Ishxonada “portlab ketmaslik” va hamma narsaga ulgurishning 6 nafar samarali usuli

Lekin xodim ularni bajarishga ulguradimi? Amaliyot shuni koʻrsatadiki, odamlarning aksariyati bunga har doim ham ulgura olishmaydi. Shunga qaramay, hamma narsaga ulgurishning va bajarilishi kerak boʻlgan ishlarning yopirilib keladigan koʻchkisini toʻplamaslikning juda ham samarali usullari mavjud.

Albatta, miyaga kelgan fikrni qoʻl ostidagi qoʻl ostidagi istalgan narsaga, masalan, stikerlar, kvitantsiyalarning orqa tomoni, toʻgʻri kelgan qogʻoz qiyqimiga yozib qoʻyish ancha osonroq. Biroq, shundan keyin, doimo esda turishi kerak boʻladigan bir necha hujjatlar yoki qogʻoz parchalari ham oʻz-oʻzidan bajariladigan ishlar рoʻyxatiga tushadigan yana bir vazifaga aylanib qoladi.
Hamma narsani, ishchi daftarchaga, bloknotga, katmondagi qogʻoz varaqchasiga yoki telefonning izoh boʻlimiga yozib qoʻyish kerak. Shunday qilib, eng muhim masalalarni bir joyda koʻrib, ularni nazorat qilish mumkin boʻladi.

Vazifalarni albatta yozib qoʻyish lozim. Tom maʼnoda haр bir mayda-chuyda narsa nazarda tutilyapti. Yozilgan xatni pochta qutisiga solib qoʻyish, kechagi ovqatni qaytadan isitish yoki xatto, soch oldirishni ham.
Agar bajarilishi kerak boʻlgan har bir vazifa yozib qoʻyilsa, hech narsa esdan chiqmaydi. Bundan tashqari, aniq esdan chiqarmaslik uchun roʻyxatdagi eng muhim vazifalarini ajratib olish ham mumkin.

Har bir mayda-chuydani sanab oʻtganda oʻzi uchun eng muhimroq narsani aniqlab olish juda katta ahamiyatga ega. Maʼlum ishning oxirgi muddati yangi qoʻshni uchun pishiriq tayyorlab berishdan koʻra muhimroq boʻlishi mumkin.
Eng dolzarb masalalar roʻyhatning tepa qismida yozilishi kerak, chunki inson har safar shu roʻyhatni tekshirganida ular koʻzga yaqqol tashlanib turadi. Agar bu yordam bersa, bajarilishi kerak boʻlgan vazifalarni muhimligiga qarab taqsimlab olish darkor.
A turdagi vazifalar zudlik bilan bajarishni talab etuvchilar boʻlishi mumkin, masalan, kommunal xizmatlar uchun hisoblarni toʻlab qoʻyish yoki bolani bogʻchadan olib ketish. V turidagi vazifalarga iloj bor qadar tezroq bajarilishi kerak boʻlganlari, ammo zahirada biroz vaqt bor boʻlgan, shuningdek, ularni oʻrnini almashtirib qoʻyish yoki boshqa mahalga qoldirish mumkin boʻlgan vazifalar kiradi.
C turidagi vazifalar agar ular bajarilgan taqdirda hayotni osonlashtirishi bilan ifodalanadi. Masalan, ortiqcha kiyimlarni sandiqqa solish yoki cherdakka olib chiqib qoʻyish.

Agar dushanba kuni katta loyiha kutilayotgan boʻlsa, uni oʻz ishlar qatoriga yozish shart emas, lekin qoldirish ham mumkin emas, chunki u qoldirib boʻlmaydigan vazifalar toifasiga kiradi. Faqat bu tezkor loyihani kichikroq vazifalarga boʻlib tashlash kerak. Yirik vazifalarni barvaqt bajarilishiga ishonch hosil qilish uchun tez va oson bajarish mumkin boʻlgan kichik vazifalarga boʻlishni davom ettirish kerak.

Joriy ishlarning roʻyxati hamma narsaning boshida boʻlishi shartmas.
Unga faqatgina tartibni emas, maqsadni ham yozishni unumaslik kerak. Bu maqsadlar jiddiy boʻlmasligi va ishga bogʻliq joyi yoʻq boʻlishi ham mumkin. Misol uchun, bu hamma ish tugaganidan soʻng uyqu oldidan badiiy film koʻrilishi yoki keyingi dam olish kunlari doʻstlar bilan birga oʻtkaziladigan kechki ovqatlanish.
. Qiziqarli va yoqimli narsalar toʻgʻrisida ham unutmaslik kerak, boʻlmasa odam mayda-chuyda ishlar botqogʻida botib qolishi mumkin.

Har kuni ertalab darhol bajariladigan ishlar roʻyhati bilan birga uygʻonish ishni oʻta qiyinlashtirib yuboradi.
Kerakli narsani hech qachon tugata olmaslikni bilishdan koʻra odamni esankiratadigan narsaning oʻzi yoʻq. Eng yaxshisi, roʻyhatga qarab, unga kiritilgan hamma narsani bacharish kerakligiga ishonch hosil qilish lozim, xolos.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



