Foydali

Miyaga salbiy taʼsir etuvchi 10 ta omillar

Miyaga salbiy taʼsir etuvchi 10 ta omillar

Suz uchun maxsus - miyaga salbiy taʼsir etuvchi 10 ta omillar.

Miyaga salbiy taʼsir etuvchi 10 ta omillar
Miyaga salbiy taʼsir etuvchi 10 ta omillar

Ertalabki ovqat tanavul qilishni oʻtkazib yuborish kun davomida kishining tonusi va mehnatga layoqatiga salbiy taʼsir qiladi. Bu kundek ravshan tuyuladi, lekin bu yerda gap organizm uchun zarur energiya isteʼmol qilish ustidagina bormay. Balki, nonushta qilmaslik qondagi qand miqdorini pasaytirishi toʻgʻrisida. Bu esa oʻz navbatida, miyaga ozuqaviy moddalarning yetib kelishini qiyinlashtiradi.

Miyaga salbiy taʼsir etuvchi 10 ta omillar

Avvalgi boʻlim, nima uchun miyaning samarali ishlashi uchun shirinlikning, shu bilan birga, ayniqsa achchiq shokolad, isteʼmol qilinishini tavsiya qilishlarini tushuntirib beradi. Biroq, shakarning meʼyordan ortiq miqdori oqsilning va ozuqaviy moddalarning oʻzlashtirilishida muammolar keltirib chiqaradi. Natija huddi qondagi qand miqdori pastligidagi kabi: ozuqaviy moddalar miyaga yetib bormaydi.

Miyaga salbiy taʼsir etuvchi 10 ta omillar

Kuchli psixoemosional zoʻriqish neyronlar oʻrtasidagi bogʻlanishlar uzilishiga olib keladi va sabab-natija aloqalarini va hodisalar ketma-ketligini tushunishni qiyinlashtiradi. Bu bilan kuchli asabiy qoʻzgʻalish va qoʻlidan barcha narsalar toʻkilib ketayotgani hissi bogʻliq. Yigʻilib qolgan stress xotirani susaytiradi va intellektual salohiyatni pasaytiradi.

Miyaga salbiy taʼsir etuvchi 10 ta omillar

Kuchli taʼsir etuvchi dori vositalari bilan yoppasiga qiziqish muammosi eng koʻp AQSH da dolzarbdir. U yerda bu kabi dorilar juda onson yozib beriladi. Ksanaks kabi mashxur antidepressantlar va uyqu dorilarini isteʼmol qilish xotirani hattoki amneziyagacha yomonlashtirib yuborishi, aqli zaiflikni keltirib chiqarishi va xiraxandon suisidal oylar paydo boʻlishiga olib kelishi mumkin.

Miyaga salbiy taʼsir etuvchi 10 ta omillar

Agarda chekishning organizmga salbiy taʼsiri haqida gapirganda, birinchi boʻlib koʻz oldiga buzilib ketgan tishlar va qora oʻpkalar tasviri keladi. Shu bilan birga sigaretalar bosh miyaga qanday taʼsir qilishi haqida kam gapiriladi: nikotin miyaning qon tomirlarini toraytiradi. Aytganday, konyak aksincha, kengaytiradi. Miyada ozuqaviy moddalar yetishmasligi bilan bogʻliq muammolardan tashqari, chekish koʻp marotaba Alsgeymer kasalligini havfini koʻpaytiradi.

Miyaga salbiy taʼsir etuvchi 10 ta omillar

Yetarli miqdorda quyosh nurlarini yetishmasligi odamning oʻrganish qobiliyatiga toʻgʻridan toʻgʻri taʼsir qiladi. Birinchidan, quyosh nurlari bilan birga olinadigan ultrabinafsha qon aylanishi, yaʼni kislorod va ozuqaviy moddalar oqib kelishni tartibga soladi. Ikkinchidan, quyosh nurlari serotonini ishlab chiqarishga yordam beradi. U esa, odamning kayfiyatiga taʼsir qiladi.

Miyaga salbiy taʼsir etuvchi 10 ta omillar

Suvning yetishmasligi miya hajmini kichrayishiga olib keladi. Bu esa, uning ishga layoqatinu pasaytiradi va informasiyalarni yodda qoldirish qobiliyatini deyarli nolga teng boʻlishiga olib keladi. Sutkada oʻrtacha 2 litr suv ichish tavsiya qilinadi.

Miyaga salbiy taʼsir etuvchi 10 ta omillar

Yil sayin odam tomonidan oʻzlashtiriladigan axborotlar miqdori koʻchki kabi koʻpayib bormoqda. Bu miya uchun mashqdek tuyulsada, haqiqatda esa, bu oʻrtachalik boʻlib, unga miya qarshilik bilan javob beradi. U vaqti kelganda axbotot oʻzlashtirishi toʻxtashi bilan ifodalanadi va hattoki xotiraning yoʻqolishigacha olib keladi.

Miyaga salbiy taʼsir etuvchi 10 ta omillar

Informasion dunyoning boshqa anomaliyasi: odam bir vaqtning oʻzida bir qancha axborot oqimlarini qabul qiladi. Buning natijasida ularning biri kerakli darajada oʻzlashtirilmaydi. Ong esa bu kabi ish tartibga oʻrganib qoladi. Axborot yuzaki qabul qilinadi, diqqatni bir joyga jamlab, faoliyatni tez-tez oʻzgartirmasdan, biror bir ish bilan shugʻullanish har gal qiyinroq boʻlib qoladi.

Miyaga salbiy taʼsir etuvchi 10 ta omillar

Bu hammaga maʼlum boʻlgan holat global muammo boʻlmoqda. Sogʻliqni saqlash tashkilotining maʼlumotlariga koʻra, oxirgi 100 yil ichida odam oʻrtacha 20 foizga kam uxlaydigan boʻldi. Kuchli uyqu yetishmasligi faktik uygʻoq holatida miyaning turli qismlari sekin uyqu fazasiga oʻtib ketishga olib keladi. Bu vaqtda odam bitta nuqtada "osilib" qoladi diqqat tarqoq boʻlib, mayda motorika yomonlashadi. Doimiy uyqu yetishmasligi miya hujayralari oʻlishiga olib keladi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar