Margarret Tetcher aslida kim? Uning mashhur iborlari va hayoti haqida maʼlumotlar

Margarret Tetcher nozik hilqat vakillari nafaqat oilani egallashlari mumkinligini, balki onalik, bekalik vazifalarini karera bilan oʻzaro muvofiqlashtirishni uddalay olishlarini barchaga isbotlab berdi. U umrining ohirgi kunlariga qadar turmush oʻrtogʻi bilan bir tanu bir jon boʻlib hayot kechirdi. Ikki nafar farzandni tarbiyalab voyaga yetkazdi.

Margarret Tetcher, shuningdek, dunyo mamlakatlari birinchi honimlarining garderoblari va dunyo diaynerlari kolleksiyalarida hozirgacha bot-bot koʻzga tashlanuvchi bashang uslub asoschisi hamdir. Mazkur uslubdagi eng mashxur detallar - kostyum-yubka(eʼtibor bering, shim emas!), xashamdor marvarid va toʻgʻnogʻich, koʻkrak qismiga bogʻlanadigan band bilan uygʻunlashtirilgan ipak bluza, shlyapa, odmi va silliq teridan ishlangan ortiqcha bezaklarsiz sumkalar barchaga tanish.

“Temir honim” eʼtirofi faqatgina uning shaxsiy va siyosatchi sifatidagi hislatlarini emas, “xonim” soʻziga urgʻu berib turuvchi uslubni ham aks ettiradi. U ayollar huquqlari uchun tinmay kurashdi va bu borada muayyan natijalarga ham erishdi. Margarret Tetcher har qanday vaziyatda ham viqor, magʻrurligini saqlab qola olgan buyuk siyosatchi va haqiqiy honim edi.

- Kuchli va irodali boʻling, haqiqiy honim aslida shunday boʻladi. Agar bu tushuncha sizga begona boʻlsa, demak, siz oʻzga toifaga mansubsiz.
- Bizning 90 foiz tashvishlarimiz hech qachon amalga oshmaydigan masalalar hususida boʻladi.
- Suhbatdoshingiz bilan til topishish uchun uning har bir gapiga qoʻshilishingiz shart emas.
- Menga omad kulib boqdi, demayman. Zero, barchasiga oʻz kuchim bilan erishdim.
- Agar natija men istagandek boʻlsa, haddan ziyod sabrli boʻlishga ham tayyorman.
- Tekin pishloq faqat qopqonda boʻladi.
- Uy ayol kishi uchun chegara emas, markaz boʻlishi lozim.
- Pastkash insonlar buyuklarni muhokama qilib rohatlanadilar.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



