Oshxona

Malayziya oshxonasi bisotidan: “Roti Jala” blinchiklari

Malayziya oshxonasi bisotidan: “Roti Jala” blinchiklari

125 gr un

2 choyqoshiq karri

1 choyqoshiq kurkuma

1 dona tuxum

200 ml kokos suti (yoki sigir suti)

bir chimdim tuz 

Malayziya oshxonasi bisotidan: “Roti Jala” blinchiklari

1.            Un elakdan oʻtkazib olingach, ichiga karri, kurkuma va tuz qoʻshiladi. Barcha masalliqlar oʻzaro aralashtiriladi. 

Malayziya oshxonasi bisotidan: “Roti Jala” blinchiklari

2.  Unning oʻrtasida chuqurcha hosil qilinadi va asta-sekinlik bilan kokos suti quyiladi. Xamir venchik yordamida aralashtiriladi. 

Malayziya oshxonasi bisotidan: “Roti Jala” blinchiklari

3.   Aralashma ichiga tuxum chaqiladi. 

Malayziya oshxonasi bisotidan: “Roti Jala” blinchiklari

4.   Xamir polietilen paket ichiga quyilgach, paketning bir uchi kesiladi. Tayyor xamir qizdirilgan oʻsimlik yogʻi ustidan gul shaklidagi naqsh koʻrinishida siqib chiqariladi. 

Malayziya oshxonasi bisotidan: “Roti Jala” blinchiklari

5.   Blinchikning ikkala tomoni ham tillarang tusda qovurib olinadi. 

Malayziya oshxonasi bisotidan: “Roti Jala” blinchiklari

6.    Sovigan blinchiklar uchburchak shaklga keltiriladi va shu holatda dasturxonga uzatiladi. 

Malayziya oshxonasi bisotidan: “Roti Jala” blinchiklari
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar