Kolleksion nusxaga aylangan 7 urfbop va kuchli avtopremyera

Kolleksion avtomobillar qatoriga toʻlaligicha eng zamonaviy, yaqindagina ishlab chiqarilgan mashinalar ham kirishi mumkin. Buning uchun ular oʻziga xos uslubda, qiziqarli va albatta kuchli boʻlishi kerak.

Ushbu avtomobil oʻzining 66 yilligi sharafiga ishlab chiqarilgan. Biroq mazkur avtomobil nusxasini yana kamida bir yil kutishga toʻgʻri kelishi aytilmoqda. Boisi, mashinaning ishlab chiqarilishi 2019 yilning birinchi yarmiga moʻljallangan. Uning texnik tafsilotlari toʻgʻrisida hali koʻp narsa maʼlum emas, ammo uning oʻrtamiyona boʻlmagan ekanligiga bugunning oʻzidayoq shubha qolmagan.

Ushbu avtomobilning yangi dohiyona modeli bozorga 2018 yilda chiqishi kutilmoqda. Yangi dvigatel tufayli mashina soatiga 100 km tezlikka 3,2 sekund ichida erishadi.Yangilangan motor yagona tuhfa boʻlibgina qolmaydi, albatta. Mashinada shuningdek dizayn ham biroz oʻzgaishlar bor va saloni ham toʻligʻicha qayta ishlangan.GT3 sotuvga chegaralangan miqdorda chiqarilishi ham ehtimoldan holi emas.

Yangi “Demon” avtokari tez kunlar ichida omma eʼtiboriga havola etiladi. Ushbu yangilikning shu yilning oʻzida, yaʼni 2018 yil oʻrtalarida amalga oshishi rejalashtirilgan. Avtomobil 840 ot kuchini oʻzida jamlagan V8 dvigateliga ega boʻladi, bu esa uni superkarlar ichida oʻz toifasidagi eng tezyurar avtomobil sifatida namoyon qiladi. Nima boʻlganida ham mashinaning istiqboli porloqday koʻrinmoqda.

33 yildirki, bu modellar toifasi oʻz avtomobillari bilan isteʼmolchilarni shod qilib kelmoqda. Yangi avlod mashinasi sanalmish Golf GTI 220 ot kuchiga ega yangi 2-litrli dvigatel bilan yanada yaxshiroq va kuchliroq boʻladi. Shu bilan birga, maʼlum boʻlishicha avtomobilning dizayni sezilarli oʻzgarishlarga duch kelmagan. Salon va vazifalari toʻgʻrisida esa hali hech narsa maʼlum emas.

AMG GT yangi modeli shu yilda sotuvga chiqishi kutilmoqda. Hozirning oʻzidayoq ushbu mashina yangi Porsche 911 bilan bemalol bellasha oladi degan tahminlar ham yuzaga kelmoqda. Bunga mashinadagi 469 ot kuchiga ega boʻlgan 4 litrli V8 dvigateli yordam beradi.

Kelgusi yilda avtomobilchilar yangi Toyota Suprani ham koʻrishga muvaffaq boʻladilar. Bu superkar yapon avtomobilsozlik sanoatining muxlislarini zavqlantirib, ularning olqishiga erishii tahmin qilinyapti. Yangi Toyota 2014 yilda Detroytda namoyon qilingan nusxasining deyarli 100 foizli koʻrinishi boʻlib qoladi.

Va nihoyat, roʻyxatimizning mazkur oʻrniga yangi modelining 453 ot kuchiga ega boʻlgan oʻta baquvvat dvigatel bilan jihozlanishi toʻgʻrisida xabar berayotgan ihcham Sedanni ham eslamay iloji yoʻq.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



