Har sohadan bir shingil: Sizni lol qiluvchi eng ajoyib faktlar (1-qism)

1. Germaniyaning Gamburg shahri koʻpriklar miqdoriga koʻra dunyo boʻyicha rekordchi hisoblanadi.Ushbu shaharda 2300 dan ziyod koʻpriklar boʻlib, ularning soni Venetsiya, Amsterdam va Londondagi koʻpriklar miqdori birga olinganidan ham koʻproqdir.
2.Yevro banknotining teskari tomonida koʻpriklar tasvirlangan. Bular real obektlarning fotosuratlari emas, shunchaki turli meʼmoriy uslublarning chizma tasvirlaridir. Ular bir banknot muayyan uslubga bagʻishlangan. 2011 yili Gollandiyadagi Speykenisse shahrida meʼmor Robin Stam rangli betondan foydalangan holda yevrolardagi barcha yettita koʻprikni bunyod etgan.
3. Dunyodagi eng sersuv daryo Amazonkaning uzunligi 7000 kilometr boʻlsa-da, unga bironta ham koʻprik qurilmagan edi. 2010 yildagina Amazonkaning irmogʻi Riu-Negru ustiga koʻprik qurildi. Manaus portini Iranduba shahri bilan bogʻlaydigan ushbu koʻprikning uzunligi 3595 metrni tashkil etadi.
4. Norveg ijodkori Veborn Sand Leonardo da Vinchining loyihasi boʻyicha piyodalar koʻprigini qurgan. Buyuk italyan ijodkori ushbu koʻprik loyihasini Usmonlilar imperiyasi sultoni Boyazid II uchun ishlab chiqqan edi. 240 metr uzunlikdagi ushbu koʻprik Konstantinopoldagi (hozirgi Istanbuldagi) Oltin Shox koʻrfazi ustiga qurilishi lozim edi. Loyiha amalga oshirilmay qolgan, biroq 5 asrdan soʻng kichraytirilgan oʻlchamda norveglar tomonidan amalga oshirildi.
5. Fanda absolyut nol, yaʼni -273,15 daraja harorat tushunchasi mavjud. Yaqingacha ushbu harorat nazariy hisoblanardi. Biroq fan mutaxassislari laboratoriya sharoitlarida rodiy boʻlagini absolyut nolga uch daraja yetmagan haroratgacha sovuta olishdi.

6. Sayyoramizdagi eng sovuq harorat Antarktidadagi «Vostok» stantsiyasida 1983 yili qayd etilgan.U yerda Selsiy boʻyicha -89,2 daraja sovuq kuzatilgan. Yer yuzidagi eng sovuq shahar esa Yakutsk shahridir. Bu yerda qishda -40 daraja sovuq oʻrtacha koʻrsatkich hisoblanadi.
7. 1709 yili Parijda oʻsha paytda ixtiro qilingan termometrlar ushbu hudud uchun rekord koʻrsatkich -24 darajani koʻrsatgan. Mahalliy bino muzga aylangan,ibodatxonalardagi qoʻngʻiroqlar esa chalingan paytda darz keta boshlagan.
8. Insonterisi +17 darajagacha sovuganida sovuqdan ogʻriqni his qiladi. Inson koʻzlari ayozda yoshlanishi mumkin, lekin muzlamaydi. Chunki sovuqni qabul qiluvchi asab toʻqimalari koʻzlarda mavjud emas.
9. Havo harorati -20 darajagacha soviganida metall buyumlar unga tegingan odamda lahzalik yaxlash paydo qiladi. Gʻoyatda sovuq havoda ogʻir jimoniy mehnat yoki sport bilan shugʻullanish salomatlik uchun zararli. Yilning ayozli paytida parhez tutishni ham keyinga surgan maʼqul, chunki och odam toʻq kishiga nisbatan tezroq sovqota boshlaydi.
10. Jahondagi eng mashhur reklama muzeyi Parijda joylashgan. Dastavval u afishalar muzeyi sifatida faoliyat yuritishi koʻzlangan edi. Hozirda uning kolleksiyasida XVIIIasrdan hozirgi davrgacha mansub 100 mingdan ortiq plakatlar mavjud. Muzey eksponatlarining bir qismi doimiy koʻrgazmaga qoʻyilgan, qolganlari esa muzey qarashli boʻlgan Les Arts Decoratifs kompaniyasi uyushtiruvchi namoyishlarda taqdim etib turiladi.
11. Braziliyaning yirik shaharlaridan biri San-Pauluda tashqi reklama taqiqlangan. Shahar koʻchalarida bilbordlar, plakatlar, reklama bannerlari umuman yoʻq. Shuningdek shahar koʻchalarida varaqalar va risolalar tarqatish ham man etilgan.
12. Birinchi bosma eʼlon 1472 yili Angliyada paydo boʻlgan. U London shahridagi cherkovlardan biriga osib qoʻyilgan boʻlib, diniy kitob sotilishi haqida xabar qilar edi.
13. Reklama sohasida fotografiyadan foydalanish 1839 yili AQShda boshlangan. Jurnallardan birida Toasted Corn Flakes makkajoʻxori qalamchalari qutichalarining suratlari eʼlon qilingan.
14. Birinchi neonli peshlavha 1912 yili Parijda oʻrnatilgan edi. U Monmartrdagi sartaroshxonalardan birining peshtoqiga qoʻyilgandi. Neon gazidan reklama borasida foydalanish esa farang olimi Jorj Klod tomonidan mutlaqo tasodifan kashf etilgan.
15. Internetdagi birinchi banner 1994 yil 27 oktyabrda Hotwired onlayn jurnalining saytida joylashtirilgan edi.

16. Choy daraxti moyi aslida Tibetdan kelib chiqqan. Ushbu moydan ajoyib totli ichimlik- choy ham tayyorlanadi. Tibetda ushbu choydan kuniga 50-60 finjongacha ichiladi. Uning tarkibida choy daraxti moyi, tuz va quruq choy mavjud boʻladi.
17. Insoniyat tarixidagi eng birinchi qaynoq shokolad ichimligini chili qalampiri va makkajoʻxori qoʻshilgan holda tayyorlashgan. Shokolad urugʻlari haqidagi dastlabki maʼlumotlar qadimgi maya qabilalarining miloddan avvalgi V asrga doir manbalarida qayd etilgan.
18. Eng birinchi taomlar retseptlari jamlangan kitob milodning 62 yilida rimlik Apitsius tomonidan eʼlon qilingan. Ushbu kitobda imperator Klavdiy tanovul qiladigan taomlar bayon qilingan edi.
19. Qadimgi va oʻrta asrlarda Yevropada asaldan boshqa shirinliklar mavjud boʻlmagan.Faqatgina XII asrga kelibgina shakar isteʼmolga kiritilgan. Uni salib yurishi qatnashchilari Sharqdan keltirishgan edi.

20. Dastlabki ketchup 1690 yili Xitoyda yaratilgan. Ushbu ketchup tarkibida pomidor sharbati yoʻq edi va u marinadlangan baliq, mollyuskalar hamda ziravorlardan iborat boʻlgan.
21. Hammaga maʼlum u mashhur banan aslida daraxt emas, balki ulkan giyohdir.
22. Tropik nok sanalgan avokado esa qushlar uchun nihoyatda zaharli hisoblanadi.
23. Yer sharida balandligi dengiz sathidan 7200 metrdan yuqori bʼlgan kamida yuzta togʻ tizmasi bor. Ularning barchasi Markaziy va Janubiy Osiyoda joylashgan. Eng balanda choʻqqilar yuzligining balandligi jamlansa, taxminan 83,78 km ni tashkil etadi, yaʼni koinot va Yer oʻrtasidagi rasmiy chegaraga 16,22 km yetmaydi xolos.
24. Sayyoramizdagi baland choqqilar yuzligining jamlanma balandligi taxminan 754,5 kmdan iborat boʻladi. Bunday balandlikdan deyarli 3,19 ming km uzoqlikda turgan obʼyektni koʻrish mumkin. Bu degani Toshkentda turgan kishining Moskvani koʻra olishini anglatadi.
25. Har bir qitʼaning oʻz baland nuqtalari mavjud. Yevropada Monblan, Amerikada Akonkagua, Avstraliyada Kostyushko, Afrikada Klimanjaro, Osiyoda Jomolungma choʻqqilar ieng baland hisoblanadi. Jomolungma, yaʼni Everest choʻqqisining balandligi 8848 metrni tashkil etadi va u butun dunyo boʻyicha ham eng baland nuqta hisoblanadi.

26. Baland choʻqqilar qatorida hamon inson tomonidan zabt etilmaganlari ham bor. Butan mamlakatidagi Gangkxar Puyensum choʻqqisi inson qadami yetmagan choʻqqidir. Uning dengiz sathidan balandlig 7570 km ni tashkil etadi.
27. Yer sharidagi eng yirik vulqonli choʻqqi Gavayi orollaridagi Mauna Loa choʻqqisidir.Uning umumiy xajmi taxminan 75 ming kub.km ni tashkil etadi. Bu degani shuki, unga Kaspiy dengizi hamdaYevropadagi eng yirik chuchuk suvli koʻl-Ladoga ham birgalikda joylasha olishi mumkin. Mauna Loaning suv usti qismi balandligi 4169 metr. Uning suv osti qismi bilan qoʻshilgan balandligi esa 10203 metrgacha yetishi mumkin. Zero, uning asosiy qismi suv ostida joylashgan.
28. Sayyoramizdagi eng baland faol vulqon Chilida joylashgan Oxos-del-Salado choʻqqisi boʻlib,uning balandligi 6893 metrdan iborat.
29.Oʻrgimchaklar hamda qoʻngʻizlar yer yuzida eng koʻp tarqalgan hashoratlar qatorida turishadi. Oʻrgimchaklarning 35 mingdan ziyod, qoʻngʻizlarning esa 400 ming turi bor. Taʼkidlash joizki eng katta qoʻngʻizning oʻlchami 17 santimetrdan oshadi. Aksariyat oʻrgimchaklar esa ovchi-yirtqichlar sanaladi va ularning hammasi bir yilda yeydigan hashoratlar vazni sayyoramizdagi barcha odamlarning vaznidan ham kattaroq boʻladi.
30. Yer yuzidagi eng tez uchar hashorat ninachi boʻlib, uning tezligi soatiga 57 kilometrgacha yetishi mumkin. Sakrashga usta hashoratlar esa chigirtka va burgalardir. Chigirtka oʻz tanasidan 40 barobar uzunroq masofaga, burga esa 130 barobar uzunroqqa sakray oladi.

31. Attacus Atlas kapalagi dunyodagi eng katta kapalakdir. Uning parvoz paytidagi yoyilgan qanotlari kengligi 30 santimetrgacha yetadi.
32. Oddiy asalarilarda 5 ta koʻz boʻlib, 3 tasi boshning tepa qismida, 2 tasi old tomonida joylashgan. Asalari qanotlarining tezligi daqiqaga 1100 martagacha yetadi, hozirda dunyo boʻyicha asalarilarning 20 mingdan ortiq turlari borligi aniqlangan.
33. Suvarak 9 kungacha boshsiz yashay olishi mumkin. Urgʻochi suvarak esa yil davomida 2million donagacha tuxum qoʻyishi qobiliyatiga ega.
34. Yer sayyorasida chumolilarning 9 mingga yaqin turlari bor. Taʼkidlash joizki,chumolilar hech qachon uxlashmaydi.
35. Zaharli hashorat sanalgan setse pashshasi harakatlanayotgan har qanday narsaga hujum qiladi. Qizigʻi shundaki ular hech qachon zebralarga hamla qilishmaydi, zero ularni ranglar almashinuvi sifatida qabul qiladi.

36. Malina danakli rezavor boʻlib, balandligi bir yarim metrgacha yetishi mumkin.Malinaning olti yuzga yaqin navlari mavjud. Bir tup malinadan bir-bir yarim kilogrammgacha hosil yigʻish mumkin.
37. Yuz gramm malina atigi qirq bir kalloriyaga ega buladi. Uning tarkibida inson miyasi va qon-tomir tizimini oziqlantirish uchun zarur fruktoza hamda glyukoza kabi moddalar yetarlicha.
38. Sariq malina qiziliga qaraganda kamroq foydali. Aslida oziq moddalar qora malinada koʻp boʻladi. Biroq ushbu nav Amerikada yetishtirilgani bois Yevropa hamda Osiyoda juda kam uchraydi. Aslida dunyo bozorida malina yetishtirish boʻyicha Rossiya yetakchi sanaladi.
39. Malina eng mazali dori hisoblanadi. Zero, undan tayyorlangan murabbo isitmani tushirish va terlatish xususiyatlariga ega. Qadimdan malina sharbati bilan tomoq kasalliklarini davolab kelishadi.
40. Olimlar tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotlarga koʻra, malina tarkibidagi katta miqdorda mavjud vitaminlar, pektin moddalar, efir moylari, olma, limon va salitsil kislotalar, shuningdek saxaroza uning foydalilik, dorivorlik xususiyatlarini yanada kuchaytiradi.

41. Malina yetishtirish bilan antik rimliklar shugʻullanganligi manbalardan maʼlum. Malina haqidagi maʼlumotlar Katon, Pliniy kabi tarixchilarning asarlarida qayd etilgan.
42. Malina kosmetik maqsadlarda ham koʻpdan beri qoʻllanilmoqda. Bu borada malinaning nafaqat hosilida, balki barglari va gullaridan ham foydalaniladi. Malinaning ayniqsa teriga nisbatan ijobiy taʼsirlari gʻoyatda kuchli, shu bois uni muntazam isteʼmol qilish ayollarga tavsiya etiladi.
43.Yevropalik futbol ishqibozlarining «Ole-ole-ole» hayqirigʻi aslida Ispaniyadan kelib chiqqan. Bu oʻlkada korrida yoki flamenko raqslari vaqtida «Ole» deya xitob qilinardi. Ushbu soʻz esa VIII asrda Ispaniyani bosib olgan arablar namoz paytida aytuvchi «Olloh» soʻzining transformatsiyasi sifatida paydo boʻlgan.
44. Taniqli musiqachi Xulio Iglesias yoshligida darvozabon sifatida Madridning «Real» klubi darvozasini himoya qilgan. Biroq uning futbol sohasidagi faoliyatiga 20yoshida nuqta qoʻyildi. Zero, u avto halokat tufayli 3 yil shifoxonada yotdi. Falaj holatida boʻlgan Xulioning faqat qoʻllarigina erkin ishlardi. Oqibatda ugitara chalishni oʻrgandi va keyinchalik mashhur sanʼatkor sifatida tanildi.
45. Futbol rasmiy ravishda dunyodagi oltita mamlakatda taqiqlangan. Ular qatorida Afgʻoniston, Kampuchiya hamda Grenlandiya ham bor. Shuningdek, sokker, yaʼni yevropacha futbol oʻynashga AQShning Yuta shtatida ruxsat etilgan, faqat stadion cherkovdan kamida 1,5 mil uzoqlikda boʻlishi shart. Beysbol, golf va amerikacha futbol uchun ushbu masofa yarim milga teng.

46. Italiyadagi Asti shaharchasida oʻtkazilgan futbol boʻyicha oʻrtoqlik uchrashuvida hujumchi Maskio koptokni tepolmay yerni titib yubordi. Natijada uning oyogʻi qattiq shikastlandi. Tuproqni tekshirilganda bu yerda gʻoyatda qimmatli, tarixiy ahamiyatga ega skelet borligi aniqlandi. Maskio pul mukofoti hamda «Arxeologik tadqiqotlarga ishtiyoqi uchun» nishoni bilan taqdirlandi.
47. 2005yili Angliya ligasining kubogi finalida stadionda shovqin kuchliligi rekordi qayd etildi. «Liverpul» oʻyinchisi Riis«Chelsi» darvozasiga gol urgan paytdagi hayqiriq kuchi 130,7 detsibelga yetdiva «Ginness rekordlar kitobi»ga kiritildi.
48. Beshik qadim davrlardanoq, koʻchmanchilik zamonidan beri ishlatib kelinadi. Zero,ushbu anjom bolali ayollarning mushkulini yengillatib, ularning xoʻjalik ishlari bilan shugʻullanishlari uchun katta shart-sharoitlar yaratardi.
49. Beshiksozlik hunari ham oʻziga xos malakani, yetarlicha bilimu tajribani talab qiladi. Zero,beshikni yasashda kerakli yogʻochdan tortib qurilmaning oʻziga xos sinoatlarini ham bilish zarur.
50.Turlicha shakldagi yogʻoch detallarni yasash, ularni mohirona birlashtirish,tashqi bezaklarga ishlov berish beshiksozdan koʻp narsani talab qilishi shubhasiz.

51. Beshik chaqaloq uchun nihoyatda qulay anjomdir. Maxsus tuvak hamda sumak goʻdakning oʻziga zararsiz holda, quruq oʻrinda uxlashini taʼminlaydi. Beshikning tebranma harakatli ekanligi esa bolani tinchlantirishga, tezroq uxlashiga koʻmaklashadi.Shuningdek, maxsus yopinchiqlar va toʻshamalar chaqaloqni turli hashoratlar bezovta qilishidan ham muhofazalaydi.
52. Oʻzbekiston hamda Qirgʻizistonda alohida ahamiyatga ega marosimlardan biri «beshik toʻyi» hisoblanadi. Chaqaloq ilk bor beshikka belanadigan kunda oʻtkaziluvchi ushbu marosimda uning ona tomonidan qarindoshlari goʻdakning ota uyiga turli sovgʻa-salomlar bilan tashrif buyurishadi, kerakli rasm-rusumlar bajariladi. Chaqaloqni birinchi bor beshikka belash sharafiga katta yoshli, serfarzand ayollardan biri munosib koʻriladi. «Beshik», «alla» soʻzlari onalik alomatlariga aylanganligi bejiz emas, albatta.
53. Mashhur jahongir Aleksandr Makedonskiy Hindistonga yurishidan soʻng limon mevalaridan oʻz yurtiga joʻnatadi va ular Yevropada «hind olmasi» deya nomlanadi. Chunki oʻsha paytdagi limonlarning mazasi nordon emas, shirin boʻlib, ularni aftni bujmaytirmay yesa ham boʻlar edi.
54. Taniqli sayyoh Jeyms Kuk Britaniya Admiralligi tomonidan dengizchilarni S vitamini tanqisligi tufayli qoʻzgʻaladigan xavfli kasallik - singadan qutqarish yoʻlini topganligi uchun qirollik jamiyatining oltin medali bilan taqdirlangan. Koʻk dengiz sayohatlariga limonlar olib ketishni taklif qilgan. Oʻsha paytdan beri Britaniya dengizchilariga «limonchilar» deb laqab qoʻyilgan.
55. Atoqli kompozitor Dmitriy Shostakovichni bir kuni Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II choyga taklif qiladi. Mashhur bastakor choyni ichib boʻlgach, finjondagi limon boʻlagini ham yeb qoʻyadi. Ushbu holat yigʻilganlarni lol qoldiradi, chunki limon boʻlagini finjonda qoldirish kerak edi. Biroq Yelizavetta II ham haqiqiy qirolichadek ish tutadi. U bastakordan soʻng oʻz limon boʻlagini ham yeydi, natijada qolganlarga ham shunday qilishga toʻgʻri keladi. Hozirda esa bu odat anʼanaga aylangan.

56. Ispanlar apelsinni oʻzaro baxtli muhabbat timsoli deb hisoblashadi. Limon esa javobsiz muhabbat ramzi sanaladi. Shilqim muxlisiga oyimqiz oʻzining unga nisbatan javob tuygʻulari yoʻqligiga ishora maʼnosida limon sovgʻa qilish mumkin.
57. XVIII asrda badavlat rus zodagonlari Gollandiyadan limonli noyob neʼmat -marinadlangan limonlar keltirishga buyurtma berishardi. Hindistonda limonlarni marinadlash ularni saqlashning eng ishonchli usuli sanaladi.
58. MDX mamlakatlaridagi barcha transport vositalarining 70 foizga yaqini dizel yonilgʻisi bilan harakatlanadi. Sababi shuki, dizel yonilgʻisi benzindan koʻra ancha tejamli, shu bilan birga ikki barobar arzon. Biroq hozirgi kunda bir litr dizel yonilgʻisining narxi AI-92 rusumli benzin narxidan yuqori.
59.Venesuelada yonilgʻining bir litri atigi 2 sent turadi. Amerika Qoʻshma Shtatlari aholisi esa bir kecha-kunduzda benzinga deyarli bir milliard dollar sarflashadi. Dunyo boʻyicha yonilgʻiga qoʻyilgan eng baland soliq Buyuk Britaniyada boʻlib, u 188 foizni tashkil etadi.
60. Dizelli dvigatel olmon muhandisi Rudolf Dizel tomonidan koʻplab sinovlar va xatolar yoʻli orqali yaratilgan. U oʻzi yaratgan dvigatel uchun yaroqli yonilgʻi topishga juda koʻp vaqt sarflagan.

61. Xozirgi paytda yonilgʻi sifatida tobora koʻproq qoʻllanilayotgan tabiiy gaz asosan metandan shakllantiriladi. Shuningdek, unga etan, propan, butan va pentan ham qoʻshilishi mumkin. Tabiiy gaz qazib olinadigan yonilgʻi turlari ichida eng tozasi hisoblanadi.
62. Yonilgʻi xomashyosining asosiy turlari neft, tabiiy gaz va koʻmirdir. Butun dunyo boʻyicha neftning qolgan zahiralari (hali ochilishi mumkin boʻlgan konlarni hisobga olmagan holda) 1150 milliard barreldan oshmaydi.
63. Neft nafaqat qora, balki yashil, jigarrang, qizil, hatto umuman rangsiz boʻlishi ham mumkin. Shuningdek, u suyuq holatdan tashqari qattiq va gazsimon holatlarda ham uchraydi.
Oltin qazib olish aslida gʻoyat murakkab, chunki u tabiatda aytarlicha koʻp uchramaydi. Butun dunyo boʻyicha bir soatda eritib olingan poʻlat miqdori insoniyatning butun tarixi davomida olingan oltin miqdoriga teng boʻladi.
64. 2011yili dunyo boʻyicha oltin qazib olish 2,8 ming tonnani tashkil etdi. Eng koʻp oltin Xitoy, Avstraliya va AQShda topildi. Insoniyatning butun tarixi davomida150 ming tonnadan 200 ming tonnagacha oltin qazib olingan.
65. Xozirgi paytda dunyo boʻyicha bank zahiralari 32 ming tonna oltin qiymatiga teng baholanadi. Jahondagi eng koʻp oltinga ega davlatlar AQSh (8.1 ming tonna),Germaniya (3.4 ming tonna) hamda Xalqaro Valyuta jamgʻarmasi (2.8 ming tonna) hisoblanadi.

66. Jahondagi eng katta tabiiy oltin boʻlagi 1872 yili Avstraliyada topilgan. 25x63 santimetr oʻlchamlarga hamda 70 kilogramm vaznga ega ushbu yaxlit boʻlakni «Uzoq kutilgan sayyoh» deb atashdi.
67. Oltin eng choʻziluvchan, lekin gʻoyatda ogʻir metall. 1 gramm oltindan 3 kilometr uzunlikdagi sim yasash mumkin. Tomonlari 37 santimetrli oltin kubi esa 1 tonna ogʻirlikka ega boʻladi.
68. Mutaxassislar hisobiga koʻra, dunyo okeanlarida 10 milliard tonnadan ziyod oltin mavjud. Bu degani shuki, dengizlardagi har kub milyaga 25 tonna oltin toʻgʻri keladi.
69. Oz miqdordagi oltinni yesa ham boʻladi. Osiyodagi ayrim mamlakatlarda mevalarga, jelega, qahva va choyga oltin qoʻshiladi. Dunyodagi eng qimmatbaho gamburger tarkibiga ham oltin qoʻshilgan.
70. Dunyodagi eng qimmatbaho yongʻoq makadamiya hisoblanadi. Birinchidan, unga nafaqat oziq-ovqat, balki kosmetika sanoatida ham ehtiyoj katta. Ikkinchidan uni terish va qayta ishlash gʻoyatda ogʻir ish. Makadamiya Avstraliyada dastlabki yevropaliklar paydo boʻlganidan beri gʻoyatda qadrlanib kelinadi.

71. Seyshel yongʻogʻi deb ataluvchi meva aslida Seyshel palmasi hosilidir. U tabiatdagi eng katta yonqoq sanaladi. Uning ogʻirligi 30 kilogrammgacha, pishish vaqti esa 10 yilgacha yetishi mumkin. Seyshel palmasining oʻzi 800 yil umr koʻradi. Ushbu meva Seyshel orollari davlatining timsoliga aylangan.
72. Bostondagi Tafts universiteti olimlari bodom qondagi «yomon xolesterin» miqdorini kamaytirish xususiyatiga ega ekanligini isbotlashdi. Shuningdek, bodom tarkibida foydali omega-3 yogʻ kislotalari mavjudligi bois miyaga yaxshi taʼsir koʻrsatadi. Qadimgi Misr gullab-yashnagan paytlarda bodom magʻzini faqat firʼavnlar va ularning aʼyonlarigina tatib koʻrishardi, chunki uning narxi gʻoyatda qimmat edi. Ispaniyada hozirda ham bodom oliy maqom yongʻoq sanaladi.
73.Boshqa barcha yongʻoqsimonlardan farqli oʻlaroq kashtan nisbatan yogʻsiz va kam kaloriyalidir. Uning 60 foiz tarkibi uglevodlardan iborat. Kashtanlar dunyoda gʻoyatda ommalashgan taom sanaladi. Fransiyada har yili kashtanlar festivali oʻtkazilib, ularni butun mamlakat boʻyicha qovurib pishirishadi. Isteʼmolga faqat yaroqli kashtan navi olinadi, oddiylarini esa yeyish mumkin emas, chunki ular odamni nihoyatda kuchli zaharlashi mumkin. Yer sayyorasida shaharlar odamlardan koʻra kam, biroq ular ham butun quruqlikning 1 foizga yaqin maydonini egallaydi.
74. Aholisiningmiqdori boʻyicha jahondagi eng katta shahar Xitoyning Shanxay shahridir. Statistikaga koʻra, 2011 yil oxirida bu yerda 23 431 000 kishi yashagan.Taxminlarga koʻra, hozirgi kunda bu miqdor million kishiga koʻp.
75. Egallagan maydoniga koʻra eng katta shahar Avstraliyadagi Sidneydir, uning umumiy maydoni 12144.6 kvadrat kilometrdir. Dunyodagi eng kichik shahar esa Xorvatiyadagi Xum shahridir. Uning aholisi soni 25 kishigacha boradi.

76. Uzunligiga koʻra eng katta shahar Meksikaning Mexiko shahri boʻlib, uni toʻgʻri kesib oʻtish uchun 200 kilometrdan oshiq yoʻl bosib oʻtish kerak.
77. Jahondagi eng yuqorida joylashgan shahar La-Rinkonada (Peru) shahri. U dengiz sathidan 5100 metr balandlikda joylashgan. Barcha shaharlardan eng past joylashgani esa oʻlik dengiz sohilidagi Neve-Zoar (Isroil) shahri boʻlib, u dengiz sathidan 395 metr pastlikda joylashgan.
78. Dunyodagi eng shimoliy shahar sifatida Shpitsbergen arxipelagining maʼmuriy markazi -Longyir (Norvegiya) shahri qayd etiladi. Eng janubiy shahar esa Argentinadagi Olovli Yer hududida joylashgan Ushuayyadir.
79. Dunyodagi eng qimmat shahar Shveytsariyadagi Syurix shahri hisoblanadi.
80. Dunyodagieng yirik shahar aglomeratsiyasi Yaponiyadagi «Tokio-Iokagama» majmui boʻlib,bu yerda 37 126 000 kishi yashaydi.

81. Insonlar turli-tuman narsalarni jamlab, kollektsiyalar yigʻishadi. Egalari uchun ushbu kollektsiyalar hayot maʼnosiga ham aylanadi deyish mumkin.
82. Kimoshdi savdosida sotilgan eng qimmatbaho xususiy kollektsiya 207.4 million dollarga sotilgan. Biroq eng qimmatli va qadrli kollektsiya sifatida mashhur ixtirochi Tomas Edisonga qarashli patentlar kollektsiyasi hisoblanadi. Ushbu kolleksiyada ixtirolarning 4000 patenti mavjud boʻlib, ularning barchasi Tomas Edisonga tegishli.
83. Dunyodagi eng mukammal kollektsiyalardan biri hozirda Ermitaj muzeyida saqlanayotgan 2000 toʻplamdan iborat oʻyin kartalari kollektsiyasidir.
84. Dunyodagi eng birinchi kolleksiya qadim ilmiy asarda tavsiflangan oʻsimliklar kolleksiyasi sanaladi. Ushbu kolleksiyaning egasi faylasuf Aristotel boʻlgan. U koʻplab mamlakatlardan keltirilgan giyohlarni yigʻib tavsiflagan.Kollektsiyaning asosiy taʼminotchisi Aleksandr Makedonskiy boʻlgan.
85. Moliya dahosi Devid Rokfeller bolaligidan hashoratlarni kollektsiya qilish bilan shugʻullangan. Xozirda ushbu kolleksiyada 157 000 turdan ortiq hashorat boʻlib,uning bahosi taxminan 2.7 milliard dollarni tashkil etadi. Qizigʻi shuki, aynan Rokfellerning oʻzi uchta yangi turdagi hashoratni kashf qilgan va ularning ikkitasiga uning nomi berilgan.

86.Dunyodagi eng katta kolleksiya - tramvay vagonlari kollektsiyasi boʻlib, uning egasi Filadelfiya shahrida yashaydi, lekin hech kim uning nomini bilmaydi. Yana bir noyob kolleksiyalardan biri oq fillar kolleksiyasidir. Maʼlumki 1767 yili Birma qiroli Siam qiroliga qarshi aynan uning qimmatbaho oq fillar kolleksiyasiga havas qilgani bois ham urush ochgan.
87. 1983 yil 9 iyulda AQShda tugʻilgan osyotr ovlangan eng katta chuchuk suv baligʻi sanaladi. Uning ogʻirligi 212,28 kilogrammni tashkil etgan. Ushbu rekord Xalqaro baliqchilik uyushmasi tomonidan rasman qayd etilgan.
88. Qarmoqda ushlangan eng katta suv jonivori oq odamxoʻr-akulaning vazni 1208 kg, uzunligi esa 5,13 m edi. Ushbu oʻljani 1959 yil 21 aprelda Janubiy Avstraliyadagi Dinael-Bey qoʻltigʻida 58 kilogrammlik leska yordamida Elf Dian tutgan.
89. 1978 yil iyun oyida uzunligi 6,2 metr, ogʻirligi 2268 kg boʻlgan oq akula Azor orollaridagi San-Migel gavanida baliqchilar tomonidan garpun yordamida ovlanib,qirgʻoqqa olib chiqilgan.
90. 1910 yili Avstraliyadagi Tufold- Bey qoʻltigʻida Archer Devidson tomonidan moviy kit garpun bilan oʻldirilgan. Ushbu kit shunday tarzda halok etilgan eng katta suv jonivori boʻlib qoldi. Uning uzunligi 29,56 metrni, birgina jagʻ suyagi uzunligi esa 7,1 metrni tashkil etgan.

91. Afrikada belkurak va choʻkich yordamida ham baliq ovlanadi. Ushbu qitʼadagi ayrim mintaqalarda protopter deya nomlanuvchi baliq yashaydi. Quruqlikda yashashga ham qodir bu baliq qurgʻoqchilik davri oʻtgunicha balchiq qatlamining chuqur tubiga koʻmilib oladi. Ularni kuraklar bilan qazib ovlab mahalliy aholi isteʼmol qiladi yoki maʼlum vaqtgacha saqlanishi uchun yana koʻmib qoʻyishadi.
92. Dunyodagi eng baland sharshara Anxel nomi «farishta» maʼnosini anglatadi, u joylashgan togʻ esa, qarangki, Auyantepui, yaʼni «Iblis togʻi» deb ataladi.
93. 1848yili Niagara sharsharasi bir kecha-kunduzdan koʻproq vaqt toʻxtab qolgan. Zero, gʻoyat katta muzlik Niagara daryosi suvini toʻsib qoʻygan edi. Shuningdek, sharshara Shimoliy Amerika fuqarolarini ichimlik suvi bilan taʼminlovchi muhim havza hamdir.
94. Norvegiya haqli ravishda sharsharalar mamlakati hisoblanadi; Chunki dunyodagi eng yirik yigirmatta sharsharadan yettitasi ushbu mamlakat hududida joylashgan.
95. Sayyohlar diqqatiga sazovor xush manzara sharsharalardan biri Shotlandiyada boʻlib, «KiltFolls» deya ataluvchi ushbu sharsharaning suvlari toʻgʻridan-toʻgʻri Atlantika okeaniga tushib turadi.

96. Mashhur sayyoh Livingston tomonidan topilgan va ingliz qirolichasi sharafiga nomlangan Viktoriya sharsharasida shunday qoya borki, bu joydan faqat sentyabr va dekabr oylaridagina suvga sakrash imkoni boʻladi.
97. Antik Rim davrida Italiya hududida inson qoʻli bilan Kaskata dele Mramore sharsharasi bunyod etilgan. U hozirda ham odamzod yaratgan eng baland sharshara sanaladi. Balandligi esa 165 metrni tashkil etadi.
98. Quyosh tizimidagi eng baland togʻlar Yer sayyorasida emas, boshqa sayyoralarda joylashgan. Jumladan Marsdagi Olimp choʻqqisi 21.2 kilometr balandlikka ega.Galaktikamizdagi eng baland choʻqqi esa Vesta asteroidida joylashgan Reyasilviya choʻqqisi boʻlib, u 22 kilometr balandlikka ega.
99. Yer sayyorasidagi Jomolungma (Everest)choʻqqisi 8848 metr balandlikka ega holda kurramizning eng baland nuqtasi sanaladi.
100. Sayyoramizda dengiz sathidan hisoblaganda 7200 metrdan ziyod balandlikli 100 dan ortiq choʻqqilar mavjud. Agar eng baland choʻqqilar yuzligining balandligi jamlansa,754.5 kilometrli choʻqqi hosil boʻladi.

101. Sayyoramizdagi eng baland choʻqqi Himolay togʻlarida joylashgan va balandligi 8000 metrdan ziyod Annapurna sanaladi. Statistika boʻyicha, uni boʻysundirishga intilgan har toʻrt alpinistdan biri halok boʻlgan.
102. BMT 57- Bosh Assambleyasining 2003 yanvaridagi qaroriga koʻra, har yili 11 dekabrda Xalqaro togʻlar kuni nishonlanadi.
103. Butan mamlakatidagi Gangxar Puyensum choʻqqisini hozirga qadar bironta ham alpinist zabt eta olmagan. Alpinistlar eng koʻp chiqadigan choʻqqi AQShdagi Monadnok choʻqqisi 965 metr balandlikka ega va u boshlovchi alpinistlar orasida mashhur.
104. Sayyoramizdagi eng yirik vulqonli togʻ Gavayi orollaridagi Mauna Loa boʻlib, uning hajmi taxminan 75 ming kub kilometrga teng. Bu shuni anglatadiki, unga butun Kaspiy dengizi va yana qoʻshimcha ravishda Ladoga koʻli ham joylashishi mumkin.
105. Rang-barang shirinliklarning tayyorlanishi koʻp jihatdan qandolatpaz, konditer tomonidan ado etiladi. “Konditer” soʻzi italyancha “kandiyere” “shakarda qaynatmoq” soʻzidan olingan. Zero, qandolatpazlik ham aynan shakardan boshlangan. XV asr oxiri - XVI asr boshlarida qandolatpazlik Italiyada, aynan Venetsiyada gʻoyatda rivojlandi. Bunga qadar Yevropaga shirinliklarni arablar olib kelishardi. Aynan arablar dunyodagi eng qadimgi qandolatpazlar sanaladi, chunki shakar ularga 850 yildan boshlab maʼlum edi.

106. Dunyodagi eng katta konfetni Gummi vear Factory firmasi qandolatpazlari yaratishga muvaffaq boʻlishdi. Boʻyi 1.68 metrli ayiq-konfetni yaratish uchun ularga 4 tonna vaznli qolip kerak boʻldi. Konfetning oʻz ogʻirligi esa 633 kilogrammni tashkil etdi.
107. Chupa-chups shirinligi nafaqat Yer sayyorasida balki koinotda ham shuhrat qozongan. 1995yili “Mir” orbital stantsiyasidagi fazogirlar shirinliklar yuborishni soʻrashadi. Olimlar tomonidan eng xavfsiz qandolat namunasini topish boʻyicha jiddiy tadqiqotlar oʻtkazildi. Oqibatda Chupa-chups konfetlari vaznsizlik holatida ham xavfsiz ekanligi bois “Chupa-Chups” kompaniyasiga yanada zoʻr shuhrat keltirdi.
108. “MasterFud” kompaniyasi tomonidan eng katta konfetlar qutisi tayyorlangan. Kengligi 1.5, uzunligi 2.5 metr boʻlgan qutiga 800 kilogramm shokolad konfetlari joylashgan.
109.Turkiyadagi Alajaxoyuk qishlogʻi yaqinida qazishmalar olib borayotgan arxeologlar nogoh 3250 yil avval qurilgan toʻgʻon borligini aniqlashdi. Qarangki, toʻgʻonni tiklashga muvaffaq boʻlindi va u hozir ham odamlarga sugʻorish borasida koʻmak bermoqda.
110. Las-Vegas shahrida 48 kilometr masofada AQShning diqqatga sazovor joylaridan biri - Guver toʻgʻoni joylashgan. Ushbu inshootni koʻrish uchun har yili kamida 9 million sayyoh tashrif buyuradi. Koʻrish uchun 9-11 dollarlik chipta xarid qilish kifoya. 1935 yili ishga tushirilgan mazkur toʻgʻon «Transformerlar» va «Universal askar» filmlari kadrlarida ham oʻz aksini topgan.

111.Misrdagi mashhur Asvon toʻgʻoni bevosita sobiq Ittifoq qoʻllab-quvvatlashi, koʻp tomonlama yordami orqali bunyod etilgan. Toʻgʻon yaqinidagi nilufar guli tarzidagi minora-memorial ushbu hamkorlikning oʻziga xos yodgorligidir. 11 yil davomida qurilgan toʻgʻon hozirda Misrning katta qismini elektr bilan taʼminlab turadi. Shuningdek, 5 Misr funti evaziga toʻgʻonni bemalol tomosha qilish mumkin.
112. Kanadadagi Rober Burass nomidagi toʻgʻon balandligi 53 qavatli bino bilan teng. Suv maxsus omborga oʻnta ulkan pogʻonalardan oqib tushadi. Xar bir pogʻonaning maydoni futbol oʻyingohi oʻlchamlaridan ikki barobar kattadir. Suv ombori va toʻgʻon Kanadaning XX asr 70-yillaridagi premer-ministri Rober Burass sharafiga nomlangan.
113. Koinotda boʻlgan birinchi fazogir mushukning laqabi Fellicette, yaʼni Astromushuk boʻlib, u 1963 yili Frantsiya tomonidan kosmosga uchirilgan va ushbu parvozni muvaffaqiyatli yakunlagan.
114. Ispaninkvizitsiyasi zamonida Rim papasi Innokentiy VIII mushuklarni «iblis dastyorlari» deb atadi va oqibatda minglab mushuklar yoqib yuborildi. Afsuski, mushuklarning ommaviy qirgʻini kalamushlarning koʻpayib ketishiga sabab boʻlib,Yevropada «Qora oʻlim» (vabo oʻlati) tarqalishiga olib keldi.
115. Xozirda dunyodagi eng qimmatbaho mushukning laqabi Little Nicky boʻlib uning uchun egasi 50 ming AQSh dollari toʻlagan. Aslida Little Nicky egasining qarilik tufayli oʻlib ketgan mushugidan klonlashtirilgan edi.

116. Mushuksimonlar oilasiga mansub eng yirik jonivor hozirgi paytda Amur yoʻlbarsi sanaladi. U uzunligi boʻyicha 3.6 metrgacha, vazni boʻyicha 320 kilogrammgacha yetishi mumkin.
117. Mushuk qisqa masofalarga soatiga 50 kilometr tezlikda yugura olish qobiliyatiga ega. Shuningdek u oʻz boʻyidan 5 barobar katta balandlikka ham sakray oladi.
118. Yer yuzida 500 milliondan ziyod uy mushuklari mavjud boʻlib, ularning qirqqa yaqin zotlari aniqlangan.
119. Atigi7 yil mobaynida bir juft mushuk va ularning avlodlari umumiy miqdorda 420000 dona mushukchalarni dunyoga keltirishi mumkin.
120. «Ginnessrekordlar» kitobiga kiritilgan eng ogʻir mushuk avstraliyalik Himmy boʻlib,uning vazni 21 kilogramm boʻlgan va 10 yoshida vafot etgan.

121. Tovuqsimonlar oilasi tarkibida 250 dan ziyod turlar mavjud. Tashqi koʻrinishi hamda oʻlchamiga koʻra farqlanadigan turfa qushlar ushbu oilaga mansub. Bedanadan tortib karqur, qirgʻovul kabi yovvoyi qushlar ham tovuqsimonlardan sanaladi. Parrandachilik nafaqat goʻsht va tuxum, balki pat va par olish imkonini beradi.
122. Gʻozlarni xonakilashtirish eramizdan 2 ming yil avval qadimgi Misrda boshlanganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar bor. Ular inson tarafidan xonakilashtirilgan dastlabki parrandalar hisoblanadi. Keyinchalik Gʻozlarni Yevropa, Xitoy, Sibir kabi mintaqalarda ham koʻpaytirila boshlagan. Birgina Rossiyaning oʻzida gʻozlarning 20 dan oshiq zoti bor.
123. Kurka ming yil avval Amerikada xonakilashtirilgan. XVI asrda ushbu parranda ispan dengizchilari tomonidan Yevropaga keltirildi. Kurkaning vazni 5 kilogrammdan 30 kilogrammgacha yetishi mumkin. Amerika qitʼasida kurkalarning 2 ta yovvoyi turi ham mavjud.
124. Yovvoyi kaptarlar Yer yuzida 35 million yil avval paydo boʻlgan. Xozirda Yevropa, Shimoliy Afrika, Janubiy Osiyo hamda Kavkazda istiqomat qiladigan koʻk kaptarlar barcha zamonaviy kaptarlar ajdodi hisoblanadi. Koʻplab qadimgi afsonalarda va rivoyatlarda kaptar tez-tez tilga olinadi. Masalan, Ossiriya malikasi Semiramida oʻlimidan soʻng kaptarga aylanib qolganligi haqida asotir bor. Falastinda esa kaptarlarni maʼbudlar sharafiga qurbonlik qilishgan. Kaptar yahudiylarda muhabbat va bokiralik, nasroniylarda esa tinchlik va doʻstlik timsoli sanaladi.
125. Tabiiy sof holatda temir Yer sayyorasining ayrim joylaridagina, masalan Grenlandiyaning gʻarbida uchraydi xolos. Shuningdek, baʼzan toza temir meteoritlarda ham topiladi. Temir koʻproq kimyoviy birikmalar tarzida uchraydi. Gematit, getit, magnetit, pirit kabi minerallarga ega maʼdanlardan temir olinadi.

126. Temir- qizil qon tanachalari - eritrotsitlarda mavjdud murakkab oqsil-gemoglobinning tarkibiy qismlaridan biridir. Eritrotsitlar inson tanasida kislorod va boshqa kerakli gazlarni tashib yuradi.
127. Temir kimyoviy reaktsiyalarga yengil kirishadi. U galogenlar, oltingugurt, fosfor va uglerod bilan reaktsiyada boʻladi. Toza temir ruxlangan prokat tunukalarini ishlab chiqarishda qoʻllaniladi.
128. 1813 yili Napoleon bilan urush paytida pruss malikasi Marianna davlat xazinasini toʻldirishning oʻziga xos usulini oʻylab topdi. Nemis ayollariga oʻz tilla taqinchoqlarini «Temir uchun oltinimni beraman» degan yozuvli va temirdan yasalgan taqinchoqlarga almashtirish taklif etildi. Bunday taqinchoqlarni taqish tezda urfga aylandi va sohibasining vatanparvarligini taʼkidlab koʻrsatardi. Aynan shu gʻoya 1813 yili mashhur nemis mukofoti Temir xochning yaratilishiga turtki boʻldi. Temir xoch nishonida qimmatbaho metallardan faqat kumush gardishgina bor edi.
129. Antarktida qitʼasidagi Teylor muzligidan vaqti-vaqti bilan qonli sharshara oqib chiqadi.Undagi suv ikki valentli temirga ega boʻlib, zang hosil qilgan holda suvga qonli-sargʻish rang beradi. Bu ikki valentli temirni suvda yashovchi bakteriyalar hosil qilishadi.
130. Sahrolar Yer sayyorasi yuzasining 3/1 qismini egallagan. Chilidagi Atakama sahrosining ayrim qismlarida yomgʻir yoqqanligi hech qachon qayd etilmagan. Shu bilan birga ushbu biyobonda 1 milliondan ziyod inson yashaydi.

131. Sahroi Kabirni velosipedda kesib oʻtish boʻyicha jahon rekordi 2011 yili tegishli masofani (1084 mil) 13 kun 5 soat 50 daqiqa 14 soniyada bosib oʻtgan ingliz fuqarosi tomonidan oʻrnatilgan.
132. Xar yili sayyoramizdagi 46 ming kvadrat milga yaqin ekinzor yerlari iqlimiy oʻzgarishlar, hamda oʻrmonlar kesilishi bois choʻlga aylanib bormoqda. BMT maʼlumotlariga koʻra, yerlarning choʻllashuvi 110 mamlakatdagi 1 milliarddan ziyod inson turmushiga tahdid qilmoqda.
133. AQSh dagi Moxave sahrosida Ajal Vodiysi mavjud. Bu joy Shimoliy Amerikaning dengiz sathidan eng past, quruq va issiq nuqtasi boʻlgani uchun ham shunday nomlangan.
134. Voyaga yetgan toshbaqa sahroda suvsiz 1 yildan ortiq vaqt yashashga va Selsiy boʻyicha 60 darajagacha issiq haroratga dosh berishga qodir.
135. Sahroi Kabir dunyodagi eng katta choʻl boʻlib, uning maydoni 9 million kvadrat kilometrdan ziyoddir. Eng kichik sahro esa Kanadada joylashgan. Ushbu Karkross choʻlining maydoni atigi 2.6 kvadrat kilometrdir.

136. Xitoyda joylashgan Taklamakon sahrosida gohida qor yogʻib turadi. Kuzatilgan eng koʻp qor yogʻishi uzluksiz 11 kun davom etgan.
137. Choʻllardagi barxanlar yiliga oʻrtacha 7-10 metr tezlikda koʻchib turadi. Sahrolarda qum boʻronlari ham yuzaga keladi, ularning balandligi gohida 200-300 metrgacha yetishi mumkin.
138. Chayonlar dengizdan quruqlikka chiqqan eng qadimgi boʻgʻim oyoqli jonivorlardir. 400 million yil avval ular Jahon okeani suvlarida yashashardi va ularning uzunligi 1 metrgacha yetardi. Ushbu oʻlcham quruqlikka chiqqandan soʻng kichraygan boʻlsa-da, gavda shakli oʻzgarmay qolavergan.
139. Qadimgi Bobil taqvimlarida chayonlar rasmlari mavjud. Miloddan avvalgi 1150 yilda burjnomalarda chayon odam paydo boʻlgan. Qadimgi misrliklarda esa Serket maʼbudasi chayonlar hukmdori sanalardi. Maʼbuda chayonboshli yoki boshida chayon turgan holda tasvirlangan. Tarixga kirgan birinchi misrlik hukmdor ham «oʻliklar kitobi»da maʼlumot berilgan firʼavn yoki podsho Chayondir.
140. Antik Rimda Chayon burjida dunyoga kelganlar shaharlarni bunyod etuvchi yoki vayron qiluvchi deb hisoblanardi. Imperator Tiberiy ushbu burj ostida tugʻilgan edi. Qadimgi Yunon afsonasiga koʻra, dengiz maʼbudi Poseydonning mashhur ovchi oʻgʻli - Orion kibr u havo bilan bu dunyoda oʻziga hech kim teng emasligini va yoʻlida uchragan har qanday jonivorni oʻldirishini aytib maqtanadi. Orion soʻzlarini tugatib ulgurmasidan uning oyoqlari yoniga koʻrimsiz chayon yaqinlashadi. Chayon nashtarini sanchib, maqtanchoqni zaharlab oʻldiradi. Olimp maʼbudlari Orionning maqtanchoqligidan choʻchishgan edi, shu bois uning oʻlimidan mamnun boʻlishdi. Tashakkur sifatida ular chayonni osmonga koʻtarib, burjlar qatoriga joylashtirishdi. Oʻshandan beri Orion oʻz qotilidan yashirinadi, samoda Chayon burji paydo boʻlishi bilan Orion gorizont ortiga berkinadi.

141. Kaktussimonlar oilasi oʻz ichiga 2.5 ming oʻsimlik xilini oladi. Ularning eng kichigi «blossfeldiya» deb ataladi va boʻyi atigi 1-3 santimetrga yetadi. Eng yirik kaktuslar esa ulkan kaliforniya sereuslaridir. Ularning balandligi 20 metrgacha, yoshi esa 150 yilgacha yetishi aniqlangan. Sereus poyasida ichishga yaroqli 2 tonnagacha chuchuk suv boʻladi.
142. Dunyoda yagona ochiq osmon ostidagi kaktus bogʻiga mashhur kurort - Monte-Karloga borganda tashrif buyurish mumkin.
143. «Kaktus» nomini taniqli tabiatshunos olim Karl Linney oʻylab topgan. Ushbu soʻz har qanday tikanli giyohni anglatuvchi qadimgi yunoncha «kaktos» soʻzidan olingan.
144. Kaktusdan faqat gulchilikda emas, oziq-ovqat sanoatida ham keng, foydalaniladi. Kaktuslar shirinliklar, darmondorilar, shampun va sovunlar, alkogolli ichimliklar hamda boshqa koʻp narsalarni tayyorlashda kerakli ashyodir. Ishlab chiqarish chiqindilari esa yirik qoramol uchun ozuqa sifatida ishlatiladi.
145. «Vilyams Lofoforasi» deya nomlanuvchi kaktusni Lotin Amerikasidagi koʻplab hindu qabilalari muqaddas oʻsimlik sifatida eʼzozlashadi. Ushbu kaktusga duch kelganda albatta salomlashish zarurligiga, yoʻqsa giyoh xafa boʻlgan holda beodobni duoyibad qilishiga hindular qattiq ishonishadi.

146. Bir fermerning soddaligidan foydalangan olgʻirlar unga Oq uyni (AQSh ning bosh binosini) 99 yilga ijaraga berishadi. Buning uchun fermer 100 ming dollar toʻlagan. Ushbu voqea 1925 yili yuz bergan edi.
147. Birtovlamachi Avstraliyadan kelgan tijoratchiga Ozodlik haykalini pullagan! AQSh hukumati koʻrfazni kengaytirish niyatidaligini va shu bois haykal xalaqit berayotganligini maxfiy ravishda bildirgan muttaham koʻp oʻtmay ushlanib, besh yil ozodlikdan mahrum etilgan boʻlsa-da, qamoqdan keyin umrini farovonlikda oʻtkazgan.
148. Tovlamachi ayollardan biri «Malika Karabu» sifatida tarixda qolgan. Sobiq oqsoch ayol oʻzi uchun chiroyli afsona toʻqib chiqargan va ekzotik mamlakatning malikasi sifatida deyarli uch oy davru davron surgan.
149. Tarix ichra maʼlumu mashhur tovlamachilardan biri - graf Kaliostro. U barchani oʻzining 1800 yoshda ekanligiga ishontirgan va buning sababi moʻjizakor eliksirdaligini aytgan. Graf Kaliostro oʻzining «yoshlik eliksiri» uchun gʻoyat katta miqdorda pullar olgan va oʻlimi oldidan aslida oʻz peshobini sotganligiga iqror boʻlgan.
150. Politsiya va boshqa tegishli xizmat mutaxassislarining tasdiqlashicha, Parijdagi Luvr muzeyi qisman yoki butunlay 18 marotaba sotilgan. Sankt-Peterburgdagi mashhur Ermitaj ham kamida 4 marta «sotilgan» yoki «ijaraga berilgan».

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



