Nomofobiya haqida bilasizmi? U qanday qoʻrquv turi?

· Oʻrtacha smartfon foydalanuvchisi kuniga 47 marta / yiliga 17155 oʻz qurilmasini koʻzdan kechiradi.
· Smartfon foydalanuvchilarining 85 foizi doʻstlari va oila aʼzolari bilan gaplashayotganda oʻz telefonini koʻrib suhbatlashishadi.
· Smartfon foydalanuvchilarining 80 foizi uyqudan yotishdan oldin telefonlarini kuzatadilar.

Smartfonga qaramlik - Nomofobiya boʻlib, u telefonsiz qolib ketish qoʻrquvi bilan belgilanadi. Garchi mobil telefonlar bir necha yillardan beri mavjud boʻlsa-da, unda nima uchun telefonga qaramlik kuchaymoqda?Oddiy qilib aytganda, bu qurilma tarkibidagi imkoniyatlar soniga bogʻliq ... Biz Internet, ijtimoiy tarmoqlar, ilovalar, video, musiqa va boshqalarni nazarda tutmoqdamiz!

· Ijtimoiy media tarmoqlari va munosabatlarga asoslangan tarkib.
· Maʼlumotlar va maʼlumotlarga haddan tashqari berilib ketish, oʻyinlar, bemaqsad ilovalar.
· Kibereks va tanishuv dasturlari.
· Savdo, qimor oʻyinlari, aktsiyalar va kim oshdi savdolari.

Biz koʻrib chiqqan barcha tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, telefondan haddan ziyod foydalanish jismoniy va ruhiy salomatlikka taʼsir qilishi mumkin.

· Xavotir -shunchaki telefoningiz yoningizda boʻlsa, unumdorlik kamayadi, yani yalqov boʻlib boraverasiz. Xato umuman harakatsiz holatga ham kelib qolish ehtimolingiz juda yuqori.
· Narsisizm -Ijtimoiy tarmoqlarga odatlanib qolgan odamlar oʻzlarining shaxsiy hayotlari haqida doimiy ravishda xabar berish natijasida paydo boʻlgan oʻz-oʻzini haddan ziyod koʻz koʻz qilish xususiyatlariga ega boʻlib boshlaydi.
· Depressiya va yolgʻizlik - bu asosan oʻz ijtimoiy tarmogʻidan yuqori darajada foydalanadigan(oʻsmirlarda) koʻproq uchraydi.
· Diqqat etishmovchili - Axborot oqimi miyaning bir vazifaga bir necha daqiqadan koʻproq vaqt qolishi qobiliyatiga taʼsir qilishi mumkin.
· Uyquning yoʻqolishi – Telefondan meyordan ortiq foydalanish inson salomatligiga eng kerakli boʻlgan uyqumizga salbiy tasir koʻrsatishi mumkin.

Siz quyidagi hissiyotlardan biriga egamisiz yoki bu iboralarning har biri sizga tegishli ekanligini his qilyapsizmi? Bularning barchasi smartfonga qaram boʻlgan odamlarning eng keng tarqalgan turlaridir.
· Ishlarni tugatish yoki kontsentratsiya muammolari tufayli ishlashda qiynalasizmi?
· Oila aʼzolari va doʻstlaringizdan ajralib qolish yoki suhbat paytida telefoningizdan foydalanasizmi?
· Smartfondan foydalanishni uzluksiz davom ettirasizmi, masalan. Ishxonada,vannaxonada, koʻchada, hatto piyodalar oʻtish joyida ham?
· Telefonsiz oʻzingizni hayotdan uzilib qolganday yoki allaqanday yolgʻizdek his qilasizmi?
· Yoki bolmasa Telefonsiz, jizzaki, tashvishli va xatto oʻz yaqiningizni qattiq hafa qilib qoʻyadigan darajada boʻlib qolasizmi?
· Kun boʻyi telefon bilan aloqa natijasida kechalari uyquzilikdan azziyat chekasizmi?

Agar ushbu oʻzgarishlarni oʻzingizda kuzatsangiz demakki siz tashqi hayotdan, yaʼni hayotdan zavqlanish undan bahra olishdek baxtdan uzoqlasha boshlagansiz.
Biz koʻproq texnologiya integratsiyasiga aylandik, ammo zarurat va uyali telefonga moyillik oʻrtasida qanday bogʻliqlik bor. Odamlarning oʻz telefonlariga bir kunda qancha vaqt sarflashlari haqida koʻplab statistikalar mavjud, ammo 2019 yilda odamlar aslida qancha vaqt sarflayapdilar, bu haqda bilasizmi?

· Smartfonlarga sarflangan oʻrtacha vaqt kuniga 171 daqiqa (2 soat 51 minut)
· Smartfonlar va planshetlarga sarflanadigan oʻrtacha vaqt kuniga 261 daqiqani tashkil etadi (4 soat 33 minut)
· Oʻrtacha foydalanuvchi kuniga 76 daqiqani (1 soat 16 minut ) 5ta ijtimoiy media-ilovalarga sarflaydi.
· Oʻrtacha foydalanuvchi kuniga telefonini 2617 martta yoqib oʻchirib va telefon ekranidan foydalanadi.
· Soʻrovnomaga koʻra 18-29 yoshli smartfonlar egalarining 22 foizi oʻz telefonini, soatiga bir necha marta koʻzdan kechiradi.

Umuman olganda, oʻzga odamlarning telefonlarga juda koʻp vaqt sarflashayotganini hammamiz oddiy qabul qilishimiz mumkin, lekin biz oʻzimiz uyali qurilmalarimizda kontentni sarflashga qancha vaqt sarflaymiz? Buni bilamizmi? Dunyo boʻyicha bir qancha tadqiqotlar oʻtkazilgan boʻlib, ular har bir mamlakatda kunlik foydalanish darajasi har xil ekanligidan dalolat beradi, quyida barcha manbalar boʻyicha oʻrtacha vaqt boʻyicha davlatlar keltirilgan.
Smartfondan foydalanish boʻyicha eng yetakchi 10 mamlakat
1. Braziliya
2. Xitoy
3. Qoʻshma Shtatlar
4. Italiya
5. Ispaniya
6. Janubiy Koreya
7. Kanada
8. Birlashgan Qirollik
9. Germaniya
10. Fransiya
Braziliyada oʻrtacha foydalanuvchi kuniga 5 soatdan koʻproq vaqt sarflaydi, bu insonni aqildan ozdiradigan darajada telefonga mukkasidan ketishga barobar daqiqalardir. Yaʼni, har 1/5 kun ularning telefoniga sarflanadi.

Sizning farzandlaringizda ham telefonga moyillik hislati bormi?
Bolada yoki oʻsmirda aqliy yetuklikning yetishmasligi, ularning smartfon va ilovalardan foydalanishni cheklash qobiliyatiga salbiy taʼsir qiladi - Ota-onalar farzandining uyali telefonga bogʻliqligi va unga jismoniy va ruhiy taʼsir koʻrsatishini oʻz nazoratlari ostiga olishlari kerak.
Sizning farzandingiz telefoniga juda koʻp vaqt sarflaydimi?
· Soʻrovda qatnashgan oʻqituvchilarning 67 foizi talabalar mobil qurilmalar bilan chalgʻishini takidlashgan.
· Soʻrovda qatnashgan oʻqituvchilarning 90 foizi hissiy qiyinchiliklarga duchor boʻlgan oʻquvchilar soni koʻpayganligini taʼkidlashdi.
· Kuniga 5 soatini elektron qurilmalarda oʻtkazadigan oʻspirinlar, 1 soat foydalanadiganlarga qaraganda 71 foizga koʻproq oʻz joniga qasd qilish xavfini tugʻdiradilar.
· Kuniga 5 soatini elektron qurilmalarda oʻtkazadigan oʻspirinlar, 1 soat foydalanish bilan taqqoslaganda, 7 soatlik uyquni qabul qilish ehtimoli 51 foizga koʻproq. (Yuqori qon bosimi va vazn ortishi bilan bogʻliq uzoq muddatli muammolar ham bundan mustasno emas)
· Ijtimoiy tarmoqlarning kuchli foydalanuvchisi boʻlgan 8-sinf oʻquvchilari 27% depressiya xavfiga ega
· 89% ota-onalar oʻzlarini va enagalarni bolaning telefondan foydalanishida ayblashadi.
· 5%i bolalarning oʻzlarini ayblashadi, 3%i qurilma va ilova ishlab chiqaruvchilarni ayblashadi.
· Ota-onalarning 47 foizi bolasi smartfonga odatlanib qolgan deb oʻylashadi.
· Ota-onalarning 50 foizi ularning ruhiy salomatligiga taʼsir qilishdan xavotirda.

