Nega amerikaliklar kirni uyda yuvmaydi?

Kiyimlarni yuvish va dazmollash xizmati Gʻarbda XIX asr oxirida paydo boʻlgan. Bu juda qimmat xizmat edi: ish maxsus yonlangan kishilar tomonidan bajarilar edi, manzilga eltib berish uchun esa pochtadan foydalanilgan. Kiyimni oʻzi yuvish uchun qayergadir borish haqida gap ham boʻlishi mumkin emas edi.
Chuqur depressiya yillarida aholining keng qatlamlari uchun ham arzon kir yuvish xizmatlari zarur boʻla boshladi. Oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatishga asoslangan kir yuvish inshooti 1934 yil Texasning Fort-Uert shahrida ochilgan. Avvaliga binoda 4 tagina elektrik kir yuvish mashinasi boʻlgan boʻlsa-da, keyinchalik bu inshoot mashxur boʻlib, unga ketgan xarajatlarni toʻlaqonli qopladi.



Ommaning kir yuvish inshootlariga boʻlgan yuqori talabi va bu joylarni ochishga ketadigan xarajatlarning kamligi 30-40 yillarda bunday inshootlarning tezkor koʻpayishiga olib keldi. Hozirgi vaqtda Amerika aholisining yashash sharoiti ancha yaxshilanib, odamlar oʻziga kir yuvish mashinalarini sotib olishga qurbi yetsada, bunday ommaviy kir yuvish joylari AQShda hali hamon keng foydalaniladi. Buning sababi nimada?





Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



