Moda: Tarix va Faktlar

1. Tarixdagi ilk sunʼiy kipriklar 1916 yili gollivud rejissori D.U. Griffit tomonidan oʻylab topilgan boʻlib, ular tabiiy soch tolasidan ishlab chiqilgan.

2 Oʻz liboslariga kompaniya logotipini ilk bor joylashtirgan brend Lacoste hisoblanadi.

3 Qadimda aslzoda honimlar qoʻlidagi roʻmolcha gigienik maqsadda emas, uchib kelayotgan chivin va pashshalarni haydash uchun xizmat qilgan ekan.

4 Oʻrta asrlarda balandligi 60 sm gacha yetgan oʻtkir qirrali bosh kiyimlar urfga kirgan, aslzoda honimlar esa bir necha metrli shlyapalar kiyib sayrga otlanganlar. Tinib –tinchimagan kichkintoylar koʻchada bunday holatni koʻrishi bilan yirik shlyapalarni tosh bilan urib tushirishga harakat qilgan ekan.

5 Eng muhim moda namoyishlari ketma-ketlikda Nyu-York, London, Milan va Parij shaxarlarida oʻtkaziladi.

6 XV asrda dizaynerlar (agar ularni shunday atash mumkin boʻlsa) tomonidan yaratilgan kolleksiyalarni namoyish etish chogʻida modellar hizmatidan emas, kichik qoʻgʻirchoqlardan foydalanishgan.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



