Oshxona

Kaltsiyga boy 10 ta mahsulot

Kaltsiyga boy 10 ta mahsulot
Kaltsiyga boy 10 ta mahsulot

Taomlarga tugʻralgan maydanoz qoʻshishni odat qiling. Ushbu oʻt nafaqat kaltsiyni, balki koʻplab vitaminlarni ham oʻz ichiga oladi.

Maydanoz xalq tabobatida keng qoʻllaniladi. Undan tayyorlangan sharbat va qaynatmalar koʻrish, vazn yoʻqotish va miya faoliyati uchun foydalidir.

Ertalab tugʻralgan maydanoz bilan bir boʻlak kam yogʻli tvorog tanadagi kaltsiy yetishmasligini qoplashga yordam beradi.

Kaltsiyga boy 10 ta mahsulot

Brokkoli haqli ravishda eng foydali sabzavotlardan biri hisoblanadi. Sportchilar uni doimo isteʼmol qilishadi, chunki u mushaklar va suyaklarni mustahkamlashga juda yaxshi yordam beradi. Kaltsiydan tashqari (100 gramm mahsulotda 47 mg) brokkoli tarkibida magniy va fosfor mavjud boʻlib, bu kaltsiyni soʻrilishiga yordam beradi.

Kaltsiyga boy 10 ta mahsulot

Bu kulgili boʻlishiga qaramay, koʻpincha kaltsiy miqdori boʻyicha rekordsmen mahsulot axlatdan joy topadi. Atigi yarim choy qoshiq tugʻralgan tuhum qobigʻi- ushbu mikroelementining kunlik noʻrmasini tashkil etadi. 

Isteʼmol qilishdan oldin qobiq yaxshi tozalanishi kerak, keyin bir necha daqiqa qaynatish yoki qizdirish lozim. Uni qahva maydalagichda kukun holatiga keltiring. Koʻpchilik,shuningdek, uni limon sharbati bilan isteʼmol qilishni tavsiya etadi, bu kaltsiy bilan birgalikda kaltsiy sitratini beradi. Ushbu modda tanada aʼlo darajada soʻriladi.

Kaltsiyga boy 10 ta mahsulot

Vegetarianlar uchun tengi yoʻq mahsulot. Soya mahsulotlari nafaqat kaltsiyga, balki oqsilga ham boy, bu esa mikroelementni toʻgʻri soʻrilishini taʼminlaydi. 100 gramm soya tarkibida 102 mg kaltsiy mavjud, bu tarkibida soya boʻlgan mahsulotlarni kaltsiy yetishmasligi kuzatilgan odamlar uchun juda foydali qiladi.

Afsuski,koʻplab oʻsimlik mahsulotlarida fitin kislotasi mavjud boʻlib, u kaltsiyning soʻrilishiga xalaqit beradi. Qayta ishlash yordam beradi, masalan, soyani siz bir necha soat davomida suvga boʻktirib qoʻyishingiz mumkin.

Kaltsiyga boy 10 ta mahsulot

Maydanoz kabi, taomlarga kunjut urugʻi va qovoq urugʻini qoʻshishni odat qilish zarur.Ularda mavjud boʻlgan kaltsiy miqdori hayratda qoldiradi - 100 g da kunjutda – 975mg va qovoq urugʻida – 46 mg. Shunday qilib, siz nafaqat odatiy ovqatning taʼmini yaxshilaysiz, balki foydali mikroelmentlarini olasiz.

Kunjut urugʻi va qovoq urugʻlari tarkibiga kiradigan fitin kislotasidan xalos boʻlish uchun ularni suvga botirib, isteʼmol qilishdan oldin ozgina qovurish kerak.

Kaltsiyga boy 10 ta mahsulot

Unda kalsiy kunjutdagidek juda koʻp emas. Ammo ortiqcha miqdordagi D vitamini uni oʻzlashtirish uchun zarurdir. Bundan tashqari, qizil baliqlarning barcha turlarida omega-3 yog ʼkislotalari juda koʻp boʻlib, ularning organizm uchun foydasini inkor etish juda qiyin.

Kaltsiyga boy 10 ta mahsulot

Baliq mavzusini davom etamiz. Aynan sardina konservalari kaltsiyga juda boy, chunki qayta ishlash suyaklarini shu qadar yumshatadiki, ular isteʼmol qilish uchun yaroqli boʻlib qoladi. Qizil baliq kabi, sardina tarkibida D vitamini va omega-3 yog ʼkislotalari mavjud.

Aytgancha,ushbu baliqning 100 g tarkibida bir stakan sutga qaraganda 100 mg koʻproq kaltsiy bor.

Kaltsiyga boy 10 ta mahsulot

Afsuski,fundukda kaloriya miqdori yuqori. Uning barcha foydalariga qaramay, ortiqcha vazn yigʻilishiga sabab boʻlishi mumkin. 100 grammdan siz 114 mg kaltsiy va 628 kkal olishingiz mumkin.

Kaltsiyga boy 10 ta mahsulot

Bu mahsulotda kaltsiy fundukdan ikki baravar koʻp, ammo kaloriya esa kam emas.Shunday qilib, fundukda boʻlgani kabi, kuniga bir hovuch bilan cheklanish yaxshiroqdir.

Kaltsiyga boy 10 ta mahsulot

Barcha sut mahsulotlaridan eng koʻp kaltsiyga boy bu aynan tvorog degan fikr mavjud.Ammo bunday emas, pishloqda ushbu mikroelement ancha koʻproq.

Boshqa narsalar qatorida, ushbu mahsulotda D, E, A vitaminlari va oqsillar koʻp. Pishloqlar orasida kaltsiy miqdori boʻyicha shubhasiz chempion Parmesandir: 100 gtarkibida 1100 mg dan ortiq kaltsiy bor va bu, eʼtibor bering, kundalik normadan yuqori.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar