Foydali

Omadli shaxslar va muvaffaqiyatli insonlar kunlarini qanday tashkillashtirishadi? Kun tartibini tuzishda milliarderlar qoʻllagan usullar

Omadli shaxslar va muvaffaqiyatli insonlar kunlarini qanday tashkillashtirishadi? Kun tartibini tuzishda milliarderlar qoʻllagan usullar

Ertalab qatʼiy jadvalga rioya qilish juda muhim, chunki u butun kunni tartibga solishga yordam beradi. 

Muvaffaqiyatli odamlar erta tongda turishadi. Koʻpchilik sovuq dush qabul qiladi yana ayrimlar esa yugurishga ulgurishadi.

Oʻz maqomini saqlab qolish uchun, muvaffaqiyatli odamlar kelgusi kun va asosiy rejalar haqida 10 daqiqa oʻylamasdan ishlashni boshlamaydilar. Yaxshi boshlash yaxshiroq natijalarga erishishga yordam beradi.

Omadli shaxslar va muvaffaqiyatli insonlar kunlarini qanday tashkillashtirishadi? Kun tartibini tuzishda milliarderlar qoʻllagan usullar

Koʻpgina milliarderlar, sportchilar va omadli shaxslar kundalik vazifalarini vaqtning kichik qismlariga ajratadilar. Koʻpchilik yarim soat yoki bir soat uchun reja tuzganda, muvaffaqiyatli odamlar hattoki bir necha daqiqa uchun ham reja tuzishadi.

Tadqiqotlarga koʻra, unumdorlik pasaygunga qadar biz 5 dan 6 soatgacha ishlashga eʼtibor qaratishimiz mumkin. Shuning uchun, muvaffaqiyatli odamlar kunni murakkab ishlardan boshlaydilar. 

Ular tanaffus qilganlarida, istalgan yumushini qilishi mumkin. Faqatgina ishni emas.Tushlik paytida ishlash, albatta, notoʻgʻri. Boʻsh vaqtingizni kuch va dam olish uchun ishlatishingiz kerak. Masalan, Bill Geyts tanaffuz chogʻida qarta oʻynaydi.

Omadli shaxslar va muvaffaqiyatli insonlar kunlarini qanday tashkillashtirishadi? Kun tartibini tuzishda milliarderlar qoʻllagan usullar

Albatta, siz ishdan keyin dam olishingiz va tiklanishingiz kerak. Kechgacha ishlamang. Biroq, muvaffaqiyatli odamlar ishdan keyin vaqtlarini hayotlarini yaxshilaydigan narsalarga sarflashadi. Ular loyihalarni amalga oshiradilar va sevimli mashgʻulotlariga vaqt ajratadilar.

Masalan, Ilon Mack kun oxirida mutolaa qilishni yaxshi koʻradi. U har kuni ikkita kitob oʻqiydi, bu unga ilhom bagʻishlaydi. Maskning eng sevimli kitobi – “Uzuklarning Egasi”.

Hayotingizni yaxshilaydigan yana bir faoliyat chet tilini oʻrganish boʻlishi mumkin.

Omadli shaxslar va muvaffaqiyatli insonlar kunlarini qanday tashkillashtirishadi? Kun tartibini tuzishda milliarderlar qoʻllagan usullar

Uyqu juda muhimdir. Faqat yetarli uyqu bilan kun boʻyi samarali ishga qoʻl urishingiz mumkin.

Muvaffaqiyatli odamlar ortida chuqur maʼno boʻlmagan hech bir ishga qoʻl urishmaydi.

Bir lahzalik hayot bilan yashamang. Sizda hayotga boʻlgan maqsad, jiddiy va muhim sabab boʻlishi kerak. Muvaffaqiyatli odamlar doimo oʻzlarining xatti-harakatlari haqida oʻylashadi va ularning harakatlari doimo yaxshi tashkil etilgan.

Omadli shaxslar va muvaffaqiyatli insonlar kunlarini qanday tashkillashtirishadi? Kun tartibini tuzishda milliarderlar qoʻllagan usullar
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar