Qiziqarli

Mark Tsukerberg oʻz milliardlarini qanday sarf qiladi?

Mark Tsukerberg oʻz milliardlarini qanday sarf qiladi?
Mark Tsukerberg oʻz milliardlarini qanday sarf qiladi?

Ancha vaqt Mark, yaxshi daromadga ega boʻla turib, Facebook idorasi oldidagi uyni ijoraga olib yashab kelgan. Ammo bir necha yil oldin oʻz moliyaviy maslahatchilari gapida quloq tutib, va soliqlarni kamaytirish uchun 7 mln dollarli (uning umumiy mulkini hisobga olganda dengiz ustiga tomchi kabi) uy xarid qildi.

Mark Tsukerberg oʻz milliardlarini qanday sarf qiladi?

Uy muhiti anchagina tinch va sokin: Tsukerberglar (Mark, uning turmush oʻrtogʻi va qizi) alohida, mehmonlarni chaqirmasdan va bayramlar oʻtkazmasdan yashashadi. 

Mark Tsukerberg oʻz milliardlarini qanday sarf qiladi?

Izolyatsiyalanib yashashga moyillik rivojlanmoqda: Facebook boshligʻI hozirda uyi atrofidagi barcha uy-joyni sotib olmoqda, va bunga u 30 million dollardan ortiq sarf qilmoqda. Shu bilan birga, Tsukerberg bir joyda qolib ketishni yoqtirmaydi va baʼzida atrof-muhitini almashtirib turadi. Balki shu niyat bilan 32 yoshli milliarder Kauai orollarida katta maydonlarni sotib oldi.

Mark Tsukerberg oʻz milliardlarini qanday sarf qiladi?

Endi Mark oʻzining alohida plyajiga ega. Ammo u oʻzigaoʻxshamasdi, agar yoqimli ishni foydali ish bilan solishtirmaganida: oroldagi oʻsha 700 akrda shakar qamishlarini ishlab chiqarish boʻyicha zavod joylashgan, va shuningdek, organik mahsulotlar yetishtiriladigan ferma ham bor. Umuman olganda, mana shular Mark Tsukerberg boyligini koʻrsatuvchi narsalardir.

Mark Tsukerberg oʻz milliardlarini qanday sarf qiladi?

Boshqa tomonlama umillionlardan hech ham farq qilmaydi: oddiy futbolkalar kiyadi va Volkswagen haydab yuradi. Oʻtgan yili Tsukerberglar Italiyada dam olib oʻtirgan vaqtlarida, muxbirlar ularni McDonaldsda ovqatlanayotganlarini rasmga olishgan. Va yana Mark oʻziga oʻzi 1 $ lik oylik ish haqi berib turadi va Facebook dagi oʻz aksiyalarining 99 % ni xayriya maqsadlarida berishga soʻz berdi. U Texasdagi bogʻ oʻdtirishda, rodeoda boʻlgan, oddiy amerikaliklar bilan tushlik qilgan, Viskonsinda sigir soqqan.

Mark Tsukerberg oʻz milliardlarini qanday sarf qiladi?

Xabarberishlaricha, Mark bir yil ichida barcha shtatlarga borib kelishni maqsadqilib qoʻygan. Va endi koʻpgina Ommaviy axborot vositalari gumon qilishyapti: bu prezidentlik kursisi uchun kurash boshlanishi emasmikan? Tsukerbergning oʻzi jim, siyosiy mavzularga suhbatlashishdan oʻzini tortadi, ammo kim biladi: u Donald Tramp oʻrniga kelmoqchi emasmikan?

Mark Tsukerberg oʻz milliardlarini qanday sarf qiladi?
Mark Tsukerberg oʻz milliardlarini qanday sarf qiladi?
Mark Tsukerberg oʻz milliardlarini qanday sarf qiladi?
Mark Tsukerberg oʻz milliardlarini qanday sarf qiladi?
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar