Qiziqarli

Oshxonadagi ortiqcha narasalarni koʻzdan nari qiluvchi 14 gʻoya

Oshxonadagi ortiqcha narasalarni koʻzdan nari qiluvchi 14 gʻoya

Quyida aynan shu toʻgʻrisida siz uchun kerakli va qiziqarli boʻlgan maʼlumotlarni jamlashga harakat qildik.

Oshxonadagi ortiqcha narasalarni koʻzdan nari qiluvchi 14 gʻoya

Plitaning oldida, ishchi hududda, osma shkaflarning ostiga bir necha koʻrkam yogʻoch dastaklarni oʻrnating. Bu yerda kichkina ziravorli idishlarni, yormalar, soda, shakar yoki tuz uchun shisha yoki plastik idishlarni saqlash juda ham qulay. Umuman aytganda, bu yerda doimo qoʻl ostida turishi lozim boʻlgan narsalar saqlanadi.

Oshxonadagi ortiqcha narasalarni koʻzdan nari qiluvchi 14 gʻoya

Shkaflar orasidagi boʻsh joylardan oʻz manfaatingiz uchun foydalanib, hatto befoyda boʻshlikdan ham foydali turar joy yaratishingiz mumkin. Bu yerga turli mayda-chuyda buyumlar uchun qulay surilma panel yoki bir necha uyacha oʻrnating. Panel juda qulay boʻlib chiqadi va interyer ham saranjom-sarishta boʻlib qoladi.

Oshxonadagi ortiqcha narasalarni koʻzdan nari qiluvchi 14 gʻoya

Qoshiqlar, sanchqilar, pichoqlar va boshqa stol anjomlari turli boʻlmalarga ajratilgan boʻlsa, ularni topish uchun koʻp vaqt sarflab yurmaysiz. Turli kattaliklardagi boʻlimlarga ega plastik shaklni harid qiling va har safar qoshiq, sanchqi yoki pichoq kerak boʻlganida buning naqadar foydali buyum ekanligiga oʻzingiz ham guvoh boʻling.

Oshxonadagi ortiqcha narasalarni koʻzdan nari qiluvchi 14 gʻoya

Oshxonada likoplar koʻp boʻlmaydi, ammo ularning hammasidan ham kundalik sharoitda foydalanavermaymiz. Oilaning har bir aʼzosi uchun bir-ikki likop tanlab oling-u, qolganlarini shkafga olib qoʻying, unda ham yaxshisi, likoplar uchun organayzerga maxsus joylashtirib chiqing. Uni tayyor xolatda harid qilish yoki oʻz qoʻllaringiz bilan tayyorlashingiz mumkin.

Oshxonadagi ortiqcha narasalarni koʻzdan nari qiluvchi 14 gʻoya
Oshxonadagi ortiqcha narasalarni koʻzdan nari qiluvchi 14 gʻoya

Oshxona kichkina boʻlganida, ortiqcha narsalarni sizga xalaqit bermasligi va interyerni buzib koʻrsatmasligi uchun ularni koʻzdan nariroqqa olib qoʻygingiz keladi. Bunday paytlarda shkaflarning ichki taraflarini ishga solish kerak. Bu gʻoya ziravorli idishlarni saqlash juda mos keladi.

Oshxonadagi ortiqcha narasalarni koʻzdan nari qiluvchi 14 gʻoya

Muzaltgichdan biror narsa topishni istasangiz tarbibsizlik tufayli kerakli mahsulotni topa olmay xunob boʻlasiz. Bu erda yoʻq narsaning oʻzi yoʻq, eng dahshatlisi ularning barchasi tartibsiz holatda. Biror narsani sovutgichdan ikmon qadar tezroq topib olish uchun ularni shaffof konteynerlarda saqlashni oʻzingizga odat qilib oling. Shunda taom ham oʻzining xushboʻy hidini, yangiligini, xususiyatlarini yoʻqotmaydi, oʻzingiz esa kerakli narsani tezda topib olasiz.

Oshxonadagi ortiqcha narasalarni koʻzdan nari qiluvchi 14 gʻoya

Odatda oshxonada faqat krupali idishlar, likoplar, ziravorlar va stol anjomlarini emas, balki yassi idishlarni saqlash uchun ham alohida joy kerak boʻladi. Ular uchun pastki surilma qutini ajrating. Yassi idishlar konteynerlar bilan aralashib ketmasligi uchun esa ularga qulay ajratgichlar ham yasab qoʻying.

