Foydali

Kundalik roʻzgʻorimizda pullarimizni ortiqcha sarflashimizga sabab boʻladigan keraksiz narsalar

Kundalik roʻzgʻorimizda pullarimizni ortiqcha sarflashimizga sabab boʻladigan keraksiz narsalar

Bozor yoki doʻkondan qaytgandan keyin biz qolgan pullarimizni birma-bir sanab, qanday qilib rejadigidan ortiqcha pul sarflab yuborganimiz va endi maoshgacha qanday yetib olishimiz mumkinligi haqida bosh qotiramiz. 

Ortiqcha sarf harajatdan qutulish uchun pulni aql bilan ishlatishni oʻrganish kerak. Hafta davomida qilgan xaridingizni mayda pullarigacha yozib boring, soʻngra bu xarid qilingan narsalar ichidan ortiqcha va zarurati uncha boʻlmagan narsalar roʻyxatini boshqatdan koʻrib chiqing. Soʻngra xulosa chiqaring, ularning ichida qay biri kerak emas, qaysi birlariga ortiqcha pul sarflagansiz. Keling, koʻrib chiqamiz, biz ortiqcha pullarimizni nimalarga sarflab yuborar ekanmiz.

Kundalik roʻzgʻorimizda pullarimizni ortiqcha sarflashimizga sabab boʻladigan keraksiz narsalar

Hammamiz bilamizki, sogʻlom hayot uchun koʻp miqdorda suv ichish zarur, ayniqsa bizning quyoshli oʻlkada. Koʻchaga chiqar ekanmiz, darrov chanqaymiz va plasttik idishdagi suvlardan sotib olishga majbur boʻlamiz. Buning oʻrniga suv uchun maxsus idish sotib olib, koʻchaga chiqish oldidan uni suv bilan toʻldirib olib, oʻshandan foydalanish kerak.

Mobil aloqangizning tarifi sizning ehtiyojingizga qanchalik toʻgʻri keladi, shu haqda oʻylab koʻrganmisiz? Odatda, biz raqamli sim karta sotib olayotganimizda mavjud tariflardan biriga ulanamiz va yillar davomida shu tarifda qolib ketaveramiz. Buning orasida esa  sizning manfaatlaringizga mos tushadigan yangi foydali tariflar chiqadi. Shuning uchun operatoringizdan yangiliklar haqida xabardor boʻlib turing.

Odatda, biz doʻkon va bozorlardan bizga kerakli mahsulotlardan koʻproq narsalarni xarid qilib qoʻyamiz. Natijada sotib olingan narsalarning 20% uvol boʻladi. Bunday holga tushmaslik uchun oziq-ovqat mahsulotlari xaridini och qoringa qilmaslik lozim. Avval eng zarur mahsulotlar roʻyxatini  tuzib, shunga qatʼiy amal qilgan holda bozor va doʻkonlarni aylaning.

Kundalik roʻzgʻorimizda pullarimizni ortiqcha sarflashimizga sabab boʻladigan keraksiz narsalar

Kinoteatrlarda yangi kino chiqishi bilan darrov chopqillab ketmang. Premyera davrida kino biletining narxi ancha qimmatroq boʻladi, aktsiya va chegirmalar ularga oʻtmaydi. Shuning uchun biror hafta sabr qilib turing, bilet narxi arzonlashganda bemalol tushaverasiz.

Sizning uyingizda ham paket toʻla paketlar bormi? Ular arzimagan narx turadi deysizmi, unda ularning umumiy bahosi qancha boʻlishini bir hisoblab chiqingchi! Bundan tashqari polietilen paketlarning ekologiyaga zarari haqida ham oʻylab koʻring! Undan koʻra uzoq vaqt xizmat qiladigan mahkamroq  va pishiqroq roʻzgʻor uchun xaltalarni sotib olib, shulardan foydalaning.

Kundalik roʻzgʻorimizda pullarimizni ortiqcha sarflashimizga sabab boʻladigan keraksiz narsalar

Bozor va doʻkonlarni aylanar ekanmiz, chiroyli kiyimlarning jozibadorligidan hissiyotga berilib, zarurati boʻlmasa ham ularni oʻzimiz bilmagan holda sotib  olamizda, keyin kiyim jovoniga osib qoʻyib, kiymay qoʻyamiz. Bu narsa ayniqsa razmeri toʻgʻri kelmaydigan kiyimlar bilan koʻp sodir boʻladi. Toʻgʻri kelmasada, ozib qolish umidida kuylak sotib olganlar sonmingta.

Supermarket va doʻkonlarda kassalar oldidagi tokchalarga marketologlar yaltiroq va shaldiraydigan qadoqdagi yengil yeguliklarni bekorga qoʻyadilar deb, oʻylaysizmi? Biz navbatda turar ekanmiz, koʻzlarimiz oʻynab, tomogʻimiz taqillab, roʻyxatga kiritilmagan biror narsani sotib olib, yegimiz kelib qoladi. Ha, arzonku, deyishingiz mumkin. Biroq bu ham byudjetga zarar berishi va ayniqsa, qayta qayta qaytarilishida anchagina bilinib qolishi mumkin.

“Eko”, “bio”, “fitnes” yozuvi boʻlgan mahsulotlar bugungi kunda ommalashgan, narxi ham shunga yarasha yuqori. Bilib qoʻying, bu siz koʻproq pul toʻlashingiz uchun oʻylab topilgan marketing hiylasi.

Boshqa shahar yoki davlatlarga qilgan sayohatimiz davomida biz koʻzimizga chiroyli koʻringan suvenirlarni sotib olishga oʻrganib qolganmiz. Uyga yetib kelishimiz bilan esa uni tokchalardan biriga, orqaroqqa qoʻyib qoʻyamiz. U esa u yerda chang yigʻishdan boshqasiga yaramaydi. Agar siz sayohatdan esdalik boʻlsin desangiz, idish, roʻmolcha, sharf yoki shunga oʻxshash foydali biror narsa sotib olishga harakat qiling.

Yuqoridagi maslahatlarga amal qilsangiz, ancha-muncha pullaringizni tejab qoʻyasiz.  

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar