Qiziqarli

Chaqmoq urish jumbogʻi: chaqmoq qurbonlari tasodifiymi yoki…

Chaqmoq urish jumbogʻi: chaqmoq qurbonlari tasodifiymi yoki…

Chaqmoqlar butun tirik mahluqotlar uchun xavfli hisoblanadi. Agar u koʻkrak qafasiga tushsa, yurakning darhol toʻxtashi yuz beradi. Boshga ugranda ham tirik qolish dargumon.

Agar chaqmoqning elektr kuchi qoʻl yoki oyoqqa tushsa, inson kuchli kuyish jarohatini oladi.

Chaqmoq urish jumbogʻi: chaqmoq qurbonlari tasodifiymi yoki…

Nima uchun chaqmoq toʻdalanib turganlar orasidan aynan bir odamgagina kelib tegadi. Buning javobini olimlar hali topganlari yoʻq. 

Yaponiyada gʻalati bir voqea sodir boʻldi. Maktab oʻquvchilari oʻqituvchilari bilan birgalikda tabiat qoʻyniga sayrga chiqdilar. Yoʻqolib qolmasliklari uchun ular hammalari bitta arqonni ushlab, zanjir boʻlib yurdilar. Toʻsatdan chaqmoq chaqib, arqonga kelib urildi. Oʻquvchilarning yarmi halok boʻldi, yaʼni har bittadan keyingi bola. Toʻgʻriroq qilib aytganda, juft son ostida yurganlar halok boʻlib, toq sonlilar omon qoldilar. Taajjub!

Chaqmoq urish jumbogʻi: chaqmoq qurbonlari tasodifiymi yoki…

Amerikalik Roy Sallivan ismli odam 7 marta chaqmoq urgani uchun Ginnesning rekordlar Kitobiga kirgan. Statistik maʼlumotlarga qaraganda, har bir odam chaqmoq urishi qurboniga aylanishi ehtimolining nisbati 1:3000. Shunga qaramay bu odam 7 marta chaqmoq ostida qolgan va har gal u omon qolgan. Keyinchalik odamlar chaqmoq ularga ham tegib ketishidan qoʻrqib, Sallivandan nariroq yuradigan boʻldilar.

Natijada nomaʼlum sabablarga koʻra u oʻz joniga qasd qildi. Dafn marosimidan keyin qabriston tepasida momaqaldiroq gumburladi. Chaqmoq chaqib Sallivanning qabriga kelib tushdi va qabrtoshini boʻlaklarga boʻlib yubordi. Bu voqeaga guvoh boʻlganlar “yakuniy zarba” deya kulishgan edi.

Chaqmoq urish jumbogʻi: chaqmoq qurbonlari tasodifiymi yoki…

Chaqmoqning yana bir qurbonlaridan biri Bolgariyalik Marta Maikiya ismli ayol boʻldi. Ammo samoviy elektr razryad Martaning oʻzini emas, uning erlarini taʼqib qilar edi. Uning birinchi turmush oʻrtogʻini chaqmoq nikohlaridan ikki oydan keyin urgan. Ikkinchi erini esa toʻy sayohati vaqtida yashin kelib urgan. 

Ketma-ket bunday mudhish voqealardan keyin Marta stressga tushib qoldi va davolanish uchun Germaniyaga joʻnab ketdi. U yerdagi klinikada ruhshunos shifokor ayolni tushkunlikdan chiqardi va ular oʻrtasida ishqiy munosabatlar paydo boʻldi. Ular turmush qurishga qaror qildilar. Marta Bolgariyaga ketdi, sevgilisi esa biroz muddatdan keyin uning ketidan joʻnadi. Ammo yoʻlda u momaqaldiroqqa duch keldi, chaqmoq u oʻtirgan avtomobilga kelib tushdi va buning oqibatida vrach ham halok boʻldi. Bu voqeadan keyin Marta boshqa hech qachon turmushga chiqmaslikka qatʼiy qaror qildi.

Chaqmoq urish jumbogʻi: chaqmoq qurbonlari tasodifiymi yoki…
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar