Koʻz va aqlni chalgʻitishga qodir optik illuziyalar


Agar siz kulrang chiziqlarni birlashtirsangiz, ular aslida bir xil rangda ekanligini tushunasiz. Biroq, turli xil fon tufayli ularning rangida farq bordek koʻrinadi.


Agar siz rasmga diqqat bilan qarasangiz, yurak harakatlanayotganini koʻrasiz. Bu xayol ingichka oq chiziqlar va ularning mayda-chuyda yoʻnalishlari hisobiga kelib chiqadi.

Suratning chekka qismida singan kataklarni koʻrishingiz mumkin. Ammo agar siz rasmning markaziga taxminan 20 soniya davomida diqqat bilan qarasangiz, kataklar tiklanganini koʻrasiz. Buning sababi, bizning miyamiz butun rasmni koʻrishni yaxshi koʻradi va uni qayta tiklashga intiladi.

Qizil chiziq uzunroq koʻrinishiga qaramay ikkalasi ham bir hil.

Ishonishingiz qiyin, biroq qizil chiziqlar aslida toʻgʻri. Ular suratda joylashgan doiralar tufayli ham bizga egri boʻlib koʻrinadi.

Sizningcha, bu chiziqlar egilganmi? Aslida, ular toʻgʻri va illuziya oʻtkir burchaklarda birlashgan segmentlar tufayli paydo boʻlgan.

Bir qarashda, bitta dori koʻk rang, ikkinchisi esa binafsha rangga oʻxshaydi.Aslida, ular ikkalasi ham kul rangdir va "rang" effekti esa yorqin fon tufayli paydo boʻlgan.

Suratni biroz yuqoriga va pastga siljitayotganda, gilamcha plitka boʻylab "suzayotgan"dek koʻrinadi.

Bu ikki chiziq ham aslida bir hil uzunlikda, biroq ongimizda pastdagisi uzunroqdek tuyuladi.


Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