Oshxonadagi ortiqcha narasalarni koʻzdan nari qiluvchi 14 gʻoya
Oshxonadagi ortiqcha narasalarni koʻzdan nari qiluvchi 14 gʻoya

Har bir bekaning oshxonasida pishiriq uchun kamida oʻnta qolip boʻlishi tabiiy. Ular qatoriga tunuka tovalarni ham kiritish mumkin. Ushbu buyumlarni saqlash gohida ortiqcha bosh ogʻrigʻining oʻzginasi boʻladi, ayniqsa, oilada mazali pirog, tort va pirojniylar sevgan insonlar boʻlsa. Bunday kulinar anjomlar uchun vertikal holatda saqlashni odat qilib oling. Buning uchun shkaflar orasidagi boʻshliqdan foydalaning yoki pastki surilma qutiga ajratgichlar oʻrnating.

Oshxonadagi ortiqcha narasalarni koʻzdan nari qiluvchi 14 gʻoya

Oʻz hayotingizni imkon qadar qulaylashtirishga intiling. Kichkina oshxonada shkafchalarning dastaklaridan sochiqlarni quritish maqsadida foydalaning. Faqatgina sochiqlar iloji boricha ixcham boʻlib koʻrinishi kerak.

Oshxonadagi ortiqcha narasalarni koʻzdan nari qiluvchi 14 gʻoya

Pishiriqlar toʻgʻrisida gap borayotganida oʻqlovdan foydalanmaslikning hech iloji yoʻq. Ammo kichikina bir oshxonada, shkaflar shunday ham toʻlib yotgan bir paytda unga qaydan joy topish mumkin? Buning uchun oshxona garniturining oʻziga dastak oʻrantishga harakat qiling. Bu juda oʻziga xos va ajoyib koʻrinadi.

Oshxonadagi ortiqcha narasalarni koʻzdan nari qiluvchi 14 gʻoya

Oshxonadagi magnitlar – uy bekalari uchun ajoyib topilmaning oʻzginasi! Ular koʻp hollarda sizga qulaylik tugʻdiradi. Masalan, tokchalarda va shkaflarda joy egallamasligi uchun qoshiqlarni saranjomlik bilan saqlashga, qoʻl ostida ziravorlarni shay boʻlib turishiga, hattoki, bankalardagi krupalarni ham saqlash uchun katta yordam beradi.

Oshxonadagi ortiqcha narasalarni koʻzdan nari qiluvchi 14 gʻoya

Oshxonadagi har bir boʻshliqdan, hatto shift va osma shkaflar oʻrtasidagi boʻsh joydan ham juda oʻrinli foydalansa boʻladi. Shunday qilingki, undan foydalanish juda mos koʻrinishda boʻlsin. Masalan, u yerga qutilar yoki savatlarni joylashtirib, ularning ichiga kam foydalaniladigan, ammo sezilarli joy egallaydigan narsalaringizni solib qoʻying.

Oshxonadagi ortiqcha narasalarni koʻzdan nari qiluvchi 14 gʻoya

Saranjomlikni sevuvchi bekalar uchun yana bir gʻoya. Boʻtqa, un va boshqa sochiluvchan mahsulotlarni saqlash uchun qutilar va paketlarni tashlab yuboring. Ularni saqlash uchun eng yaxshisi plastik konteynerlar va bankalarga joylashtirishdir. Bu juda qulay va koʻrkam boʻlibgina qolmay, oshxonangizdagi joyni tejab qolish imkonini yaratib beradi.

Oshxonadagi ortiqcha narasalarni koʻzdan nari qiluvchi 14 gʻoya
Oshxonadagi ortiqcha narasalarni koʻzdan nari qiluvchi 14 gʻoya
Oshxonadagi ortiqcha narasalarni koʻzdan nari qiluvchi 14 gʻoya

Idish yuvish gubkalari, lattalar va boshqa vositalar interyerni buzib koʻrsatishi mumkin. Ular uchun yashirin saqlash tizimini topishga xarakat qiling. Masalan, rakovina, yaʼni yuvish shkafining ostidan. Agar bu ham sizga qulay boʻlmasa, unda oshxona uchun gubka va boshqa tozalik vositalarini saqlash moslamasini sotib oling hamda barcha vositalarni uning ichiga solib qoʻying.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar