Jazirama kunlarda qanday kiyinish kerak: Stilistlardan 4 tavsiya

Sokin Total white – bir necha oylardan beri trend darajasiga koʻtarilgan obraz yaratish uslubidir. Uning asosiy belgisi faqatgina oq rangli liboslar va shu tusdagi aksessuarlardan iborat qiyofa yaratish sanaladi. Obrazning mukammal boʻlishi uchun liboslarning murakkab bichimli turlariga diqqat qarating.

Sokin ranglar yoz faslining oʻziga hos belgisi va tashrif qogʻozi desak hato boʻlmaydi. Ular insonga musaffo, chiroyli va nafis koʻrinish beradi. Bundan tashqari ochiq ranglar issiqlik va quyosh nurini qaytaradi, tanani haddan tashqari qizdirib yubormaydi. Sokin ranglarni oʻzaro uygʻunlashtirish esa ajoyib obrazlar yaratish uchun imkon beradi.

Issiq kunlarda inson tanasi tor liboslar emas, keng bichimli liboslarga extiyoj sezadi. Ammu bu oʻzingizga katta boʻlgan liboslar bilan qomatingizni toʻlaroq koʻrsatishga sabab yaratmasligi kerak. Keng libos tanlash davomida murakkab va qiziqarli bichimlarga diqqat qilsangiz, mazkur holatning oʻrni toʻldiriladi.

Yoz kunlari isib ketmaslik uchun shaffof, haddan tashqari yupqa va harir libos tanlash- toʻgʻri qaror emas. Shuningdek, issiq xovurini pasaytirish maqsadida oʻta ochiq liboslar kiyish fikrini ham nari suring. Ushbu sifatlar qiyofaning hashamatli koʻrinishiga halal beradi. Bundan tashqari, Sharq ayollarining mentaliteti qanday faslda boʻlmasin liboslarning haddan tashqari ochiq boʻlishiga toʻsqinlik qiladi. Shunday ekan, shaffof koʻrinishdagi mato oʻrniga sokin ranglardagi yupqa matoli liboslar tanlash tavsiya etiladi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



