Foydali

Nobel mukofoti: rad qilish va yoʻqolish hollari

Nobel mukofoti: rad qilish va yoʻqolish hollari
Nobel mukofoti: rad qilish va yoʻqolish hollari

“Nobel mukofotidan ham voz kechish mumkin ekanmi?”,- deb soʻrashingiz mumkin. Ha, mumkin, faqat oʻz xohish bilan emas, siquv ostida. Bunday hol rus yozuvchisi Boris Pasternak bilan 1958 yilda sodir boʻlgan. Aynan shu yili Nobel komiteti unga “Doktor Jivago” romani uchun taqdirlanishi haqidagi quvonchli xabarni yetkazgan edi.

Bunga javoban yozuvchi telegramma yubordi: “Behad minnatdorman, taʼsirlandim, lolman va xijolatdaman”. Shundan keyin Sovet Ittifoqi Komunistik Partiyasining Markaziy Komiteti tomonidan Pasternakning siquvga olinishi boshlandi. Oʻz vatanida hayoti davomida qilgan mehnati, yozgan asarlari antisovet, yaʼni shoʻrolar tuzumiga qarshi, deb tan olindi, mahoratining dunyo miqyosida tan olinishi esa – davlatga qarshi munosabat, deb baholandi.

Xujumlar gazetadagi maqolalarda ham davom etdi, Boris Pasternakni yozuvchilar Uyushmasidan chiqarib yubordilar, uning tomonidan tarjima qilgan pyesalar teatr repertuaridan olib tashlandi. Ish shu darajaga yetdiki, uni Sovet Ittifoqi fuqaroligidan oʻchirishni talab qilishdi. Bu oxirgi tomchi yozuvchining sabr kosasini toʻldirib yubordi va u oxir-oqibat mehnatlari evaziga erishgan ushbu nufuzli mukofotdan voz kechishga majbur boʻlgan.

Yillar oʻtib, haqiqat qaror topdi, biroq yozuvchining oʻzi bu quvonchli kunlarga yetib kela olmadi. Nobel mukofotining diplom va medali yozuvchining oʻgliga topshirildi.

Nobel mukofoti: rad qilish va yoʻqolish hollari

Bu voqea boʻlib oʻtganiga uncha uzoq vaqt boʻmadi. U buyuk biolog Jeyms Uotson bilan boʻlib oʻtdi. Uotson va uning hamkasblari 1962 yilda DNK (irsiyat kodi) ni kashf qilganliklari hamda uning molekulasini modellashtirganliklari uchun Nobel mukofotiga sazovor boʻlganlar. Bu kashfiyot ham ilm-fan olamida haqiqiy inqilobni yaratdi va inson irsiyatini oʻrganishga turtki boʻldi. Oxirgi yillarda bu olim saraton kasalligining tadqiqodi bilan shugʻullanmoqda va unga qarshi davo topishga harakat qilmoqda. 

Darsliklardan gonorar olish toʻxtatilgandan keyin olimning yagona daromadi – uning oyligi boʻlib qoldi. Biroq bu pullarga tadqiqot olib borib boʻlarmidi? Ammo olim ilmiy ishini ham toʻxtata olmas edi, chunki bu ish – hayotining butun mazmuniga aylangan edi. Shuning uchun Uotson 2014 yilda Nobel medali unga qanchalik muhim va qadrli boʻlishiga qaramasdan, uni sotishga qaror qiladi.

2014 yilning oxirida lot Christie’s auktsionida sotuvga qoʻyildi. Shaxsini oshkor qilishni istamagan nomaʼlum sirli bir xaridor besh million dollar evaziga ushbu medalni sotib oladi. Medalni sotib olgan xaridor uni yana qaytib egasiga topshirdi va bu bilan juda oliyjanob ish qildi!

Nobel mukofoti: rad qilish va yoʻqolish hollari

Gitlerning nemis fuqarolariga Nobel mukofotini olishlarini taqiqlaganini koʻpchilik xabardor, albatta. Bu narsa 1935 yilda Karl fon Osetskiyning millatchilikni qoralagani uchun Nobel mukofoti bilan taqdirlanishi bilan bogʻliq. Biroq Germaniyada talantli olimlar juda koʻp boʻlgan, ular Nobel mukofotini ham, medalni ham olishga sazovor boʻlganlar. Shulardan birlari Jeyms Frank hamda Maks fon Lauedir. Mukofotlari musodara boʻlib ketmasligi uchun ularni Kopengagendagi Nils Bor institutiga saqlashga topshirdilar.

1940 yilda Daniya fashistlar tomonidan qurshab olindi. Olimlarning mukofotlari xavf ostida qoldi. Bunday qiyin sharoitda ularni boshqa joyga olib ketib koʻchirish oʻta mushkul ish boʻlib, uni amalga oshirishning hecham imkoni yoʻq edi. Shunda bir paytlar Bor bilan hamkorlik qilgan vengriyalik kimyogar Dyord de Xeveshi yordamga keldi.

U medallarni asrab qolishning original gʻoyasini taklif qildi – ularni “tsarskaya vodka” suyuqligiga solib, eritish kerak edi. “Tsarskaya vodka” – bu juda kuchli ishqor boʻlib, solyanaya hamda azot kislotalarining aralashmasi hisoblanadi. U har qanday metallarni, shu jumladan oltinni ham eritib yuboradi (nomi ham shundan kelib chiqqan).

Nobel mukofoti: rad qilish va yoʻqolish hollari

Nemislar boyliklarni topishga qancha harakat qilishmasin, gʻarazli niyatlarini amalga oshira olmadilar. Ishqorda eritilgan medallar butun boshli urushdan omon chiqa oldi. Soʻngra institut xodimlari ishqordan oltinni ajratib oldilar. Bu oltinlardan  Shvetsiya Ilm-fan Akademiyasida  yangi medallar quyib yasaldi. Fon Laue va Franklar esa oʻzlari kabi ogʻir davrni bosib oʻtgan ushbu qimmatbaho va qadrli mukofotlarini yana qaytadan qabul qilib olish baxtiga muyassar boʻldilar. Ilmiy ixtiro mushkul holatdan chiqishga yordam berdi.

Nobel mukofotini topshirish marosimi har yili dekabr oyida oʻtkazib kelinadi. Kim bilsin, bu mukofot bilan bogʻliq yana qanday qiziqarli faktlar ochilar ekan. Yashasak, koʻramiz! 

●

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.

Oʻxshash maqolalar