Qiziqarli maʼlumot: Taomlar tarixiyu mahsulotlar haqida qiziqarli faktlar

Napoleon qoʻshinlari Afrikada boʻlgan paytda har kuni bir hil taom – tovuq goʻshtini isteʼmol qilishga toʻgʻri kelgan, chunki boshqa turdagi goʻshtlar mutlaqo tamom boʻlgan edi. Bir hildagi taom sarkardaning ham shu darajada joniga tekkan ediki, u agar yangi biror taom tayyorlanmasa oshpazni oʻldirishini aytib qoʻrqitgan. Bechora oshpaz aynan shu masalliqlardan yangi taomni oʻylab topishga qaror qildi.
Taomga tovuq goʻshti juda katta mahorat va ustalik bilan yashiringan ediki, Napoleon tanovul uchun qanday taom berilganini tushunmadi ham. Siz ham agar tovuqdan juda mazali qilib pishiriladigan, shu bilan birgalikda noodatiylikka urgʻu berilgan taomlar tayyorlamoqchi boʻlsangiz, yangidan yangi retseptlarni oʻrganishdan charchamang. Zero Napaleonning oshpazi ham vaziyatdan aynan shunday bilim va uddaburonlik bilan chiqib keta olgan.

Tabaka joʻjasi –gruzin oshxonasiga mansub boʻlgan juda yeyishli taom sanaladi. Aslida taomning nomi “tapaka joʻjasi”. Tapa esa shu taomni tayyorlash uchun uchun foydalaniladigan qopqoqli tovaning atalishidir.

Angliyada Boʻgʻirsoq toʻgʻrisida alohida ertak bor. Faqat unda buva bilan buvisidan emas, bolakaydan qochib qolgan Djonni-ponchik xaqida hikoya qilinadi. Djonnini dastlab quyon emas, ishchilar, keyin esa yer qazuvchi ishchilar yeb qoʻymoqchi boʻlishadi.

Xozirgi paytda ustritsalar juda tansiq taom, yaʼni, delikates hisoblanadi, XIX asrda esa Angliya va Fransiyada ularni faqat kambagʻallar yeyishgan. Nazoratsiz ov qilish tufayli ularning soni kamayib ketgandan keyingina ustritsalar badavlat insonlarning dasturxoniga kelib qoldi.

Koʻpchilikning taʼkidlashicha, samolyotda isteʼmol qilingan oddiy taom taʼmi boʻyicha odatdagi taomlardan farq qiladi. Buning sababi dvigatellarning shovqinidadir. Shovqinning baland darajasi bilan taomning qisirlashi kamroq, shirinligi va tuzliligi pastroqday tuyuladi.

Olimlar oxirgi ming yillik davomida “Sirli kecha bazmi” mavzusidagi suratlarning bir nechtasini sinchkovlik bilan tadqiq etdilar. Natijada shunday hulosaga kelishdiki, odamlar yildan yilga koʻproq taom isteʼmol qilib borishmoqda. Ushbu maʼlumot havoriylar gavdalari va idishlardagi taom miqdorining nisbati tahlil qilinganidan keyin aniqlandi. 1000 yil ichida asosiy taom miqdori 70%ga, non 23 %ga, likoplar koʻpligi 23%ga oshgan. Bu oʻzgarishlar sekin-asta va bilinmagan holda yuz berib bermoqda.

Yaponiyada juda koʻp dengiz mahsulotlari, shu jumladan suv oʻsimliklarini ham tanovul qilishadi. Maʼlum boʻlishicha, yaponlar oshqozonida dengiz oʻsimliklari uglevodlarini hazm qilishga yordam beruvchi maxsus mikroorganizmlar mavjud ekan. Bunaqa mikroblar boshqa millat vakillari organizmidan topilmaydi.

Londondagi Temza daryosida qirolicha Yelizaveta II ning mulki hisoblanadigan, tamgʻalangan oqqushlar mavjud. Vinzor sulolasining vakillari XII asrning oʻzidayoq bu qushlarga egalik qilish huquqini taʼsis etganlar. Bunga sabab, u paytda oqqushlar juda kamyob delikates hisoblangan. Xozirgi paytda oqqushlarni hech kim isteʼmol qilmaydi, ammo ingliz qonunlariga koʻra ular hamon qirollik oilasiga tegishli mulk sanaladi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



