Mukammal pardozning 10 sharti

1. Yuz tuzilishi shaklini istalgandek koʻrinishga keltirish uchun konturing sanʼatidan foydalanish tavsiya etiladi. Konturingda eng muhimi - kerakli rangdagi bronzerni tanlab olishingizdir!

2. Koʻzlarga bir tekisda chiziq tortish uchun (strelka) oddiygina skotchdan foydalanishingiz mumkin.

3. Kipriklaringiz xajmdor va qalin koʻrinishini istaysizmi? Buning uchun tushingiz choʻtkasini issiq suvga tiqib oling-da, idishga botirib kipriklarni boʻyab chiqing. Issiq suv taʼsiri ostida barcha qumoqchalar yoyilib, boʻyash jarayonida noqulaylik yuzaga keltirmaydi.

4. Lablaringizni aslidan birozgina katta koʻrsatish uchun kontur qalamini lab chizigʻidan emas, biroz chetrogʻidan yurgizib olsangiz bas.

5. Pardozda qoshlar ham esingizdan chiqmasin!

6. Yorqin ranglar asosidagi pardoz esa koʻzingizdagi charchoq izini bir zumda bartaraf eta oladi.

7. Koʻzingiz rangiga mos ten tanlash orqali asl malikalar kabi koʻrinishingiz aniq.

8. Koʻzlari zumrad kabi yashil xonimlar uchun eng ajoyib yechim - tabiiy pardoz hisoblanadi.

9. Qurib qolgan tushni issiq suv yordamida qaytadan oʻz holiga keltirish mumkin.

10. Koʻzoynak oynasidagi kichik chiziqlarni quyidagi aralashma yordamida bartaraf etish imkoni mavjud. Buning uchun chiziqlar ustidan tish pastasi surtiladi va suv bilan yuvib tashlanadi. Suv va osh sodasi omuxtasi ham oynalarni tozalovchi xususiyatga ega.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



