Ishonib boʻlmaydigan fakt: ekizak opa-singillarning hayratlanarli voqeasi

Tabiat turli xil ajablanarli hollarga juda boy. Bunga isbot tariqasida, Angliyalik 18-yoshar opa-singillar voqeasini keltirishimiz mumkin. Lyusi va Mariya Eylmer bizning ekizaklar qanday boʻlishi kerakligi haqidagi tasavvurimizni yoppasiga oʻzgartirdi. Biz adashmayapmiz, yoxud hazil ham qilmayapmiz – bu goʻzal, lekin umuman har xil qizlar chinakamiga ekizaklar! Tasavvur qiling, ularning ota-onasi qanchalik hayratlanganliklarini…

Tanishing, Lyusi va Mariya – xar hil irqga mansub opa-singil ekizaklar

Ishonasizmi yoʻqmi, ular tashqi koʻrinishida deyarli bironta oʻxshash tomoni boʻlmagan, biologik ekizaklardir.

“Bizni ekizak ekanligimizga hech kim va hech qachon ishonmaydi, chunki koʻpchilik ekizaklar bir-biriga ikki tomchi suvdek oʻxshash boʻladi. Biz harakat qilganimizda, bir-birimizga oʻxshash boʻlardik. Bizning ota-onamiz haqiqatdan ham bir xil va biz bir xil vaqtda tugʻilganmiz.”

Ularning ota-onasi rostdan him bir, ammo tashqi koʻrinishi umuman xar hil.

Mariyaning terisi qoracharoq, sochlari qora va koʻzlari ham tim qora boʻlsa, Lyusining esa terisi oq, koʻzlari koʻk va sochlari sargʻish.

Bunday holat ularning ota-onasi irqlari qoʻshilishi natijasida sodir boʻldi.

Qizlarning onasining ismi Donna va u yamaykalik ildizlarga ega, otasining ismi esa Vins va u oʻzini yevropaliklarga mansub deb biladi.

Yana ikki aka va bir opali boʻla turib, besh bola ichida Mariya va Lyusi eng qora va eng oq qizlardir.

Bizning akalarimiz va opamizning teri ranglari, mening va Mariyaning teri rangi orasidagi ranglardir. Biz xuddiki spektrning har xil uchlarida turgandek”, - deydi Lyusi.

Chapdan oʻngga: Mariya (18),Djordj (23), Chinna (22), Donna (onasi), Djordan (21), Lyusi (18)

Donna va uning eri orasidagi ideal kombinatsiya boʻlgan uch farzanddan soʻng, doya unga birta oq va birta qora bolani uzatganida hayratdan nutqini yoʻqotib qoʻydi.
“Teri rangidek narsani tugʻilishdan oldin aniqlash qiyin, shu uchun onam bizning qay darajada har xil boʻlishimizni tasavvur ham qilmasdi”, - deydi Lyusi.
Oxir oqibatda oila haqida gap ketganda terining rangi farq qilmasa kerak. Singillar bir-biri bilan uzib boʻlmaydigan kuchli aloqasi bor.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



