

1.           Inson tanasi har-xil kimyoviy unsurlardan tashkil topgan. Bir umr davomida tanamizdan ajralib chiqqan xlor moddasi katta-katta oltita suv havzasi (basseyn)ni zararsizlantirish (dezinfektsiya)ga yetar ekan! Tanamizdan ajralib chiqqan fosfor esa, 200 quti gugurt tayyorlashga yetar ekan.

Inson tanasi haqida qiziqarli 10 fakt

2.           Oltmish yil yashagan odam, shundan 20yilini uyquda oʻtkazar ekan, uyqu oʻlimning ukasi, — degan gaplarni bekorga gapirishmasligiga amin boʻlgan boʻlsangiz kerak.

Inson tanasi haqida qiziqarli 10 fakt

3.           Chaqaloq tugʻilgan paytda tizza qopqogʻiga ega boʻlmaydi, bu narsa 2 — 5 yoshlar oraligʻida shakllanadi.

Inson tanasi haqida qiziqarli 10 fakt

4.           Inson tanasidagi eng mustahkam qismi bu — tuklar boʻlib, ular eng oxirida chirishni boshlaydi. Arxeologlar tomonidan topilgan, eramizdan avvalgi ming yillar oldin mumiyolangan jasadlar ichida, skletdan tashqari «yashab» qolgan qismi bu — tuklar edi.

Inson tanasi haqida qiziqarli 10 fakt

5.           Inson uyqudagi holatida boʻyi uzunroq boʻlishiga nima deysiz? Chunki, yotgan holda odam tanasi boʻsh va erkin holatda boʻlib, buning natijasi oʻlaroq u taxminan 0.8 sm ga uzayadi.

Inson tanasi haqida qiziqarli 10 fakt

6.           Inson organizmi judayam koʻp issiqlik ajratib chiqaradi, bir kunda ajralib chiqqan issiqlik energiyasi 30 litr suvni qaynatishga yetarkan!

Inson tanasi haqida qiziqarli 10 fakt

7.           Qon tarkibi esa, insoniyat tarixidan oldingi davrdagi dengizlar tarkibi bilan bir xil.

Inson tanasi haqida qiziqarli 10 fakt

8.           Inson yuragi oʻlchami jihatdan mushtdekkina keladi, katta odamlarda ogʻirligi 220−265 gramni tashkil qiladi. Ubir qisqarishda bitta stakan (200 ml) qonni haydashga quvvati yetadi.

Inson tanasi haqida qiziqarli 10 fakt

9.           Oshqozon ham judayam «aqlli» boʻlib,miya va uning tahlilisiz oʻz ishini bajaraveradi. Biz tomonidan hech qanday taʼsirlarsiz ozuqa hazm qilish jarayonini olib boraveradi. Undan ajralib chiqadigan kislotalar esa, hatto rux moddasini ham hazm qilib — eritib yuboradi. Ammo shunisi yaxshiki, oshqozon hujayralari kislota taʼsiridan  koʻra tezroq harakat qiladi!

Inson tanasi haqida qiziqarli 10 fakt

10.         Inson terisi katta odamlarda, taxmin aniqki kvadrat metrni tashkil qiladi. U hayot davomida, yangilanish natijasida 18 kg terini ajratib tashlaydi. Bu hodisa, inson terisining eski hujayralari oʻrniga yangi hujayralar bilan almashinuvi natijasida sodir boʻladi.

Inson tanasi haqida qiziqarli 10 fakt
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar