Texnologiya

Nimaga ilm olishni toʻxtatib boʻlmaydi?

Nimaga ilm olishni toʻxtatib boʻlmaydi?

Siz oʻzingizga kerakli boʻlgan maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalari, kitoblar, Youtube yoki boshqa koʻplab manbalardan olishingiz mumkin. Shunday qilib, nega taʼlim olishni toʻxtatib boʻlmaydi.

Faqat shunda siz ijodiy fikrlay boshlaysiz

Hardoim koʻngilochar dasturlar koʻraversangiz siz oʻzingizda oʻsish va rivojlanishga ishtiyoq topishingiz qiyin boʻlib qoladi. Har kuni haqiqatan ham foydali boʻlgan narsaga 15 daqiqadan ajratishni qoida qilib oling. Masalan horijiy tilni oʻrganing yoki kitob oʻqing. Shundagina, siz yangi gʻoyalar topishni va oʻsishni boshlaysiz. 

Nimaga ilm olishni toʻxtatib boʻlmaydi?

Bu sizga professional tarzda oʻsishga imkon beradi

Muntazam ravishda qilingan ish vaqti kelib asabga tegishi mumkin. Bunday boʻlmasligi uchun siz mutaxassis ravishda oʻsishingiz zarur. Turli xil konferentsiyalarga boring,hamkasblaringiz bilan ishingizdagi yangiliklar haqida suhbatlashing,kasbingizga oid adabiyot oʻqing. Bu sizga nafaqat mansab pogʻonasida koʻtarilish, balki ishtiyoqni yoqotmaslikka ham imkon beradi.

Nimaga ilm olishni toʻxtatib boʻlmaydi?

Siz qiziqarli inson boʻlasiz

Qanchalik dunyoqarashingiz keng  va bilimlaringiz chuqur boʻlsa, shunchalik qiziqarli suhbatdoshsiz. Siz oʻz ijtimoiy doirangizni kengaytirib, qiziqarli insonlar uchratishingiz mumkin.

 Siz zerikishni yengasiz

Odatda,boʻsh vaqtingizda siz nimalar bilan shugʻullanasiz?  Faqat yotasiz va zerikasizmi? Tinmay taʼlim olishni odat qilsangiz buni hammasi oʻzgarishi mumkin. Biror bir mavzuga qiziqish, nafaqat mansabda, balki kundalik hayotda ham, oʻzingizni maqsadga erishuvchanligingizni his qilishga yordam beradi.

Nimaga ilm olishni toʻxtatib boʻlmaydi?

Ish va shaxsiy hayot oʻrtasida muvozanatga erishasiz

Sizni professional faoliyatingizdan tashqari qiziqishingiz boʻlsa, ishdan boʻsh vaqtingizda ichingizda boʻshliqni his qilmaysiz. Ish faoliyatni oʻzgartirish va hissiy yengillashish sizga oʻzingizni tetik his qilishingizga va bir xillikdan zerikmaslikka yordam beradi.

Bu sizni soʻgligʻingizga foydali

Aqliy faoliyat hotira va miya ishlashi bilan bogʻliq boʻlgan turli xil muammolarni kechiktirishga imkon beradi. Ayniqsa, bu Altsgeymer kasalligi bilan bogʻliq.Sogʻliq hayot tarzingiz bilan chanbarchast bogʻliq. Shuning uchun, nafaqat sizning mansabingiz balki farovonligingiz bilan bogʻliq boʻlgan avzalliklarni hisobga olgan xolda, yangi narsa organishni kechiktirmang.

Nimaga ilm olishni toʻxtatib boʻlmaydi?
●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar