Bolalikdan qolgan jarohat: Yuragingiz tubida nimalar bor ekanligini aniqlaymiz!

Bugungi kundagi ruhiy holatingizga bolalik onlaringizdagi aynan qaysi vaqt va hodisa koʻproq taʼsir qilganini bilmoqchi boʻlsangiz, ushbu testni sinab koʻrishga aslo erinmang.
Mazkur suratga nazar tashlang va ayni vaqtdagi holatingizga suratlarning qaysi biri koʻproq mos kelishi haqida oʻylab koʻring.

Ushbu tanlov bolalikda yaqinlaringiz tomonidan sizga yetarlicha mehr koʻrsatilmagani haqida anglatadi. Hamisha ular tomonidan maqtov hamda eʼtirofga sazovor boʻlishni istab kelgansiz, ammo bu talabingiz hech qachon qondirilmagan. Oqibatda yoshingiz ulgʻaysa ham oʻzingizga boʻlgan ishonch pastligicha qolavergan. Sizni har qanday tanqid va salbiy gap qattiq qoʻrquvga soladi. Rad javobini olishdan qoʻrqqaningiz sababli yaqinlaringizga ham biror iltimos bilan murojaat qila olmaymiz. Shu sababli barcha dardlaringizni ichingizga yutasiz va hayotingizga yanada koʻproq muammolarni jalb qilib olasiz.
Tanqidni toʻgʻri qabul qilishga oʻrganing, ana shunda hayot zarbalari siz tasavvur qilganchalik ogʻir emasligini ham tushunib yetasiz.

Bolalikda atrofingizdagilar sizni odamlarga ishonmaslik uchun majbur qilishgan. Shu sababli ham insonlarga boʻlgan ishonch hissi pasayib ketgan. Bu narsa siz istagan oʻyinchoqni olib bermaganlari bilan bogʻliq holat emas, albatta. Hotirangiz qaʼridagi ushbu jarohat anchagina jiddiyroq ekani aniq. Urinishlaringiz hech qanday natija bermagan, odamlar ustingizdan kulishlaridan qattiq qoʻrqqansiz. Oqibatda yaqinlaringizga boʻlgan ishonch hissi ham asta-sekin sizni tark etgan.
Yaqinlaringiz bilan haddan tashqari uzoqlashmaslikka harakat qiling. His-tuygʻularingizni boshqalardan berkitish orqali oʻzingizga azob bera koʻrmang.

Balki bolalik vaqtlaridanoq ota-onangiz tomonidan sizga yetarlicha ishonch bildirilmagan, sinfdoshlaringiz doimiy ravishda sizni masxara qilib kelishgandir. Shu sababli ham maqtov va eʼtirofsiz yashashga butunlay oʻrganib qolgansiz. Mukammallik ortidan quvasiz, barchaga oʻzingizning qanchalar oliyjanob ekanligingizni isbotlash uchun kuch sarflaysiz.
Boshqalarga yoqish uchun umringizni bekorga sarf etmang. Baʼzan xudbinroq boʻlish ham aslo zarar qilmaydi. Bagʻrikengligingizdan oʻz maqsadi yoʻlida foydalanmoqchi boʻlgan kimsalar koʻp ekanligini unutmang.

Bolalikda yaqin insoningizdan ayrilgancha judaqattiq zarbaga duchor boʻlgansiz. Shu sababli navbatdagi yoʻqotishlar qoʻrquvi sizga baxtli yashash uchun imkon bermay keladi. Baʼzan sevgan insoningizni yoʻqotib qoʻyish qoʻrquvi haddan tashqari xudbinlikka sabab boʻlishi mumkin.
Ertani oʻylayvermay, bugungi kun bilan yashashni oʻrganing. Hayolingizdagi yomon narsalarni tashqariga chiqarib tashlang. Hayotning har onidan zavq olishni biling.
Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



