Insonlarning sodiq doʻsti boʻlmish kuchuklar haqida 24 fakt

Ular nisbatan aqlli, tez oʻrganuvchan, buyruqlarimizni bajarishga qodir va inson xayotining barcha jabhalarida juda foydali sheriklar boʻlib qoldilar. Tez orada itlar yana qaysi sifatlarga ega ekanligini bilib olasiz. Oldingizda odamning eng sodiq doʻstlari toʻgʻrisidagi 24 nafar eng qiziq maʼlumotlar!

Kuchukchalarning 28 ta, katta itlarning esa 42 ta tishi boʻladi

Ayrim harbiy harakatlarda “Dengiz mushuklari” desantchilari Belgiya ovcharkalarining xizmatlaridan foydalanadilar. Bu itlarning mashq qilish jarayonlari insonlar jumlasidan boʻlgan kursantlar oʻtadigan sinovlardan zarracha kamroq boʻlmagan holda oʻta jiddiy va murakkabdir. Bu sara qoʻshinlarning qattiq tanlovidan faqatgina 1% itlar oʻta oladi.
Hayvon oʻz oʻrgatuvchisi bilan haftasiga 15 soatdan kam boʻlmagan vaqt davomida birga boʻladi va oʻquv mashgʻulotlari paytida boshqa barcha kursantlar kabi parashyut bilan ham sakraydi.

Til koʻnikmalarini rivojlantirish darajasida boʻlgan testga binoan, itlarning koʻpchiligi ikki yashar bolakayning aqliy xususiyatlari bilan taqqoslana oladigan aql-idrokka ega. Oʻrta toifadagi it 165 tagacha, eng aqlli turlarning vakillari esa 25 tagacha soʻzlarni yodlab qolishi mumkin ekan.
Itlarning oʻtkir hid bilish qobiliyati xatto saraton yoki diabet kasalining alomatlarini ham aniqlash xususiyatiga ega. Bir barobarida bir necha tadqiqotlarda tajriba qilinayotgan itlar kasallikni bemorning nafas olish va peshob namunalari boʻyicha xatosiz aniqlar ekanlar. Bugungi kunda xatto egasiga uning qonidagi qand miqdori xayot uchun xavfli meʼyorga yaqinlashayotganini ogohlantira oladigan xizmat itlari ham paydo boʻlgan. Va buning xammasi hidga qarab!


Barcha yetaklovchi itlar egalariga topshirilishidan avval puxta oʻrgatishdan oʻtadilar. Hayvonni oʻrgatish dasturiga har bir ish uchun ruhsat beradigan maxsus soʻzlar va soʻz iboralarini oʻz ichiga oladigan turli buyruqlar kiradi. Yetaklab yuruvchi itlar aynan koʻrish qobiliyati past insonlar yoki koʻrlar uchun xizmat qilgani tufayli oʻz egasiga yetakchilik vazifasini oʻtaydi.

Kuchukchalar endigina tugʻilgan paytida, ularning koʻzchalari va quloq kanallari mahkam yoqiq holda boʻladi. Ular tamomila shakllangandan soʻnggina ochiladi. Bu paytgacha esa bu aʼzolar moʻrt va nimjon, shuning uchun ham alohida himoyaga muhtoj.

Maʼlum boʻlishicha, itlarning moʻylovlari ham juda muhim va foydali aʼzo ekan. Ular havo oqimlaridagi oʻzgarishlarni seza oladi va yaqinlashayotgan obyektning balandligi, shakli va tezligi toʻgʻrisida qoʻshimcha zarur maʼlumot kerak boʻlganida retseptor sifatida faoliyat koʻrsatadi. Bunaqa ajoyib xususiyat itlarga qorongʻilikda “koʻrish” imkoniyatini ham beradi.

1860-yillarda San-Fpansisko hukumati koʻchalarda gʻij-gʻij boʻlib ketgan daydi itlar bilan kurashish boʻyicha qonun ishlab chiqardi. Lekin bu qonun Bamer va Lazaрus laqabli ikki itga taaluqli emas edi – ular istagan joylarida bemalol yurishlari va maxsus xizmatlardan qoʻrqmasligi mumkin edi. Bu jonivorlarni oddiygina bir sabab tufayli avf etishgan.
Gap shundaki, bu ikki it ajoyib kalamush qiruvchisi edi. 19 asrning oʻrtalarida kichik kemiruvchilar San-Fransisko aholisini haddan ortiq ziyod bezovta qilardi, mutaxassilarning taxminiy xisob-kitobi boʻyicha esa Bammer va Lazarus ikkalasi qishning atigi bir oyi ichida 400 gacha kalamushni oʻldirar edilar. Mashxur koʻppaklar shaxarning haqiqiy qahramonlari edi va xatto xotira taxtasiga ham muhrlangandi.

Rossiya poytaxtida 35 mingdan ziyod xonaki itlar mavjud va bu daydi hayvonlarning koʻpchiligi yer osti bogʻlanishning xatto odamlar ham adashib qolishi mumkin boʻlgan ancha murakkab tizimida bemalol adashmay xarakatlanadi. Eng aqlli itlar metroga tushib, ularga tanish odamlar ketidan yurib A manzilidan B manziliga sayohat qiladilar.
Bundan tashqari, bu aqlli jonivorlar svetoforlar qanday va nima maqsadda ishlashini bilib olganlar, ayrim oddiy shaharliklardan farqli oʻlaroq, yoʻlni faqat zangori rangli chiroq yonganida kesib oʻtadilar. Itlarning yana bir hiylasi – Moskvadagi koʻppaklarning ayrim toʻdalari odamlar koʻproq kichkina itlarni bajonidil oziqlantirishlarini sezib qolib, razvedkaga va oʻlja uchun oʻz galasidagi eng kichik vakillarini joʻnatadilar.

Itlar odatda, aynan ob-havo buzilishi bilan bogʻliq boʻlgan atmosfera bosimining farqini va elektrostatik maydondagi oʻzgarishlarni seza oladi. Buning ustiga, itlar momaqaldiroq guldurashini biz eshitishimizdan oldinroq eshita oladilar.

Sixdastakni buraydigan, oshxona yaʼni oshpazlarning iti qachonlardir Buyuk Britaniyadagi yirik qaрoрgohlar, badavlat odamlarning uylari, qasrlar va xatto traktorlardagi barcha oshxonalarning ajralmas qismi boʻlgan. Bu hayvonlardan 16 asrda yordamchi sifatida foydalanishgan. Ular bahaybat charxpalak ichida yugurib uni harakatga keltirganlar.
Charxpalak bunday “itli dvigatel” yordamida goʻsht boʻlagi ilingan sixni bir maromda aylantirgan. Itlarning bu turi bugungi kunda deyarli yoʻq, lekin ayrim mutaxassislar uning eng yaqin qarindoshi aynan uels korgi boʻladi deb hisoblashadi.

Insonning barmoq izlari kabi, it burnining izi ham mutlaqo oʻziga xos va uning izi boʻyicha xatto itingizni tanib olishingiz ham mumkin. Kanadadagi kinologik klub 1938 yilda buyon xar bir hayvonni roʻyxatga olish va keyinchalik uni aniqlash uchun it burnining izini eslab qolish tizimini joriy qilgan.

Xalitoz (odam yoki hayvonning ogʻiz boʻshligʻidan taralayotgan badboʻy hid), - bu aksariyat hollarda stomatologik, respirator, hazm qilish muammolari yoki hatto diabetning ham alomatlari boʻlishi mumkin. Itdan albatta qoʻlansa hid kelishi shart emas. Agar uning ogʻiz boʻligʻidan badboʻy hid kela boshlasa, uni darhol veterinarga koʻrikdan oʻtish uchun olib boring.

Titanikning bortida itlarni tashish uchun barcha sharoitlar mavjud boʻlgan, chunki yoʻlovchilarning ichida doimo oʻzlarining sevimli jonivorlari bilan birga sayohat qiluvchi juda boy va nufuzli odamlar ham boʻlgan. Afsonaviy laynerning birinchi va oxirgi safaridagi reysda 12 nafar it boʻlgan, ulardan 3 nafari – 1 ta pekines va 2 ta shpits tirik qolgan.


Bu hayvonlarning hid bilish qobiliyati juda oʻtkirligini bilib boʻldik. Ulardagi hid bilish qobiliyati shu darajada oʻtkirki, ular inson qoʻrquv yoki havotirni kechirayotganini ham sezishlari mumkin.

Issiq yoz kunlarida itlar ogʻizlarini keng ochib olib uzun tillarini osiltirib oladilar. Biroq, ularning badanlaridagi yagona teri bezlari panjalarining ostida joylashgan. Bu hayvonlarda teri ajratish jarayoni badanini sovitish, yaʼni termoregulyatsiya bilan emas, balki panjalari sirgʻanmaslik uchun ishqalanishi bilan bogʻliq.

