Sayohat

Nega sayohat – taʼlim olishning eng yaxshi shakli ekanligi 10 ta sababi

Nega sayohat – taʼlim olishning eng yaxshi shakli ekanligi 10 ta sababi

Koʻpchilik insonga hayoti davomida kerak boʻladigan haqiqiy taʼlimni biz oʻquv xonalaridan tashqarida olamiz degan fikirga qoʻshilsa kerak.

Nega sayohat – taʼlim olishning eng yaxshi shakli ekanligi 10 ta sababi

Yoʻq, biz sizga taʼlim tizimini oʻzgartirish kerakligiga shaʼma qilayotganimiz yo'q. Shunchaki, odatiy “maktab – oʻquvchi – yozma ish” va “universitet – domla – imtihonlar” sxemalaridan tashqari oʻzlikni va atrof muhitni anglash uchun, shu bilan birga, kerakli bilimlarni olish uchun boshqa ajoyib usullari ham borligini aytib oʻtmoqchimiz.

Nega sayohat – taʼlim olishning eng yaxshi shakli ekanligi 10 ta sababi

Aslida sayohat – odam oʻzi uchun juda koʻplab narsalarni bilib olishining eng yaxshi usulidir. Parij koʻchalarida aylanib yurasizmi, Himalay togʻlarining choʻqqisiga chiqasizmi yoki dominikana plyajlarida biror kuningizni oʻtqazasizmi, farqi yoʻq, sayohat oʻqituvchi sifatida hech qachon pand bermaydi.

Nega sayohat – taʼlim olishning eng yaxshi shakli ekanligi 10 ta sababi

Quyida siz qayerga borishingizdan va sizni qanday sarguzashtlarkutayotganidan qatʼiy nazar, nega aynan sayohat, taʼlim olishning eng yaxshi shakli ekanligi haqida bilib olasiz.

Nega sayohat – taʼlim olishning eng yaxshi shakli ekanligi 10 ta sababi

Chet tillarini o'rganish

Nega sayohat – taʼlim olishning eng yaxshi shakli ekanligi 10 ta sababi

Ingliz tilida deyarli dunyoning barcha burchagida gapirishadi, shuning uchun bu sizga qoʻl keladi. Shunga qaramasdan, har doim oʻzingiz borayotgan mamlakatning mahalliy tilini bilganingiz maʼqul. Sayohatlar sizni turli xil tillarni oʻrganishga majbur qiladi. Tilning asosini kitoblar, video yoki boshqa narsadan oʻrganib olsangiz, qolganini shu tilda soʻzlashuvchi aholi bilan gaplashganda oʻrganib ketasiz.

Nega sayohat – taʼlim olishning eng yaxshi shakli ekanligi 10 ta sababi

Yangi madaniyatlar bilan tanishuv

Nega sayohat – taʼlim olishning eng yaxshi shakli ekanligi 10 ta sababi

Chet mamlakatlariga sayohat, xattoki, oʻz yurtingizning boshqa joylariga sayohat qilish – koʻp yangi bilim olishning eng yaxshi usulidir. Siz butun dunyo madaniyatlari qanchalik ajralib turishini, qaysi tomonlari oʻxshab ketishini va umuman begona odamlarning sizning anʼanalaringizga oʻxshab ketadigan urf-odatlarini yaxshiroq tushunasiz.

Nega sayohat – taʼlim olishning eng yaxshi shakli ekanligi 10 ta sababi

Diqqatga sazovor joylar bilan tanishib, tarixni oʻrganasiz

Nega sayohat – taʼlim olishning eng yaxshi shakli ekanligi 10 ta sababi

Ha, albatta, siz taʼlim dasturlarida belgilab qoʻyilgan mashxur tarixiy voqealar va qadimiy sivilizatsiyalar haqida oʻrgangansiz. Biroq bu tarixiy joylarni borib, oʻz koʻzing bilan koʻrib, yangi qiziqarli faktlarni bilib olish bilan tenglasha olmaydi.

Nega sayohat – taʼlim olishning eng yaxshi shakli ekanligi 10 ta sababi

Bugungi dunyo qandayligini tushunasiz

Sayohatlar, sizga faqatgina dunyoning tarixini emas, balki hozirgi kuni qandayligini ham koʻrsatib bera oladi. Bu esa, albatta, hozir yashab turgan dunyoyimizning siyosiy holati, iqtisodiy va ijtimoiy strukturasini tushunib, baholashga yordam beradi.

Tabiat bilan yaqinlashasiz

Qachonki, siz oʻzingizning qulay, betonli jungliyingizni tark etib, dunyoning eng ekzotik tabiat omillarini oʻrgana boshlasangiz, tabiatning haqiqiy kuchini tushunib yetasiz. Tabiatning haqiqiy kuchi, klimat oʻzgarishi va havo ifloslanishi kabi koʻplab global muammolarda qanday ahamiyat kasb etishini tushunasiz.

Oʻzingiz uchun yangi narsalarni oʻrganasiz

Sayohatlar sizni deyarli har soniyada sinaydi. Oʻzingiz uchun yangi, nomaʼlum yoʻldan borayotganingiz sababli, sayohat sizni, boshqa hollarda siz xatto aqlingizga kelmaydigan ishlarni qilishga majbur qiladi. Nima ish qilishingizning ahamiyati yoʻq: Kombodjada fillarni oʻrgatasizmi, Appalachida adashib qolasizmi yoki Braziliyada samba raqsiga tushasizmi – sayohat davomida siz koʻplab yangi narsalarni oʻrganasiz. Siz balki, juda tortinchoq va odamlar bilan gaplasha olmaydigan shaxs boʻlishingiz mumkin. Lekin sayohat buni ham oʻzgartiradi, axir yoʻlda hech kim bilan gaplashmaslikning iloji yoʻq. Axir buning shaxsni rivojlantirish kurslaridan nima kam joyi bor?

Muloqot ko'nikmalarini olasiz

Agar siz hayotingiz davomida sodir boʻladigan vaziyatlarga oddiy qarab, sharoitni oʻzgartira olmayotgan boʻlsangiz, lekin shunga qaramasdan bunday ketma-ketlikda nimanidir oʻzgartirishni xohlasangiz, sayohatlar sizni oʻz taqdiringizni boshqarishning baʼzi usullarini oʻrgatadi.

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar