Jennifer Lopesning goʻzallik sirlari oshkor etildi!

Bolaligida boʻlajak yulduzni gitara deya masxara qilishardi. Uning nostandart qomati koʻpchilikning muhokamasiga sabab boʻlgani ham hech kimga sir emas. Egizak farzandlarini dunyoga keltirgach 25 kg vazn orttirgan Jey Lo farzandlari olti oylik boʻlishi bilan oʻz ustida ishlashni boshlab yubordi. U oʻz qomatini meʼyorda ushlab turish uchun Lotin Amerika raqslari bilan jiddiy shugʻullanadi. Haqiqatdan ham raqs tana uchun fitness turlariga nisbatan yaxshiroq taʼsirga ega. Mukammal qomatga ega boʻlish uchun raqs bilan haftasiga 3 marta 2 soatdan shugʻullanish lozim.

“Turli jurnal va internet saytlarida mening nomimdan yozilgan parxezlarga koʻzim tushadi. Bularning barchasi yolgʻon – men hech qanday parxezlarga rioya qilmayman. Qolaversa, men turli parhezlarga qarshi ekanligimni taʼkidlab oʻtmoqchiman, ular vaqtinchalik natija beradi , holos. Agar qomatingiz aʼlo darajada boʻlishini istasangiz, taomnomangizni maʼlum tartibga keltirib, hamisha ana shu hisob boʻyicha ovqatlaning. Mening taomnomam asosini baliq, yangi goʻsht, mavsumiy meva va sabzavotlar tashkil etadi. Baʼzi hollarda shirinlik yoki hot-dog yegingiz kelsa oʻzingizni cheklamang. Biroq ertasiga parxez kuni uyushtiring”. Jenniferning goʻzallik borasidagi fikrlari esa quyidagicha: “ Shunchaki baxtli boʻling va toʻyib uhlang! Juda koʻp ishlaganim bois, tin olishga vaqtim yoʻq!”. 40 yoshdan oshgan Jennifer Lopez oʻz hayotini endigina boshlanayapti, deb hisoblaydi. Jismonan qanday yosh koʻrinish mumkin? Buning javobi: faol harakat, suzish, kontrast dush, sifatli kosmetika, koʻp miqdorda ichilgan suv, terini sovuq va quyoshdan asrash, yuz va tana uchun tabiiy niqoblardan foydalanishdir.

Aktrisa sochlarini oʻzining faxri deb hisoblaydi, u sochlarini oʻta ehtiyotkorlik bilan parvarishlaydi. Ular goʻzallik bagʻishlovchi tananing bir aʼzosi, shu bois soch haqida tinmay qaygʻurish kerak deya takrorlaydi - u. Turli maxsus niqoblar, boshni uqalash va yarashiqli soch turmagi shular jumlasidandir.

Men yoshlikni vaqtinchalik tushuncha deb bilmayman. Yoshlik – bu oʻzingizni qanday his qiliishingizdir. Agar oʻzingizni yosh deb his qilsangiz, 40 da ham 50 da ham yosh koʻrinaverasiz. Ammo endigina 20 ga kirgan, ammo qalban qari boʻlgan inson atrofdagilar nazdida navqiron koʻrinmaydi. Yoshlik yuzingizda qanday kosmetika yoki botoks qoʻllaganingizdan qaʼti nazar namoyon boʻluvchi aql va yurak yetukligi, begʻuborligining uygʻunligidir.

“Jeniffer Lopezning koʻylagi barcha insonlarniki kabidir. Libos tanlashda avvalo oʻzingizga mos koʻylakni tanlang. Koʻylak latofat timsoli boʻlgani sabab, u jozibangizga urgʻu berib turishi lozim. Men qomatni hunuk koʻrsatuvchi shaklsiz koʻylaklarni yoqtirmayman”.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