Faol internet foydalanuvchisi boʻlsangiz, Saudiya Arabistonining At-Taif shahrida babuin kuchukchani olib qochib, tahminlarga koʻra uni tarbiyalovchi sifatida boqayotgani haqidagi tarqalib ketgan videorolikni koʻrgan boʻlsa kerak. Xuddi odamlar kabi! Babuinlarning bunday qiliqlari avvallari ham kuzatilgan. Ular bir birlaridan urgʻochilarini olib qochishni yaxshi koʻradi, baʼzida esa itlar ustidan egalik qilishni ham istab qoladilar.

It- insonning eng zoʻr doʻsti deyishadi va bu iborada aslida, siz oʻylagandan ham koʻra koʻproq maʼno bor. Odamlar va itlar juda uzoq vaqtdar beri birga istiqomat qilishadi – dastlabki boʻrilar xonakilashtirilgan paytdan boshlab deyarli 32 ming yildan buyon. Chikago universitetilik tadqiqotchilarning aniqlashlaricha, odamlar va itlarningdagi genlarning bir necha guruhlari paрalell ravishda rivojlanib borgan.
Bu ratsionga, hazm qilish tizimiga, nerv sistemasiga va ayrim kasalliklarga bogʻliq boʻlgan bizning genlarimizga bogʻliq.

Itlar juda zoʻr hid bilish qobiliyatiga ega ekanligi hech kim uchun sir emas. Biroq, ayrim itlarning hid bilish qobiliyati biznikiga nisbatan 100 ming barobar oʻtkirroq ekanligini hamma ham bilmaydi. Buni tasavvur ham qilish qiyin! Itning burun boʻshligʻida 300 million hid bilish retseptorlari joylashgan, insonda esa bu koʻrsatkich bor yoʻgʻi 6 millionga teng.

Odamlardagi kabi, itlarda ham ustki va ostki qovoqlar mavjud. Biroq, ularda mimetik membrana deb atalmish uchinchi qovogʻi ham bor. Bu koʻz qovogʻi himoya vazifasidan, moylovchi va koʻz yoshi ishlab chiqaruvchi vazifalarigacha birdaniga bir necha vazifani bajaradi. Uchinchi koʻz qovogʻi shuningdek, sudralib yuruvchilar, qushlar va yana ayrim boshqa sut emizuvchilarda uchraydi.

Hayvonlar olamining oʻziga hos qonun-qoidalari bor. Ularga koʻra, hayvonning kattaligi uning hayotining uzunligiga toʻgʻridan toʻgʻri bogʻliq. Biroq, itlar bu borada istisnodir. Olimlar ancha vaqtdan beri nima uchun kichikina itlar katta itlarga nisbatan uzoqroq umr koʻrishi ustida bosh qotirmoqdalar.
Ayrim tadqiqotchilarning farazlariga muvofiq katta itlar navqironlik paytida kichik itlardan koʻra tezroq ulgʻayishi va shuning uchun ham bu keyinchalik ayrim maʼlum kasalliklarning rivojlanishiga olib keladi. Kichik itlar oʻrtacha 10 yildan 15 yilgacha umr koʻradi, kattalari esa 8 yildan 12 yilgacha.

Koʻplab it sohiblaringing tan olishicha, ularning itlaridan popkorn yoki makkajoʻhori qalamchalarining hidi kelar emish. Maʼlum boʻlishicha, bunday kutilmagan iforning boqiluvchining ratsioniga umuman dahli yoʻq boʻlib, xamma gap itlarning panjalarida yigʻilib qolgan bakteriyalarda ekan.

Boʻrilar va itlarning DNKlari hali hamon oʻxshash, shuning uchun xam ular juftliklar xosil qilib, sogʻlom kuchuklarning yangi nasliga xayot baxsh etishlari mumkin. Odatda bunaqa holat boʻrilar galasi oʻz qatoriga oddiy daydi itlarni qabul qilganlarida roʻy beradi. Misol uchun, AQSHda mutaxassislarning baholashlariga qaraganda, oʻrmonlarda va odamlarning yashash joylari atrofida xozir 300 mingga yaqin “boʻri it” deb atalmish mavjudotlar kun kechiradi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



