Qiziqarli

Ishdan keyin bir soat vaqtingizni mana shularga sarflang: Alibaba asoschisi Jek Ma dan kreativ maslahatlar

Ishdan keyin bir soat vaqtingizni mana shularga sarflang: Alibaba asoschisi Jek Ma dan kreativ maslahatlar

Koʻpgina odamlar ularning karyeralari 8 soatlik ish kuniga bogʻliq boʻlib, bor kuch gʻayratni aynan ana shu vaqtga qaratish kerak, deb hisoblaydilar. Ularning fikrlaricha, kelajaklari va karyeralari ishxonadagi xoʻjayin va kompaniyaga boʻgʻliq ekan. 

Ammo haqiqat shuki, odamlarning koʻpchiligida karyera ularning oʻzalriga bogʻliq. 

Ishdan keyin bir soat vaqtingizni mana shularga sarflang: Alibaba asoschisi Jek Ma dan kreativ maslahatlar

Professional darajadagi oʻsish bizning oʻzimizga bogʻliq. 

Hayotda rivojlanmayotgan boʻlsangiz, bunda ishingizni ayblashingiz toʻgʻri emas. Shuningdek, siz ishlayotgan kompaniyangizni ham siz haqingizda qaygʻurmayotganlikda ayblay olmaysiz. 

Rivojlanishingiz va mukammal boʻlishingiz uchun sizga baʼzi qoidalar haqida maʼlumot beramiz. Bu haqda dunyodagi eng boy xitoylik biznesmen, Alibaba asoschisi Jek Ma gapirib beradi.

Har kecha nima bilan mashgʻul boʻlishingiz gʻoyatda muhim

Men “marketing” mutahassisligi boʻyicha kollejni tugatdim, ammo men dizayner boʻlishni orzu qilar edim.

Loyihalashtirish boʻyicha malakamni oshirish uchun kecha-yu-kunduz amaliy ishlar qilardim va uyga qoʻshimcha ishlar olar edim. Bu narsa mening koʻp vaqtimni olar edi. Xoʻjayin boʻlganimdan keyin, men dizayn bilan shugʻullanmay qoʻydim va marketing sohasiga qaytdim.

Har kecha, farzandlarim uyquga ketganlaridan keyin, men oʻqishni va bilim olishni boshlar edim. Bunga ham mening koʻpgina vaqtim ketar edi. Lekin mana mehnatimning samarasini koʻra boshladim. 

Agar men faqatgina ish vaqtida oʻz ustimda ishlaganimda edi, hech qachon kreativ direktor va mahsulot boʻyicha menedjer boʻla olmas edim. Va talabalarga hozirgiday marketing sirlari haqida dars bermas edi.

Ishdan keyin bir soat vaqtingizni mana shularga sarflang: Alibaba asoschisi Jek Ma dan kreativ maslahatlar

Men bilgan muvaffaqiyatga erishgan insonlarning barchasi huddi men kabi yoʻl tutganlar. Bir doʻstim tarix fakultetini tugangan edi, biroq u texnika mahsulotlari savdosi bilan qiziqa boshladi. Kunduz kunlari u telemarketing sohasida ishlar, kechki payt esa kodlash dasturlarini oʻrganar edi. Oxir-oqibat u savdo kompaniyalaridan birining vitse-prezidenti lavozimigacha koʻtarildi. Hozirda esa u oʻsha kompaniyaning  texnik direktori. 

Yana bir doʻstim politologiya sohasida tahsil oldi, lekin u hamisha tadbirkor boʻlishni orzu qilar edi. U kompaniya tashkil qilish boʻyicha juda koʻp izlandi va niyatiga yetdi. Oxir-oqibat u kompaniya yaratdi va uni yaxshigina pulga sotib yubordi.

Bu ikkala doʻstimning kelajagini ularning kech soat 6 dan kech soat 12 gacha boʻlgan davrdagi harakatlari belgilab berdi.

Biroq ish bilan turmush oʻrtasida ham mutanosiblik boʻlishi kerak. Oilangizga ham vaqt ajratishingiz kerak: agar oilali boʻlsangiz ota-ona, farzand va turmush oʻrtogʻingizga ham vaqt ajratishingiz lozim. Asosiysi vaqtdan unumli foydalanishni bilish kerak, uni har xil boʻlmagʻur seriallarni koʻrishga yoki ijtimoy tarmoqdagi bekorchi narsalarga sarflamaslik zarur. 

Koʻproq oʻqing va izlaning!

Ishdan keyin bir soat vaqtingizni mana shularga sarflang: Alibaba asoschisi Jek Ma dan kreativ maslahatlar
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar