Qiziqarli

Shoh Jahon va Mumtoz Mahalning muhabbat tarixi hamda Toj Mahal siri

Shoh Jahon va Mumtoz Mahalning muhabbat tarixi hamda Toj Mahal siri

Toj Mahal maqbarasi Buyuk Boburiylar Saltanatining namoyondalaridan biri Shoh Jahon tomonidan vafot etgan suyukli rafiqasi Mumtoz Mahalga atab barpo qilingan.

Boburiylar sulolasining vakili boʻlmish Shoh Jahon 1592 yilning 5 yanvarida dunyoga keldi. Jahongir shohning uchinchi oʻgʻli, otasi tugʻilganda unga Xurram deb ism qoʻydi. 1627 yilda otasi Jahongir shohdan keyin 36 yoshida taxtga oʻtirgandan keyin ismini Shoh Jahon deb oʻzgartirdi. U juda qattiqqoʻl va jurʼatliligi bilan ajralib turar edi. Bir necha harbiy yurishlar natijasida saltanatining hududini bir necha barobar kattalashtirishga erishdi. Shoh Jahon oʻz davrining enjg qudratli insonlari qatoridan joy oldi. 

Shoh Jahon va Mumtoz Mahalning muhabbat tarixi hamda Toj Mahal siri

U faqatgina harbiy urushlar bilangina chegaralanib qolmadi. Shoh Jahon koʻpgina ilmlarni yaxshi egallagan, ilm-fan va meʼmorchilikka oʻz hissasini qoʻshgan, sanʼat namoyondalarini qoʻllab-quvvatlagan, goʻzallikni qadrlagan.

Mumtoz Mahal 1593 yilda dunyoga keldi. U Jahongir shojning rafiqasi Nur Jahonning akasi hamda saltanat vaziri Abdul Xasan Asaf Xonning qizi boʻlib, tugʻilganida unga Arjumand Bonu Begim, deb ism qoʻyilgan. 

Shoh Jahon va Mumtoz Mahalning muhabbat tarixi hamda Toj Mahal siri

Naql qilishlaricha, shahzoda Xurram  Arjumand Bonuni koʻrib, unga mahliyo boʻlib qoladi. U bu qizni shunchalik sevib qoladiki, unga uylanishga qaror qiladi. Asl millati arman boʻlgan bu qiz Jahongir shohning atrofidagi vazirlardan birining qizi va rafiqasining jiyani edi, yaʼni kelib chiqishi ham oqbilaklardan edi. Shuning uchun bu juftlikning nikohiga hech kim toʻsqinlik qilmadi. Aksincha, bunday ittifoq taxt vorisining pozitsiyasini mustahkamlar edi, biroq shunga qaramay, ular sevishib turmush qurdilar. Fotiha toʻyi 1607 yilda Arjumand Bonu 14 yoshligida boʻlib oʻtgan boʻlsada, baʼzi sabablarga koʻra nikoh toʻyi 5 yilga qoldirildi va ular 1612 yilda turmush qurdilar.

Aynan toʻy kuni Jahongir shoh keliniga Mumtoz Mahal, yaʼni “saroy javohiri”, deb ism qoʻydi. Bu narsa qizning naqadar goʻzal boʻlganligini yana  bir marta isbotlaydi. Saroy shoirlari u haqda shunday der edilar: “Uning chehrasini koʻrib, oy ham uyalib qoladi. U oʻz chiroyi bilan yulduzlarning shuʼlasini ham soʻndirib yuboradi”.

Shoh Jahon va Mumtoz Mahalning muhabbat tarixi hamda Toj Mahal siri

Mumtoz Mahal Shoh Jahonning uchinchi rafiqasi edi. Tabiiyki, taxt vorisining oʻziga yarasha harami bor edi, biroq u yerdagi birorta ham ayol shahzodaning koʻnglidan joy olib, Arjumandni unutishiga erisholmadi. Ularning 19 yillik turmushlari davomida Mumtoz Mahal turmush oʻrtogʻi Shoh Jahonga 14 nafar ( 8 ta oʻgʻil va 4 ta qiz) farzand tugʻib berdi.

1628 yilda Jahongir Shoh taxtga oʻtirdi, Mumtoz Mahal esa Hindiston malikasi boʻldi. Mumtoz Mahal aqlli, zukko va oqila ayol edi, shuning uchun ham u erining yaqin maslahatchisiga aylandi. U hayr-ehsonlari bilan dong taratdi, erini ham beva-bechoralarga yordam berishga chaqirdi. Mumtoz Mahal erining qalbidan chuqur joy egalladi, ular oʻz muhabbatlarini sheʼrlar orqali izhor etar edilar. Shoh Jahon xotinini juda yaxshi koʻrar, hurmatini joyiga qoʻyar, uning sharafiga katta tadbir va bayramlar uyushtirar edi. Xotining ishtirokisiz sulton hech qanday davllat yigʻilishini oʻtkazmas va hech qaysi davlat xujjatiga imzo chekmas edi. Mumtoz Mahal har bir saroy kengashida qatnashar edi, uning fikri hech qachon inkor qilinmas edi. U eriga shunchalik yaqin ediki, uni harbiy yurishlarida ham birga yonida boʻlar edi. 

Shoh Jahon va Mumtoz Mahalning muhabbat tarixi hamda Toj Mahal siri

Afsuski, Arjumand xonimning eriga nisbatan boʻlgan chuqur muhabbati unga juda qimmatga tushdi. 1631 yilda malika homiladorligiga qaramasdan, erining harbiy safariga birga chiqdi. Uzoq yoʻl mashaqqatidan uringan malikaning tugʻruq jarayoni ogʻir kechdi va u farzandini dunyoga keltirib, oʻzi olamdan koʻz yumdi. Mumtoz Mahal xonim bu paytda sal kam qirqqa yaqinlashib qolgan edi. Oʻlimi oldidan u eriga oʻzining sharafiga maqbara qurishini vasiyat qilib qoldi.

Shoh Jahon va Mumtoz Mahalning muhabbat tarixi hamda Toj Mahal siri

Xotinini jonidan ortiq yaxshi koʻrgan Shoh Jahon uning oʻlimidan qattiq iztirobga tushdi. Sakkiz kecha va sakkiz kun davomida u xonasidan chiqmadi va hech narsa yeb ichmadi, hech kim bilan gaplashmadi ham. Uning alami shunchalik kuchli ediki, xatto joniga qasd qilmoqchi ham boʻladi. Buyuk Boburiylar Saltanatida motam naq ikki yil davom etdi. Bu davr mobaynida xalq hech qanday bayramni nishonlamadi, musiqa va raqs ham taqiqlandi.

Suyukli yori va xotini boʻlmish Mumtoz Mahalning oʻlimini oʻziga qattiq olgan Shoh Jahon xotining vasiyatini amalga oshirishni boshlab, ozgina chalgʻiy boshladi. Qayta uylanishdan voz kechdi, hattoki haramidagi ayollarga ham qiziqishini yoʻqotdi. Sultonning buyrugʻi bilan Mumtoz Mahal xotirasiga bagʻishlab maqbara qurilishi boshlandi.

Shoh Jahon va Mumtoz Mahalning muhabbat tarixi hamda Toj Mahal siri

Maqbaraning qurilishi uchun Agra shahri tanlandi. Sultonni Jamna daryo boʻyidagi tabiat manzarasi maftun etdi, shuning uchun u maqbara qurilishi uchun shu joyni tanladi. Suv yaqinida qurilish olib borish ishchilarga qiyinchilik tugʻdirar edi, shunga qaramasdan maqbara qurilishi muvaffaqiyat olib borildi.

Shoh Jahon va Mumtoz Mahalning muhabbat tarixi hamda Toj Mahal siri

Maqbara qurilishi Mumtoz Mahal xonimning vafotidan yarim yil oʻtgach boshlandi. U 1632 yilda boshlanib, naq 12 yil davom etdi. Tarixchilarning taʼkidlashlaricha, dunyodagi hech bir qurilma, hech bir inshoat bunday katta sarf-xarajatga tushmagan. Xotinining vasiyatini bajarish uchun sulton 32 million rupiy sarf qilgan. Bugungi kunda bu bir necha milliard yevroni tashkil etadi.

Shoh Jahon quruvchilarga xom ashyo va materiallarni tejamasdan ishlatishlarini buyurdi. Binoning ichki va tashqi bezagi uchun quyoshda toblanadigan toza marmardan foydalanilgan. Bu marmarni boshqa maqsadlarda ishlatish taqiqlandi.

Shoh Jahon va Mumtoz Mahalning muhabbat tarixi hamda Toj Mahal siri

Toj Mahal maqbarasi 1643 yilda muvaffaqiyatli qurib bitkazildi. Uning buyukligi sulton va uning sevgilisi Mumtoz Mahal nomining abadiylashishiga sabab boʻldi. Shoh Jahon va uning sevgilisi Mumtoz Mahal xonimning muhabbat tarixi maqbaraga tashrif buyuruvchilarga hikoya qilib beriladi. Beqiyos maftunkorlikka ega boʻlgan ushbu maqbara hammani hayratga solishi tabiiy.

Toj Mahalning shuhrat qozonishiga sabab uning noyob chiroyga ega boʻlishini hamda maqbarani qurilishida foydalanilgan optik illyuziyalardir. Gap shundaki, majmua hududiga kirish uchun darvoza oldidagi arkadan oʻtish kerak. Arkaga yaqinlashgan sari maqbara uzoqlashganday tuyuladi, tashrif buyuruvchilar arkadan oʻtishlari bilanoq koʻz oʻngilarida Toj Mahal namoyon boʻladi. Maqbaradan uzoqlashgan sari esa u yaqinlashayotgandek tasavvur hosil qiladi, shuning uchun ham bu yerga kelgan mehmonlar Toj Mahalni oʻzlari bilan olib ketayotgandek holga tushadilar.

Shoh Jahon va Mumtoz Mahalning muhabbat tarixi hamda Toj Mahal siri

Bino majmuasida minoralar ham bor boʻlib, ularning qurilishida ham kichik bir hiyla ishlatilgan. Bir qarashda bu minoralar tik, yaʼni vertikal holatda qad koʻtargandek tuyuladi, aslida esa ular qurilmadan ozgina qiyaroq holda qurilgan. Bu narsa Toj Mahalni zilzila vaqtida vayron boʻlishdan saqlab qoladi. Minoralar balandligi 42 metrni, maqbaraning balandligi esa 74 metrni tashkil etadi.

Toj Mahalga tashrif buyuruvchilar binoning markaziy qismidagi bosh gumbazni malikaning dafn qilingan joyi, deb hisoblaydilar. Aslida esa Mumtoz Mahalning dafn qilingan joyi maqbaraning tagidagi hududda joylashgan maxfiy marmar zalidadir. Bu narsa bejiz qilinmagan. Maqsad – tashrif buyuruvchilar “saroy javohiri” ning tinchini buzmaslikdir.

Shoh Jahon va Mumtoz Mahalning muhabbat tarixi hamda Toj Mahal siri

Suyukli yoridan ayrilgan Shoh Jahonning barcha narsaga qiziqishi soʻndi. Uning saltanat, hokimiyat bilan ishi boʻlmay qoldi, harbiy yurishlarda ishtirok etmay qoʻydi, davlat ishlariga ham koʻp eʼtibor bermay qoʻydi. Buning natijasida saltanat oʻz kuchini yoʻqota boshladi, fitnalar kuchaydi, iqtisodiy krizis boshlandi, isyonlar avj ola boshladi. Taxtni Shoh Jahonning oʻgʻli Avrangzeb egalladi. 

Shoh Jahon va Mumtoz Mahalning muhabbat tarixi hamda Toj Mahal siri

Shoh Jahon 1666 yilda vafot etdi. U ancha keksayib qolgan, kasalmand edi. Sultonning yana bir orzusi bor edi. U Toj Mahal roʻparasida huddi shunday shaklda faqat qora rangdagi maqbarani barpo qilishni rejalashtirgan edi. Bu maqbara uning oʻziga atalgan boʻlishi kerak edi, biroq bu orzusini amalga oshirish unga yozilmagan edi. Otasining oʻrniga taxtga oʻtirgan Avrangzeb bu loyihaning amalga oshishiga toʻsqinlik qildi va yangi maqbaraning qurilish ishlarini toʻxtattirdi. Shunday boʻlsada, Shoh Jahon xotinining vasiyatini amalga oshirib, Toj Mahaldek maqbarani barpo qila olganidan xursand edi.

Bugungi kunda Toj Mahal dunyodagi eng buyuk inshootlardan biri hisoblanadi.  

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar