Qosh uchun qanday qalam tanlagan yaxshi?

Eng toʻgʻri tanlov- bu qosh qalami soch rangiga mos boʻlishidir. Agar qalam rangi toʻqroq boʻlsa, pardozda notabiiylik vujudga keladi.
Toʻq shokolad rangni eslatuvchi soch uchun toʻq jigarrang qosh qalami mos tushadi. Soch rangi tim qora boʻlsa, toʻq kulrang boʻyoq yordamida qoshlarga rang berish mumkin. Tovlanuvchi, qora rangdagi soch uchun huddi shu rangdagi boʻyoqni tanlang. Malla sochli qizlar uchun jigarrang qalamning barcha turlari mos tushadi. Eng asosiysi soch ildizining rangiga qalam rangi mos tushsa bas.

Qalam tanlayotganda qosh shakliga eʼtibor berish kerak. Agar u ingichka boʻlsa, qalam uchli va ingichka boʻlgani maʼqul. Shundagina qosh shakli hoshiyasini chizish oson kechadi. Zich va qalin joylashgan qoshlar uchun ten yoki stik qalamlaridan foydalanish mumkin.

Qalamning bir tarafiga mahsus taroqcha oʻrnatilgani qoshga rang berishda u qadar usta boʻlmaganlar uchun ayni muddao. Qalam yordamida qoshni boʻyagach, taroqchasi bilan boʻyoqni tarqatish va tekislash mumkin. Hozirda qosh rastushovkasi koʻrinishiga oʻxshash maxsus shoʻtkalar ommalashmoqda. Dagʻal tishli choʻtka qosh tolasini kerakli shaklga keltirishda yordam beradi.

Sizda muhim uchrashuv yoki kechki bazm rejalashtirilgan boʻlsa, suvga chidamli qosh qalami sizni ortiqcha havotirdan halos etadi. U toki oʻchirilmagunicha rangini saqlab qoladi. Hatto issiq harorat, qor yomgʻirda ham qosh rangidan havotir olmasangiz boʻladi. Suvga chidamli boʻyoq misellyar suvi yordamida tozalanadi. Oddiy “demakiaj” vositalari afsuski bunga qodir emas.

Zamonaviy pardoz vositalaridan biri boʻlgan gelli qosh qalami silliq surtiladi va kun davomida umuman surkalib ketmaydi. Ammo u hamma uchun mos kelmasligi mumkin. Sababi gelli qalamni surtishda professionallik talab etiladi.

Pardoz qutidisa koʻp joy egallamaydi. Surtilishi ham juda oson. Biroq u ingichka qoshlar uchun toʻgʻri kelmaydi. Sababi, stik yordamida qosh hoshiyasi aniq chizilmasligi mumkin. Stik, qosh boʻyashda oz-moz boʻlsa-da, tajribaga ega ayollarga tavsiya etiladi.

Agar pardoz borasida oz boʻlsada tajribaga ega boʻlsangiz, marker ish berishi aniq. Uning yordamida qosh shakli chiroyli chiziladi. Rangi ham tiniqlashadi. Agar markerdan foydalanishni bilmasangiz, oddiy qalam bilan kifoyalaning. Sababi ayrim marker boʻyoqlari teriga surtilganda chuqur singib, bir necha soat davomida oʻz koʻrinishini saqlab turadi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



