Kelajakning nufuzli kasblari

Futurologlar – yaʼni koʻpgina omillarni oʻrganib, kelajakni tahlil qiluvchi mutaxassislarning aytishiga qaraganda, robotlar insonlarning oʻrniga mehnat qilmaydilar, chunki ijod va inson omili zarur boʻlgan kasblarga ehtiyoj saqlanib qolinadi. Sunʼiy aql esa hozirning oʻzida matematika yoʻnalishini egallagan.
Mutaxasssislarning hisobi boʻyicha, 2025 yildan keyin koinot va virtual hayot bilan bogʻliq boʻlgan kasblarga ehtiyoj kuchayadi. Kelajakda yaxshi mutaxassis boʻlib yetishish uchun bolalar hozirdanoq tor profildagi bilimlarni emas, bir necha soha doirasidagi bilimlarni egallashlari lozim.

Bu kasb uchun arxitektura dizayni, tahrirchilik va psixologiya sohasidagi bilimlar zarur boʻladi.
Taxmin qilinishicha, 2020 yilga kelib, virtual dunyo moslamalari bozorining narxi 40 milliard dollar deb baholanadi, 2026 yilga kelib esa millionlab odamlar oʻqish yoki ishlash uchun virtual dunyoning yangi yoʻnalishlariga kiradilar. Virtual dunyo dizayneri virtual dunyoni loyihalashtirish bilan shugʻullanadi va muzokaralar oʻtkazish uchun barcha imkoniyatlarni yaratadi.
Zarur bilimlar:kommunikatsiya, falsafa, etika
Bizning hayotimizga asta-sekinlik bilan robotlar kirib kelmoqda va tabiiyki kelasi oʻn yilliklarda robotlar koʻpgina ish joylarini egallab oladilar. Demak oʻz-oʻzidan odamlar va sunʼiy intellekt oʻrtasida vositachilik qiluvchi shaxs kerak boʻladi.
Kerakli bilimlar: madaniyat tarixi,piar, biznes, marketing
Oʻn yildan keyin ijtimoiy tarmoqlarni vizual aloqa egallab oladi. Buni Instagramning yuqori koʻrsatgichlari ham isbotlab turibdi. Raqamli madaniyatni anʼanaviy holga keltiruvchi digital-sohaning jonli tilini oʻzlashtirgan xodimlarga ehtiyoj kuchli boʻladi.
Zarur bilimlar: tibbiyot, tahlil (analitika), metodologiya
Avvallari professionallargina ilm bilan shugʻullanganlar. Hozirgi kunda esa dunyoning turli burchaklaridagi olimlar Internet orqali ochiq kodli maʼlumotlar yordamida depressiya, autizm, shizofreniya, Altsgeymer kabi kasalliklariga qarshi kurashning yangi usullarini topishga harakat qilmoqdalar. Exsreptlarning fikricha esa, virtual frilans bioxakerlarining jamoasi bu ishda ularda faol yordam beradilar.

Olimlarning fikricha, 2030 yilga kelib koinot boʻylab sayohatlar yoʻlga qoʻyiladi, shunday ekan koinot turizmini maroqli boʻlishini va xavfsizligini taʼminlovchi ekskursovodlarga zaruriyat tugʻiladi.
Oʻn yildan keyin Yer aholisining soni 9 milliardga yetadi va tabiat resurslari katta tezlikda tugab boradi. Atrof muhitni tiklash bilan shugʻillanuvchi muhandis oʻlib ketgan hayvon va oʻsimliklarni hamda jabr koʻrgan ekotizimlarni tiklash bilan shugʻullanadi.
Kerakli bilimlar: kimyo va materialshunoslik
Olimlarning fikricha, kelajakda inson quyosh va shamoldan quvvat manbai sifatida foydalanadi. Shamolsiz va bulutli kunlarda muammolar kelib chiqishi mumkin. Ushbu soha mutahassislari aynan ana shu sohada faoliyat yuritadilar.

Kerakli bilimlar: biomuhandislik va anatomiya
Texnologiya sohasi shunchalik olgʻa siljib boradiki, 2025 yilga kelib insonning tashqi yoki ichki aʼzolarini almashtirish avtomobillarning detallarini oʻzgartirishdek oddiy ish boʻlib qoladi. Shuningdek protezlardan nafaqat zaruriyat yuzasidan, balki aksessuar sifatida ham foydalaniladi.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



