Miya faoliyatini ragʻbatlantirish uchun samarali 5 usul

Aniqlanishicha, bodom inson xotirasini kuchaytirish xususiyatiga ega. Bodom moyini sut bilan aralashtirgancha uyqu oldidan yoki tong paytida ichib olsangiz, tez orada ijobiy natijalar yaqqol sezila boshlaydi. Miya faoliyatini yaxshilashda bodomli ichimlikning oʻrni ham beqiyosdir. Uni tayyorlash uchun bodomning poʻsti archib olinadi, maydalab chiqiladi va ustiga suv solib, shakar qoʻshiladi.

Massachusets universitetida oʻtkazilgan tadqiqot natijalariga koʻra, olma sharbati asablarni tinchlantirish uchun zarur boʻlgan atsetilxolin moddasining ishlab chiqarilishini kuchaytiradi. Buning oqibatida esa xotira yaxshilanib, miya faolroq ishlay boshlaydi.

Tadqiqotlarning koʻrsatishicha, uyqu paytida insonning kun davomida koʻrgan-kechirganlari miyada qaytadan aylana boshlaydi. Natijada kishi xotirasi yaxshilanadi.

Stress miya imkoniyatlariga qarshi kurashadi. Miya stress holatida xotira zaxiralarini har doimgidan koʻproq ishlatadi, bu esa uning sustlashishiga olib keladi. Har kuni mayda va oddiy, ammo yoqimli ishlar bilan shugʻullanishni odat tusiga kiriting. Musiqa tinglang, bolalar bilan oʻynang, toza havoda sayr qiling, sevimli mashqlar va badantarbiya bilan shugʻullaning.

Tabobatda qisqa muddatli ochlik tananitozalashi va undagi toksinlarni chiqarib tashlashi allaqachon oʻz isbotini topgan. Ogʻir taomlar ovqat hazm qilish tizimi bilan birga miya faoliyatiga hamsalbiy taʼsir koʻrsatadi.
Vaqti-vaqti bilan bir kunlik parhez tutish orqali esa nafaqat kasalliklar, balki charchoq va bezovtalik, miyadagi zoʻriqish hissidan xalos boʻlasiz.


Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



