Kichik shaharchada ulkan predmetlar
Kichik shaharchada ulkan predmetlar
3 km maydonda joylashgan, 3 ming aholiga ega bo'lgan Illinoys shtatidagi Keysi shaharchasi AQSHning eng kichik shahari hisoblansa-da, u dunyodagi eng ulkan bir qancha predmetlarning uyi ham sanaladi.

Ular orasida: musiqali ilgak, kreslo-tebranuchi kursi, to'quv piltasi va ilgagi, pochta qutisi, golf uchun qoziqcha, yogo'chli bir just boshmoqlar, tangalar, qush qafasi, chizg'ich, qalam,makkajo'xori so'tasi, karnegiya va boshqalar. Uladan 8 tasi Ginnes rekordlari Kitobiga kiritilgan. Bu barcha joylarning yaratuvchisi - tadbirkor Jim Bolen.

Bolin - Bolin Enterprises Inc. kompaniyasining vitse-prezidenti hisoblanadi, bu kompaniya o'z ishini oilaviy garajdagi kichik  avtobo'yoq ustaxonasidan boshlagan. Hozirgi kunda Bolin 240 ta xodimning boshlig'i va firma butun mamlakat bo'yicha neft va gaz quvurlarining texxizmati bilan shug'ulladi. Lekin Bolinning barcha korxonalari omadini Keysi bo'lishmadi. Yildan-yilga u do'konlari va firmalari yopilishini kuzatib bordi - oyoq kiyim fabrikasi, qurilmalar sehi va do'koni, xo'jalik mollari do'koni, ozuqa do'konlari. 2000-yil oxirida ro'y bergan iqtisodiy inqiroz Bolinga ham o'z salbiy ta'sirini o'tkazmay qo'ymadi. Aynan o'sha vaqtda Bolin mahalliy iqtisodiyotni ta'minlash uchun mamlakatdagi  turistik biznesni rivojlantirish kerakligini anglab yetdi.

Bolin truboquvurlar xizmati bilan shug'ullanganda ko'plab keraksiz konstruksiyalarga ega bo'lgan. Ulardan ulkan tebranuvchi kursi yaratishda foydalanishni maqsad qilib qo'ygan. Loyihaning amalga oshirilishiga 2 yil ketdi. 2011-yilda kursi yakunlanganida uning balandligi 16,5 metrga yetdi. Shundan keyin g'oyalar yogi'lib kela boshladi.

Bolin Enterprises firmasida bo'yoq do'koni va bir necha iqtidorli hunarmandlari bor edi. Bundan tashqari ular eski telefon ustunlari (ulardan ulkan tebranuvchi kursi qurishda foydalanishgan) va neft baklari  (ular ulkan pochta qutisining asosi, qush qafasining tag qavatiga aylangan) kabi materiallarga ega bo'lishgan. Ulkan inshootlarning qurilishida ishlatilgan deyarli barcha materiallar chiqarilgan va takroriy foydalanish uchun mo'ljallangan edi. 

Ginnes rekordlari Kitobiga kirish shartlaridan biri bu - predmetlarning funksional bo'lishi, nima uchundir xizmat qilishi kerak. Shuning uchun ham Bolin ulkan to'quv ilgagini qurib, jiyani Janet Hyuzinga topshirdi. Uning iplar sotiladigan do'koni bor edi. Dunyodagi eng katta tebranuvchi kursiga chiqib, ulkan to'quv ilgagi bilan toq'ish orqali dunyodagi eng katta sharfni yaratilishiga olib kelishi mumkin. Endi dunyodagi eng katta to'quv ilgagi va plitasi tasviri Janetning do'konini bezab turibdi.

Bolinning ulkan predmetlari mahalliy iqtisodiyot uchun mo'jizalar yaratmoqda. Masalan, konfet do'koni dunyodagi eng katta boshmoqlar bilan bir tom ostida joylashgan. Bu do'konda ulkan boshmoqchalarni ko'rgani kelgan turistlar sababli savdo ishlari juda yaxshi ketadi. Tashrif buyuruvchilar hatto omad kelishi uchun shu boshmoqlarga pul ham otishadi. Yig'ilgan pullar kam ta'minlanganlar uchun Tuman oshxonasiga yuboriladi.  Xuddi shunday dunyodagi eng katta pochta qutisi ham muhrlangan otkritkalar sotuvida katta ahamiyatga ega. Turistlar ularga qo'l qo'yib o'sha yerga otishadi. Yuzlab otkritkalar ofis bo'limlarida muhrlanadi va aynan rekordsmen-pochta qutisiga atalgan pochta markalari yopishtirib chiqiladi. 

Bolin shaharcha uchun yana bir qancha ulkan predmetlarni rejalashtirgan. Yaqin oylarda yoki yillarda Keysida ulkan bolg'a, ulkan tebranuvchi ot, katta beysbol bitalari, ulkan golf klubi va butun oilani sig'dira oladigan ulkan arg'imchiqlar qurilishi reja ostiga olingan.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook