Kartoshka haqida siz bilmagan maʼlumotlar

Statistik maʼlumotlarga koʻra, har bir inson oʻrtacha hisobda yiliga 80 kg kartoshka isteʼmol qilar ekan. Kartoshka tarkibida koʻp turdagi mikroelementlar, B guruhidagi vitaminlar, A, C, U, PP vitaminlari, kaliy, ruh va magniy moddalari mavjud. Shuningdek kraxmalga boyligi sabab organizmga quvvat bagʻishlaydi, aʼlo darajada toʻyintiradi.

Kartoshka yurak va buyrak kasalliklaridan aziyat chekuvchi insonlar uchun tavsiya etiladi. Uning sharbati qabziyat va gastritni davolashda qoʻllanish bilan birga,oshqozon yaralarini bitishiga ham yordam beradi.

Kartoshka qaynayotgan suvga solinsa, uning tarkibidagi C vitamin koʻproq saqlanib qolinadi.
Poʻsti bilan pishirilgan kartoshka eng foydali hisoblanadi. Agar sabzavot yangi kavlab olingan boʻlsa, uni hatto poʻsti bilan ham yeyish mumkin.
Salat uchun kartoshkaning qattiq navini ishlatish lozim.

Sovuq kartoshkadagi glikemik indeks issiq kartoshkaga nisbatan pastroq boʻladi. Shu sabab ortiqcha vazndan halos boʻlishni istaganlar uchun uni sovuq tarzda isteʼmol qilish tavsiya etiladi.
Qishda kartoshkaning poʻstini tozalab tashlash zarur - uning ostida koʻp miqdorda zararli moddalar yigʻilgan boʻlishi mumkin.

Uzoq vaqt davomida saqlangan kartoshkani faqatgina qaynatilgan va tozalangan holda isteʼmol qilish lozim.
Kartoshka yuqori kaloriyali mahsulot sanalgani sabab, dietologlar kuniga 200 grammgacha,haftada esa 2-3 kun davomidagina kartoshka tanovul qilishni maslaxat beradilar.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