Bolaning smartfonlarga qaramligini kamaytirish yoʻllari.
Farzandlaringizni telefonlariga qaramligini bartaraf etish uchun ulardan shunchaki telefonlarini olib qoʻyish bilan muammoni hal eta olmaysiz. Bu borada sizga boshqacha turli usullar yordamga keladi.
Foydalanishni kuzatish uchun ilovalardan foydalaning:iOS-ning yangi raqamli salomatligi va Android-larning ishlatilishini kuzatishilovalari bolangiz aslida qurilmadan qanday foydalanayotganini va foydalanish xususiyatini, koʻrsatib turadi, masalan: ilovalar, elektron pochta xabarlari.
Oʻzingizning shaxsiy foydalanishingizni boshqaring: Siz bu vaziyatda namuna boʻlishingiz kerak, agar siz telefoningizga bir necha soat vaqt sarflasangiz, suhbat paytida oilangizning oʻzaro munosabatlariga asosiy eʼtiboringizni qaratsangiz u holdasiz haqiqiy togʻri foydalanuvchini gavdalantirasiz.
Uy atrofida qoidalar yarating: uyning maʼlum joylarida yoki maʼlum vaqtlarda smartfonlardan foydalanishni cheklab, siz koʻproq sogʻlom muhitni yaratishingiz mumkin.

Boshqa qiziqishlarni tarbiyalash: Bolalarning telefonga odatlanishini kamaytirishning yana bir usuli - bu ularga jismoniy mashqlar orqali stressni kamaytirishga yordam berish uchun ularni koʻproq ijtimoiy va jismoniy faoliyatga (sport / sevimli mashgʻulotlariga) jalb qilishdir.
Muloqot qiling: Mobil qurilmalarsiz oila sifatida vaqt oʻtkazing, farzandingiz bilan yaqin aloqada boʻling, chunki smartfonlarning haddan tashqari koʻp ishlatilishi uydagi yoki maktabdagi ruhiy tushkunlik , stress kabi muammolarni niqoblayotganligini bilib olishingiz mumkin.
Xulosa oʻrnida sizga shuni takidlashni joyiz deb bildik: Uyali aloqa hozirda koʻpchiligimizni ogʻirimizni yengil qiluvchi zamonaviy texnikalar qatoridan birinchilikni bermay kelayapdi. U bir pasda bizni dunyoni u chekkasidagi yaqinimiz bilan aloqaga kirishimizga koʻmak beradi va istalgan maʼlumotimizni hohlagan paytimiz hozuru nozir qilib topib beradi, yaʼni u bilimlar manbai sifatida ham muhim roʻl oynab kelmoqda. Ammo, tanganing ikki tomoni boʻlgani kabi ushbu zamonaviy qurulmadan foydalanishning oʻziga yarasha qonun qoida,odob va meʼyorlari mavjud. Biz bular togʻrisida oz bolsa ham sizni ogoh etgan boʻlsak oʻzimizni hursand his qilamiz.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



